O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI – O‘zbekiston Respublikasi hududi 447,8 ming km. kv. ni tashkil etadi. Mazkur hududda 12 viloyat, 174 tuman, jumladan, 19 shahar tumanlari, 124 shahar, 97 ta shaharcha, 1214 qishloq, 101 ovul mavjud. Viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar soni 50 ta, 65 shahar tumanlarga bo‘ysunadi. Qoraqalpog‘iston respublikasiga bo‘ysunuvchi shaharlar soni 8 ta.
ISLOM ABDUG‘ANIEVICH KARIMOV
Davlat va siyosat arbobi. O‘zbekitson Respublikasining birinchi prezidenti. 1938 yil 30 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan. O‘rta Osiyo politexnika universiteti va Toshkent xalq xo‘jaligi universitetini tugatgan.
1960 yildan «Tashselmash» zavodidi avval master yordamchisi, so‘ng master, texnolog.
1961 yildan CHkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida avval muhandis, so‘ngra etakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.
1966-1983 yillarda O‘zbekiston Davlat Plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo‘limining bosh mutaxassisi, so‘ngra Respublika Davlat Plan komiteti Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishladi
1983 yildan O‘zbekiston Moliya vaziri.
1986 yildan O‘zbekiston Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari – Respublika Davlat Plan komitetining Raisi.
1986 yil dekabrdan 1989 yil iyun oyigacha Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi.
1989 yil iyun oyidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining birinchi kotibi.
1990 yil 24 martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O‘zekiston Prezidenti etib saylandi.
1991 yil 29 dekabrda birinchi bor muqobillik asosida tashkil etilgan umumxalq saylovida xalq tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan.
1995 yil 26 martda umumxalq Referendumida I.A.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi.
2000 yil 9 yanvardagi Prezident saylovlarida navbatdagi 5 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylangan
2002 yil 27 yanvarda O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimi vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga cho‘zish masalasida Referendum o‘tkazildi. 93 % saylovchi bu tashabbusni yoqlab ovoz berdi.
2007 yil 23 dekabrda bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlarida I.A.Karimov etti yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
I.A.Karimov Respubilka ichki va tashqi siyosatida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatgani uchun “O‘zbekiston Qahramoni” fahriy unvoni (1994), “Mustaqillik” (1996), “Amir Temur” (1998) ordeni bilan taqdirlangan. I.A.Karimov shuningdek, xalqaro munosabatlarni rivojlantirishdagi salmoqli hissasi uchun qator xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning 30 ga yaqin orden va medallari bilan mukofotlangan. I.A.Karimov O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi (1994), nufuzli xalqaro akademiyalarning fahriy a’zosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |