O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet192/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

DAVLAT BAYROG‘I – davlatning asosiy ramzlaridan biri bo‘lib, uni boshqa davlatlardan farqlovchi belgisidir. Davlat bayrog‘i davlat mustaqilligining ramzi sifatida davlat rahbari joyida, oliy qonun chiqaruvchi organ, hukumat, davlat tashkilotlari, elchixonalar, konsulliklar binolarida, xalqaro qatnovdagi havo va dengiz kemalarida va boshqa qonunlarda belgilab qo‘yilgan vaziyatlarda ko‘tariladi. Davlat bayrog‘i har bir mustaqil xalqning dini, qadriyati, an’anasi va milliy ruhiyatidan kelib chiqib yaratiladi. SHuning uchun ham davlat bayrog‘ini haqorat qilgan va unga nisbatan hurmatsizlik qilgan shaxs jinoyat qonunchiligiga binoan jazoga tortilishi belgilab qo‘yilgan.

DAVLAT GERBI – davlatning rasmiy emblemasi bo‘lgan farqlovchi belgisi. Bayroq, pul belgilari, muhrlar va ba’zi bir rasmiy hujjatlarda aks ettiriladi. Davlat gerbining mazmuni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, Davlat gerbi Oliy Kengashning 1992 yil 2 iyul kuni bo‘lgan X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish bilan tasdiqlangan.


O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi dumaloq ko‘rinishiga ega bo‘lib, uning o‘ng tomoni bug‘doy boshoqlari, so‘l tomoni ochilgan paxta chanoqlari aks ettirilgan davlat bayrog‘i bilan o‘ralgan chambardan iborat. Gerbning markaziy qismida Humo qushi, uning orqasida tog‘lar, daryolar va serquyosh o‘lkamizning manzarasi aks etgan. Gerbning yuqori qismida yarim oyli ozodlik ramzi – sakkiz burchakli yulduz tasvirlangan. Gerbning pastki qismida davlat bayrog‘ini ifodalovchi uch rangdagi chambar tasmaga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.




DAVLAT GIMNI (yun. hymnos – madhiya, maqtov ashullasi, tantanali qo‘shiq) – Vatanni, davlatni, tarixiy voqealarni, ularning qahramonlarini ulug‘lovchi she’riy-musiqiy asar, davlatning ramzlaridan biri. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi uning tasvirlanishi va rasmiy qo‘llanilish tartibi qonun bilan belgilanadi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida” gi qonuni 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.



Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling