«O’zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma», madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim imzolandi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston o‘zi-ning tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqeyi yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Nazorat savollari
1.Mustabid sovet tuzumidan bizga qanday iqtisodiy meros qolgan edi?
2.Mustaqillik iqtisodiyot bobida qanday imkoniyatlar yaratdi?
3.O’zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishda qanday yo‘lni tanladi?
4.Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi qanday qonunlar qabul qilindi?
5.Kichik xususiylashtirish qachon o‘tkazildi va u qanday natijalar berdi?
6.O‘rta va yirik korxonalarni xususiylashtirish haqida so‘lab bering.
7.Kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz?
8.Agrar islohotlar qanday natija berdi?
9.Bozor infratuzilmasi nima?
10.Chet el sarmoyalarining O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilishi haqida nimalarni bilasiz?
11.O’zbekistonning yoqilg‘i mustaqilligiga erishishini tushuntirib bering.
1.2 «O’zbekiston tarixi» fani bo’yicha o’tiladigan seminar mashg‘ulotlari uchun materiallar
O’zbekiston tarixi fanidan seminar mashg’ulotlar
1-mavzu
|
Markaziy Osiyo - insoniyat sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |