O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi


Download 3.87 Mb.
bet14/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Ashtarxoniylar davrida davlat boshqaruvi..Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o‘z tuzilishi, mohiyati jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig‘i – Xon ixtiyori bilan hal qilinardi.
Devonbegi xondan keyingi shaxs bo‘lgan. Ashtarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etilib, u davlat mablag‘i hisobiga amalga oshiriladigan qurilish, suv inshootlan barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan.
Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo‘linib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Eng yuqori davlat lavozimlariga qudratli o’zbek qabilalarining boshliqlari tayinlangan. Bu esa mazkur qabilalarning xonlikdagi mavqeyini yanada kuchaytirgan. Harbiy sohada doimiy qo‘shin, markaziy harbiy qo‘mondonlikning yo‘qligi, qo‘shinning zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan ta’minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o‘ta zaiflashuviga olib kelgan.
Yer egaligi munosabatlari. Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi.
Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o‘sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig‘i to‘laganlar.
Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg‘ol shaklida, harbiy qism boshliqlari va saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi.
Suyurg‘ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to‘lamas edi. Tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xususiy mulki bo‘lmagan. Bu o‘rinda tanhodor o‘sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq yig‘ib olish huquqiga ega bo‘lgan. Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-mulklar in’om etardi. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinardi va shu boisdan ular “Mulki hurri xolis“ deb atalardi.
Diniy mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan yerlar, masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi. Vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi.Barcha mulk shakllarida yersiz kambag‘al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling