O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet17/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Soliq tizimi va majburiyatlar. Amirlikda asosiy soliq xiroj deb atalgan U hosil ulushidan, asosan, mahsulot bilan to‘lanardi. XIX asrda xirojning bir qismi pul bilan ham yig‘iladigan bo‘lgan. To‘lanadigan xiroj miqdorini aniqlashda amlokdor o‘z odamlari bilan dehqonchilik dalasiga chiqib, qishloq oqsoqoli ishtirokida hosil miqdorini ko‘z bilan chamalab aniqlab chiqqan.
Xirojdan tashqari bog‘, poliz, ekilgan yerlardan tanobona deb atalgan soliq ham olingan. Bu soliqning miqdori ekinzoming bozorga uzoq-yaqinligiga qarab belgilangan.
Keyinchalik polizlarga yangi soliq – qo‘sh puli solinadigan bo‘ldi. Uning miqdori yer haydashga yaroqli har bir juft ho‘kiz hisobidan kelib chiqib belgilangan.
Soliq tizimi orasida zakot deb atalgan soliq ham bo‘lgan. Uning miqdori soliq solinadigan narsa qiymatining 2,5% ini tashkil etgan. Zakot solig‘iga, asosan, chorva mollari egalari va savdogarlar tortilgan.
Tanobona, zakot, qo‘sh puli soliqlari esa faqat pul shaklida olingan.
Kanallar, inshoot, qal’a, ko‘priklar, yo‘llar ta’miri hashar yo‘li bilan amalga oshirilgan. Boshda hasharchilar oziq-ovqat bilan ta’minlangan. XVIII asrdan boshlab hasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo‘lgan.
Davlat tuzumi va boshqaruv tizimi. Xonlik mutlaq monarxiya bo‘lib, oliy hukmdor - xon davlat boshligi edi. Ma’muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga (Pitnak, Hazorasp, Xonqa, Urganch, Qo‘shko‘pir, G‘azovat, Qiyot, Shohabbos, Toshhovuz, Ambar-Manoq, Gurlan, Ko‘hna Urganch, Xo‘jayli, Chumanoy va Qo‘ng‘irot) va 2 ta noiblikka bo‘lingan. Viloyatlar shahar va masjid qavmlarini (qismlarni) o‘z ichiga olgan. Masjid qavmlari obro‘li oqsoqollar, qozilar va miroblar tomonidan boshqarilgan.
Davlat boshlig‘i – xon hokimiyati vakolati nasldan naslga o‘tgan. Muhammad Rahimxon I o‘z hukmdorligi davrida davlat boshqaruvi tizimida islohot o‘lkazgan. Unga ko‘ra xon huzurida yuqori ma’muriy organ – Oliy Kengash ta’sis etilgan. Oliy Kengash davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini bajargan. Oliy Kengashga xonning o‘zi rahbarlik qilgan. Oliy Kengash ishida xonning yaqin qarindoshlari, mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom, bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. Ohy Kengash majlisi haftada bir marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan. Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalarni hal etish uchun Kichik Kengash ham ta’sis etilgan. Bu kengash ishida xondan tashqari mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashganlar.
Xonlikda mehtar bosh vazir hisoblangan. U xon safarga chiqqan paytlarda xonlikni idora qilgan. Mehtar va qo‘shbegi mamlakat miqyosida soliqlar yig‘ilishiga javobgar bo‘lganlar.
Xonlikda 3 ta devon (vazirlik) ham faoliyat ko‘rsatgan. Bular xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy va harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi devonlar edi. Ularning faoliyatiga devonbegi rahbarlik qilgan. Xonlikning qo‘shiniga yasovulboshi qo‘mondonlik qilgan.
Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o‘zlarining biylari, turkmanlar esa ularning vakili tomonidan boshqarilgan. Ularning lavozimlari nasldan naslga meros bo‘lib o‘tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart bo‘lgan.
Yer egaligi. Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug‘oriladigan (axya) va sug‘orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko‘ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo‘lingan:

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling