O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilm-fan. XVI
Ichki va tashqi savdo. Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davlat xazinasiga durustgina daromad tushgan. Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Bozor yo‘lining ikki tarafiga ustaxona-do‘konlar qurilgan.Bozordagi savdo o‘rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan. Xonlikdan, asosan, qorako‘l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan.
XVI asr oxirlaridan boshlab, Rossiya bilan ham savdo-sotiq birmuncha yo‘lga qo‘yila boshlandi. Xiva elchilari, asosan, gazlama va to‘qilgan buyumlar olib borishgan. Chunonchi, Xiva elchisi 1620-yilda Qozon shahrida 670 kiyimlik mato sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, qoqi meva, qorako‘l terisi, o‘simliklardan tayyorlangan bo‘yoqlar ham olib borilgan. Xiva savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha boshlaganlar. Ilm-fan. XVI-XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay to‘xtab qolgani yo‘q. Bu davrda tarix ilmi o‘ziga xos o‘rinda turgan. Chunonchi, Xiva xoni Abulg‘oziyxon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi. Abulg‘oziyxon fan va madaniyat tarixida „Shajarayi turk“ va „Shajarayi tarokima“ asarlari bilan o‘chmas nom qoldirdi. „Shajarayi turk“ asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512-1663-yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag‘ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealar, turkiy xalqlar an’analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan. Abulg‘oziyxonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o‘z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o’zbek tili yozma yodgorligi, deb hisoblashadi. Vengriyaning mashhur sharqshunosi X. Vamberi „Abulg‘oziyning „Shajarayi turk“i uchun butun dunyo undan minnatdor“, deb yozgan edi. Bu asar bir necha asrlardan beri ko‘plab tillarga tarjima qilib kelinmoqda. Abulg‘oziyxonning topshirig‘i bilan „Dastur ul-amal“ asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo‘lyozmaning bir bo‘limi bag‘ishlangan. XVI asrda Xiva xonlari kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi. Mashhur xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga „Shohnoma“ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko‘chirib berdi. XVII-XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi qator usta xattotlar yashab, mehnat qilganlar. Ular she’riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni ko‘chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etgan. Bular – qog‘oz qirquvchi, kotib-xattot, muzahhib, lavvohlar, miniaturachi rassom va sahhoflar edilar. Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling