O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet23/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Davlat boshqaruvi. Qo‘qon xonligida quyidagi mansablar mavjud bo‘lgan: mingboshi, otaliq, shayxulis lom, qozikalon, qushbegi, mehtar, parvonachi, naqib, dodxoh, eshik og’asi, inoq, shig’ovul, to‘qsoba, miroxur, qoravulbegi va boshqalar.
Qo‘qon xonligida mavjud bo‘lgan harbiy unvonlar quyidagicha bo‘lgan: mingboshi – odatda, u vazirlik vazifasini birga olib borgan. Keyin ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi, zambarakchi va b. Bulardan tashqari, boshqa harbiy mansablar ham bo‘lgan. Qo‘qonda yashagan sarboz va to‘pchilar faqat alohida vazifadagi noib, dodxohning doimiy tasarrufida bo‘lganlar. Urush davrida noib, dodxoh o‘z qismiga harakatdagi qo‘shinning hamma sarbozlarini qabul qilgan, unga vaqtinchalik boshchilik qilishni maxsus tayinlangan amiri lashkar (bosh qo‘mondon)ga topshirardi.
XIX asrning 1-yarmida Qo‘qon xonligi tarkibiga quyidagi hududlar kirardi: Sirdaryoning so‘l sohili bilan Qorategin oralig’idagi Qo‘qon viloyati; Sirdaryoning o‘ng sohilidan to Olatovgacha bo‘lgan Namangan viloyati; Xo‘jand shahri; Xo‘jand bilan Toshkent oralig’idagi Uratepa viloyati. Xonlikning eng shimoliy viloyati Turkiston, Betpaqdala sahrolariga borib taqalardi. Bundan tashqari, xonlik tarkibiga Olay hududi, Balxash ko‘li bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oralig’idagi yerlar kirardi. Billurtog’ning g’arbiy tomonidagi Qorategin, Darboz, Ko‘lob, Shug’non singari bir qator tog’li tumanlar ham Qo‘qon xonligiga tegishli edi. Bu yerlarni qo‘qonliklar XIX asrning 30-yilllarida bo‘ysundirishgan bo‘lsa-da, ular tez-tez qo‘ldan-qo‘lga, ko‘proq Buxoro amiri ixtiyoriga o‘tib turardi. Qo‘qon xonligi aholisining soni 3 mln.ga yaqin edi. Rossiya qo‘shinlari uning shimoliy- g’arbiy viloyatlarini bosib olgach, xonlik hududi ancha qisqarib, asosan, Farg’ona vodiysi bilan cheklanadi va aholi soni taxminan 2 mln.ga tushib qoladi.
Qo‘qon xonligining aholisi, asosan, o’zbeklar, tojiklar, qirg’izlar, qozoqlar, uyg’urlar, qoraqalpoqlardan iborat edi. Qo‘qon xonligida ham yerga egalik qilish va undan foydalanish turli xil bo‘lgan. Xonlikka qarashli bo‘lgan yerlar amlok yerlar, vaqf yerlari, mulki xiroj va mulki ushriyaga taqsimlangan. Dehqonlar o‘rtasida yakka dehqon xo‘jaligi ham rivojlangan. O‘z yerlaridan ajralgan kambag’al dehqonlarning ko‘pchiligi yirik yer egalari qo‘lida chorakorlik qilganlar. Yerning bahosi uning unumdorligi va qanchalik suv bilan ta’minlanganligiga qarab belgilangan. Xonlar sug’orish tarmoqlari katta daromad manbai bo‘lganligi sababli ma’lum darajada ularni saqlashga, sug’orish inshootlarini yanada kengaytirishga yaxshi e’tibor berishgan. Qo‘qon xonligida ko‘plab paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bog’dorchilik hamda pillachilik taraqqiy etgan. Hunarmand-kosibchilik mazmunan boy va serqirra bo‘lgan. Bular: misgarlik, zargarlik, o‘ymakorlik, harbiy qurol ishlab chiqarish, sopol va ko‘zagarlik, qog’ozgarlik, badiiy to‘qimachilik, do‘ppichilik, kashtachilik, ko‘priksozlik, temirchilik va sh.k.
Bulardan tashqari, xonlikda yer osti boyligi ham ma’lum darajada qazib olingan. Ammo ularni ishlab chiqarish sodda va kam ediki, ular ehtiyojni qondira olmasdi. Masalan, xonlikda ishlab chiqarilgan metall Rossiyadan olib kelingan metalldan qimmatga tushardi. Qo‘qon xonligida ishlab chiqilgan mahsulotlar esa chet ellarga ham olib chiqilar edi va ularga talab ham bor edi. Shuning uchun bu soha ma’lum darajada rivojlana borgan.
Savdo-sotiq xonlik hayotida katta va muhim o‘rin egallagan. U ichki va tashqi savdoga bo‘lingan. Osiyo xonliklarida ichki savdo, asosan, qadimgi davrdan beri o‘zaro ko‘chmanchi chorvador, o‘troq dehqonlar va shahar-qishloq hunarmandlari mahsulotlariga asoslangan edi. Aholi o‘zining ehtiyojlarini asosan o‘z xonligidagi mahsulotlar bilan qondirishgan. Xonlikning iqtisodiy hayotida Buxoro, Xiva, Qashqar, Hindiston, Afg’oniston, Eron va ayniqsa, Rossiya bilan bo‘lgan tashqi savdo katta o‘rinni egallagan. Rossiya bilan olib borilgan savdo munosabatlari Qo‘qon xonligi qishloq xo‘jaligi ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi va rus madaniyatining ba’zi jihatlari aholi turmush tarziga kira boshladi. Qo‘qon xonligi Rossiyaning xom ashyo bazasiga va tashqi savdo bozoriga aylana bordi. Rossiya sanoati tovarlarining olib kelinishi mahalliy sanoat korxonalarini va ayrim hunarmandlarning inqirozga uchrashiga sabab bo‘ldi.
Qo‘qon, Marg’ilon va Namangan shaharlarida ip va ipak matolar (atlas, shoyi, beqasam, adras, chit, bo‘z va b.) to‘qilgan. Shuningdek, boshqa hunarmandchilik tarmoqlarida xo‘jalik asboblari, dehqonchilik uchun kerakli uskunalar, qurol-yaroqlar, zargarlik buyumlari, qog’oz va b. narsalar ishlab chiqarilgan. Yer osti boyliklaridan neft, oltin, kumush, mis, rux, temir, qo‘rg’oshin va b. ham ma’lum miqdorda qazib olingan. Xonlikda paxta va poliz ekinlari yetishtirilgan, bog’dorchilik va pillachilik ham taraqqiy etgan.
Qo‘qon xonligi dan chet davlatlarga quritilgan mevalar, jun, teri, ipak, gilam, paxta va ipak matolar chiqarilgan. tashqi mamlakatlardan esa turli metall rudalari, metall buyumlar, qand va b. mahsulotlar keltirilgan.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling