O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet21/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Me’morchilik. XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o‘rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi. Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765-yilda Sherg‘ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi.
XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor hamda 1834-yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi.
XIX asrda Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turadigan ikki qismga bo‘lingan. Ularning biri Dishan qal’a – Tashqi shahar (qal’a) deb, ikkinchisi esa Ichan qal’a – Ichki shahar (qal’a) deb atalgan. Malumki, Sharqda shaharning ichki qismi, ya’ni markazi Shahriston, tashqi qismi esa Rabod deb atalgan.
Ichan qal’a. Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan Markaziy Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir. Ichan qal’a Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog‘cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan. Xorazm o‘lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari – madrasa, masjid, xon saroyi, ma’muriy binolar, bosh maydon va minoralar Ichan qal’ada joylashgan. Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli bunyod korlik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa va maqbaralar barpo etildi. Ko‘hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi.
Muhammad Aminxon Ichan qal’aning g‘arbiy qismidagi Ko‘hna ark yoniga Kalta Minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari Markaziy Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana – inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul „qo‘sh“ deb ataladi.
Bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. Noyob me’morchilik obidasi bo‘lgan Ichan qal’a 1961-yilda me’moriy yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olingan va muzey-qo‘riqxonaga aylantirilgan. Uning maydoni 26 ga.ni tashkil etadi. Unda 54 ta tarixiy-me’moriy obida joylashgan. 1969-yildan muzey-qo‘riqxona Xiva „Ichan qal’a muzey-qo‘riqxonasi“ deb ataladi. 1990-yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling