O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
-mavzu. O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, unig sabablari va oqibatlari
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
8-mavzu. O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, unig sabablari va oqibatlari
Reja: 1.Buxoro xonligining tashkil topishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. 2.Xiva xonligi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayot. 3.Qo‘qon xonligi. Xo‘jalik va madaniy hayoti. Tayanch so‘z va iboralar. Dashti Qipchoq. Shayboniylar. Xiva xonligi. Qo‘ng‘irotlar. Buxoro xonligi. Abdullaxon II. Ashtarxoniylar. Buxoro amirligi. Mang‘itlar. Qo‘qon xonligi.Minglar. Toshkent bekligi. Davlat boshqaruvi. Davlat lavozimlari. O‘zaro va ichki kurash. Qoloqlik sabablari. Sohibqiron Amir Temur vafot etgach, uning saltanati asta-sekin parchalana boshlandi. Amir Temur vorislari temuriylar 1405-yildan 1506-yilgacha Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik qildilar. Deyarli bir asr mobaynida ulkan saltanat amalda ikki davlatga bo‘linib, o‘zaro toju-taxt uchun kurash XV asr oxiriga kelib Samarqand temuriylarini ham, Xirot temuriylari hokimiyatini ham zaiflashtirib qo‘ygan edi. 1428-yilda Jo‘jining beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo‘lgan Abulxayirxon (1412-1468) Dashti Qipchoqda yangi davlat – Ko‘chmanch O’zbeklar davlatiga asos soladi. Tarixiy manbalarda bu davlat ,,O’zbek ulusi“ (o’zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. 1446-yilda Abulxayirxon Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar – Sig‘noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgan va Suzoqni bosib oladi. O‘z davlatining poytaxtini Turadan Sig‘noqqa ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga kirishganligining tasdig‘i edi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami evaziga kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi. Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu tariqa u Movarounnahrda borgan sari o‘z nuluzining ortishiga erisha olgan. 1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, u tuzgan davlat parchalanib ketdi. Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) ko‘p yillik kurashdan so‘ng XV asrning 80-yillariga kelib Dashti Qipchoqda hokimiyatni egallashga muvaffaq bo‘ladi. 90-yillardan boshlab o‘zaro kurashlar va ichki nizolar tufayli tobora zaiflashib borayotgan temuriylar hududi bo‘lgan Movaronnuhrda ham o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun harakat boshlaydi. Shayboniyxon avval Sig’noq, Sabron, Yassi shaharlarini, 1500-yil Samarqandni, 1503-yil Toshkent va Farg’onani, 1504-yil Hisor, Qunduz, Badahshon, Balxni, 1505-yil Xorazmni, 1507-yil Xuroson temuriylarining poytaxti Xirotni, keyinroq Eronning Mashhad va Tus shaharlarini ham egallaydi. 1502-yilda Eronda shoh Ismoil (1502-1524) yangi bir sulola – Safaviylar sulolasi (1502-1722)ga asos soladi. Xurosonga egalik qilish masalasida Shayboniyxon va Ismoil Safaviy o‘rtasida nizo kelib chiqadi. 1510-yil Marv yaqinidagi jangda Shayboniyxon Eron qo‘shinlaridan mag’lubiyatga uchrab jang maydonida halok bo‘ladi. Shayboniyxon halok bo‘lgach, Bobur Mirzo shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish uchun kurash boshladi va nihoyat, 1511-yilning kuzida Samarqandni uchinchi marta qo‘lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach, noilojlikdan islomning shiyalik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchi shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Bu esa Samarqand xalqining Bobur Mirzodan yuz o‘girishiga sabab bo‘ldi. Chunki Movarounnahr aholisi, Boburning o‘zi ham islomning sunniylik yo‘nalishiga e’tiqod qilganlar. Shayboniylar ham shu yo‘nalishda edilar. 1512-yilning aprel va noyabr oylarida Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g’li Ubaydulla Sulton boshchiligida shayboniylar qo‘shini bilan bo‘lib o‘tgan har ikki jangda Bobur Mirzo qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Noyabr oyidagi jangda shayboniylar shoh Ismoilning Bobur Mirzoga yordam uchun yuborgan Ahmad (“najmi soniy”) qo‘shinini ham mag‘lub eltlllar. Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 1526-yilga qadar Kobulni idora qildi. So‘ngra Kobulni ikkinchi o‘g‘li Komron Mirzoga qoldirib, o‘zi Hindiston sari yurish boshladi va u yerda 332 yil hukmronlik qilgan Boburiylar saltanati (1526-1858)ga asos soldi. Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling