O’zbekiston respuplikasi oliy ta’lim,fan va inavatsionsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti


Download 0.76 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1386295
Bog'liq
1.Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli

Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti jizzax filiali

MUSTAQIL ISH

FAN: Falsafa

MAVZU: Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli

GURUH: 961-21

BAJARDI: Achilova Tumaris

mavzu: Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli

REJ: 1. Falsafiy dunyoqarash

2. Falsafaning asosiy funktsiyalari

3. Falsafaning ilmiyligi muammosi.


Falsafa - borliq, uning turli shakllari orasidagi o’za-ro aloqadorlikni ifodalovchi nazariy qarashlar sistema-sidir. U dunyo, borliq, materiya, inson, insonning ongi va tafakkuri, uning dunyoga munosabati, insoning dunyoni nazariy bili-shining eng umumiy qonuniyatlari, printsiplari va kategoriyalari haqidagi fandir. Falsafa dunyo va unda in-sonning tutgan o’rni haqida, insonning dunyoga bo’lgan munosabatlari haqida, dunyoning eng umumiy qonuniyatlari haqida umumlashgan qarashlar sistemasini ishlab chiqadi. U fan sifatida dunyo, borliq, materiya, tabiat, jamiyat, inson ongi va tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlari va asosiy harakatlan-tiruvchi kuchlarini o’rganadi.
Falsafa, avvalo, dunyoni nazariy o’zlashtirishdir, u in-sonning tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi naza-riy tushunchalari, qarashlari va fikrlaridir. Falsafa ki-shilarni bir butun dunyo borliq, materiya, tabiat, jamiyat va inson to’g’risidagi umumiy nazariy bilimlar, g’oyalar bilan qurollantiradi. Bu nazariy bilimlar, g’oyalar o’zlarida fal-safiy dunyoqarashni ifodalaydi. Falsafa dunyoqarash sifatida jamiyatdagi ijtimoiy manfaatlar bilan, siyosiy va mafkuraviy kurashlar bilan, bir butun jamiyatning moddiy va ma‘naviy hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. U ijtimoiy borliqqa ijtimoiy ong orqali faol ta‘sir ko’rsatadi, jamiyatning ma‘naviy hayotida yangi g’oyalarni va yangi ma‘naviy qadriyatlarni shakllantiradi.
Falsafa paydo bo’lishi bilan real kuzatishlar, mantiqiy tahlillar, xulosa chiqarishlar, isbotlash asosida fikr yuritishlar bilan oldingi hayoliy va ilohiy obrazlar asosi-dagi tasavvurlardan iborat mifologik va diniy dunyoqarashlarni ongdan siqib chiqara boshladi. Shu paytgacha xalq ora-sida yashab kelgan afsona va rivoyatlar falsafada endi aqliy jihatdan qayta ko’rib chiqilib, ularga yangicha hayotiy maz-mun berila boshlandi. Falsafiy dunyoqarash rivojlanib borishi faqat mifologik va diniy dunyoqarashlardangina farq qilib qolmasdan, balki oddiy kundalik ongning ham chegaralarini buzib, o’zida ma‘naviy madaniyatning qimmatli yutuqlarini mujassamlashtirgan ma‘naviy sohaning alohida bir turiga aylanib bordi.
Falsafaning ilmiyligi muammosi Biz tanishib chiqayotgan masalaradan yana biri-bu falsafiy dunyoqarashning ilmiyligi muammosidir. Bu muammo falsafaning fan bilan munosabatini o’z ichiga oladi. Falsafaning fanga munosabati, uning konkret fanlar bilan bog’liqligi bu yangi masala emas. Falsafa fan bilan egizak, ular bir paytda birga dunyoga kelgan. Dastlab paydo bo’lgan falsafa dunyo to’g’risidagi inson bilimlarining jamlan-masidan iborat bo’lib, u o’z ichiga falsafiy qarash-lar birga birga, aniq fan soha-lariga oid dastlabki bilim-larni ham olgan. Shu tufayli falsafa o’z o’rinda fanning vazifasini ham bajargan. Jamiyat ishlab chiqarishi va kishilar amaliy faoliyatining rivojlanib borishi bilan falsafa ham rivojlanib borgan. Natijada falsafadan asta-sekin bir qator fanlar ajralib chiqa boradi. Falsafa tarkibida vujudga kelgan va undan keyinchalik ajralib chiqqan mustaqil fanlar va falsafaning inson bilishidagi imkoniyatlarini taqqoslab ko’rsak, falsafa bilan fan butun bilish tarixida cham-barchas bog’liq va aloqadorlikda bo’lgani-ning guvohi bo’lamiz.
Xullas, falsafa aniq fanlar kabi ilmiydir. U fan bilan birga vujudga kelib, fan bilan birga rivojlangan. Falsafa ilmiylikning barcha mezonlariga javob beradi, ya‘ni uning o’z ob‘ekti va predmeti bor, u jamiyatda aniq funktsiyalarni bajaradi, uning bilimlari asoslangan, ob‘ektiv va sistemalidir. Shuning bilan bir qatorda bu-yuk faylasuf Aristotel falsafa «fanlar malikasi» va nemis mutafakkiri Gegel aytganidek falsafa «fanlar qiroli-chasi», «fanlar fani» deganidek falsafa bugungi kunda kelib ham fanlarning metodologik asosi vazifasini ham o’taydi.
Asosiy adabiyotlar:
  • Falsafa. Q. Nazarov tahriri ostida. Toshkent, 2000.
  • Filosofiya. Pod red. V.P. Koxanovskogo.- Rostov-na-Donu, 1999.
  • Falsafa. E. Yusupov tahriri ostida. Toshkent, 1999.
  • Osnov filosofii. Pod. red. M. Axmedovoy i V. Xana. Toshkent, 1998.
  • Rahimov I. Falsafa. Qisqacha konspekt. Toshkent, 1998.
  • Spirkin A.G. Filosofiya. Moskva, 1998.
  • Alekseev P. V., Panin A. V. Filosofiya. Moskva, 1997.
  • To’lenov J.T., G’ofurov Z.G’. Falsafa. Toshkent, 1997.
  • Nemirovskaya L. Z. Filosofiya. Moskva, 1996.
  • Radugin A.A. Filosofiya. Kurs lektsiy. Moskva, 1996.

E’TIBORIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling