O’zbekiston res’ublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim
Download 93,8 Kb.
|
Sanoat korxonalari ishlab chiqarishda aylanma mablaglardan samarali foydalanish yo’nalishlari
Ka = Msm / Ay.q,
Bunda: Msm – sotilgan mahsluot miqdori, so’m hisobida; Ay.q. – aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qoldig’i, so’m hisobida. Aylana mablag’larning 1 ta aylanish davrini quyidagi formula bilan hisoblash mumkin: Ad = (A y.q*360) / Msm Aylanma mablag’larning aylanish davrini hisoblashni osonlashtirish uchun yildagi kunlar sonini 360 kun, kvartalni 90 kun, oylikni 30 kun deb qabul qilingan. Qisqacha xulosalarSanoat ishlab chiqarishida asosiy fondlar bilan bir vaqtning o’zida mehnat buyumlari ham harakatda bo’ladi. Shu sababli ularni aylanma fondlar deb ataydilar. Aylanma fondlarning ashyoviy mazmunini asosiy va yordamchi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim fabrikatlar, ehtiyot qismlar, kam baholi hamda tez to’ziydigan buyum va inventarlar, turli idishlar (taralar) tashkil etadi. Aylanma fondlarga tayyor mahsulot, yo’ldagi mahsulot va hisobdagi pullar ham kiradi. Aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash mavjud xomashyo va materiallar bilan ishlab chiqarish ko’lamini yuqori darajaga ko’tarish, tarmoqlar o’rtasida yuqori tejamli nisbatlarni (proporsiyalarni) belgilash, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga imkon yaratadi. Ishlab chiqarishni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish xomashyo va materiallardan, yoqilg’i va elektroenergetikadan oqilona foydalanishni talab etadi. Moddiy resurslarni tejash maqsadida ko’p omillardan foydalanish mumkin. Resurslarni tejashning asosiy ishlab chiqarish – texnik omillariga ishlab chiqarishning texnik darajasini uzluksiz oshirish, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni yaxshilash, tejamkorlikni rag’batlantiruvchi dastak va stimullardan keng foydalanish kiradi. Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Chunki u pul mablag’larini bo’shatishga imkoniyat yaratadi. Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirishning asosiy yo’llari quyidagilardan iborat: - ishlab chiqarish siklining davomiyligini, uzoqligini qisqartirish; - normativdan tashqari, va oshiqcha zahiralarni yo’qotish; - tayyor mahsulotlarni sotishni tezlashtirish va h.k. Download 93,8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling