O’zbekiston res’ublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim
Download 93.8 Kb.
|
Sanoat korxonalari ishlab chiqarishda aylanma mablaglardan samarali foydalanish yo’nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Aylanma fondlarning mohiyati va ahamiyati
O’ZBEKISTON RES’UBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYaLAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM Iqtisodiyot yo’nalishi 3- kurs S-20115 Guruh. . Mamanova Xurshida Nosirovna Industrial iqtisodiyot fanidan Mustaqil ishi Sanoat korxonalari ishlab chiqarishda aylanma mablaglardan samarali foydalanish yo’nalishlari Reja: 1. Aylanma fondlarning mohiyati va ahamiyati 2. Moddiy resurslardan samarali foydalanish masalalari 3. Aylanma mablag’lar va ularning aylanishini tezlashtirish 1. Aylanma fondlarning mohiyati va ahamiyatiSanoat sohasida turli mahsulotlarni tayyorlash jarayonida moddiy va moliyaviy mablag’larga bo’lgan ehtiyojlar doimo oshib boradi. Sanoat korxonalarida asosiy fondlar bilan bir vaqtda mehnat buyumlari ham harakatda bo’ladi. Shu sababli ular aylanma fondlar deb aytiladi. Aylanma fondlar – bu ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashib, o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazib, o’z shaklini ham o’zgartiradigan, butunlay yo’qotib yuboradigan mehnat buyumlaridir.1 Aylanma fondlarga ishlab chiqarish jamg’armalari va ishlab chiqarishdagi mablag’lar, tugullanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiradi. Ishlab chiqarish jamg’armalari aylanma fondlarning asosiy qismini tashkil etadi. Bu korxonalarga keltirilgan, Lekin ishlab chiqarish jarayonida hali foydalanilmagan mehnat bumlari, xususan, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, asosiy va yordamchi materiallar, energiya, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, xo’jalik jihozlari va tez yemiriluvchi buyumlardan iborat. Aylanma fondlarning yana bir qismini tugallanmagan ishlab chiqarish tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayoniga allaqachon tushgan, lekin ishlov berish tugamagan mehnat buyumlaridir. Bularga korxona o’zi yaratgan, lekin chala tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Aylanma fondlarning yana bir qismi kelgusi davr xarajatlari hisoblanadi. Ularga yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o’zlashtirish, mutaxassislarni o’qitish va qayta tayyorlash, xonalarni ijaraga olish, tog’-sanoat korxonalariga taalluqli xarajatlardan iboratdir. Bu xarajatlarning hammasi tayyor mahsulotning tannarxi tarkibiga kirishi evaziga qoplanadi. Aylanma fondlarning tarkibi turli tarmoqlarda turlicha bo’ladi. Masalan, umuman sanoat bo’yicha ishlab chiqarish jamg’armasi 64% ga yaqin bo’lsa, elektroenergetika va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish sohasida 56% ni, mashinasozlikda 54%, ko’mir sanoatida 33% ni tashkil etadi. Aylanma fondlarning tarkibi faqat tarmoqlarda emas, korxonalarda ham bir biridan farq qilishi mumkin. Bu ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga, joriy etilayotgan texnologiyaning usuliga, yo’liga, korxonani ixtisoslashtirish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga, ishlatiladigan materiallarning tarkibiga bog’liqdir. Aylanma fondlarning tarkibini iqtisodiy tahlil etish va ularning tarkibiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularning ta’sir kuchi natijalarini topish, tarmoqlar va korxona taraqqiyotini belgilashga katta yordam beradi. Aylanma fondlarning tarkibini aniqlash, foydalanishni yaxshilash yo’llarini belgilash uchun moddiy balanslar tuziladi. Bu balanslar har bir tarmoq ikkinchi tarmoqqa qanday buyumlar yetkazib berishini tavsiflaydi. Download 93.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling