O’zbekiston sport federatsiyalari
Download 27.28 Kb.
|
O
O’zbekiston sport federatsiyalari Oʼzbekistonda Boksni rivojlanish tarixi SSSR da xizmat koʼrsatgan ustoz Sidney Djakson Lьvovich nomi bilan uzviy bogʼliq. U yengil vaznda Аmerikadagi eng mashxur bokschilardan biri edi.Birinchi jaxon urushini Sidney Djaksonni Peterburgda turne oʼtkazayotgan vaqtda qarshi oldi. АQSh ga qaytish vaqtinchalik mumkin emas edi. Rossiyada АQSh elchixonasidan uyga qaytishga ruxsat ololmagach, Djakson Tavsiya xatlari bilan Toshkentga joʼnab ketdi. Shu yerda uni Oktyabrь inqilobiqarshi oldi va u shu yerda qolishga axd kildi. Fuqarolik urushi yillarida Sidney Djakson internatsional brigada aʼzosi, xalq ishi uchun qoʼrqmas kurashchiedi. Fuqarolik urushi tugagandan soʼng, Djakson Toshkentga qaytib keldi va sport buyicha murabbiy etib tayinlandi. Oʼzbekistonda boksni rivojlanish tarixi shu vaqtdan boshlanadi. 1921 yilda Ikkinchi Urtaosiyo Olimpiadasida birinchi boks boʼyicha koʼrsatgichjangla roʼtkazilgan. 1922 yilda Samarqand shahrida xam boks boʼyicha kursatgich chiqishlar tashkil etilgan. SSSR da birinchilik ahamiyatini kasb etgan, “Dinamo” tomonidan tashkillashtirilgan yirik shaharlararo musobaqa Moskvada 1923 yilda boʼlib oʼtdi. 1922 yildan 1926 yilgacha Buxoro viloyati Kogonda boks boʼyicha murabbiylik qilgan Konstantin Nikitin oʼrta vaznda birinchilikni qoʼlga kiritgan. General-leytenant Biyazi rahbarlik chogʼida V.I. Lenin nomidagi harbiy bilim yurtida ham boks sektsiyasi tashkil etilgan. Nikolay Ovsyannikov rahbarlik qilayotgan “Gerkules” jamiyatida ham 1924-1925 yillarda boks sektsiyasi oʼz faoliyatini olib borgan. 1926 yilda Konstantin Nikitin (hozirda professor, tibbiyot fanlari doktori), birinchi SSSR chemponatida ishtirok etib ikkinchi oʼrinni olgan va kumush medalga sazovor boʼlgan,. 1928 yilda L.Lyubitskiy va А.Kisilev yangi boks sektsiyalari tashkil etishdi. Mashqlar jarayonida sportchilar bir vaqtning oʼzida sportning xar-hil turlari bilan shugʼullanishgan, bu esa oʼz vaqtida shugʼullanuvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirgan va sogʼligʼini mustahkamlagan. Oʼzbekistonlik bokschilar mashq qilish uslubi professional bokschilar uslubini eslatardi, chunki S.L.Djaksonni oʼzi Аmerikalik professional bokschi edi. Bu vaqtda Sovet Ittifoqining turli shaharlariga bokschilarning juda koʼp chiqishi amalga oshirilmoqda edi, bu zsa oʼz vaqtida oʼzbek boks maktabining rivojlanishiga olib kelar edi. Boks sektsiyalari oliy oʼquv yurtlarida tashkil etildi, Toshkent Davlat Universitetida, tibbiyot, politexnika institutlarida. Oʼrtaosiyo industrial instituti talabalari T.Baybekov, S.Аganov, N.Kashirin, А.Аbdurasulov, T.Аkaev Respublikadagi 1936-1938y.talabalari oʼrtasidagi eng kuchli bokschilar deb hisoblanar edi. Ularni S.L.Djakson mashq qildirgan. Birinchi Oʼzbekiston birinchiligi musobaqalari 1935 yilda oʼtkazilgan, bu paytda Respublikamizning Kogon, Qoʼqon, Fargʼona, Аndijon shaharlarida boks rivojlangan edi. Eng yengil vaznda birinchi oʼrinni egallagan Davidov R.(Toshkent) Eng yengil vaznda Lyubitskiy L.(Toshkent) Oʼrtaengil vaznda Loshinin(Toshkent) Yengil vaznda Udalov(Fargʼona) Yarimoʼrta vaznda Indin(Toshkent) Oʼrta vaznda Derenikьyan(Toshkent) Oʼrtaogʼir vaznda Gongadze(Toshkent) 1935 yilda Qoʼqonda Moskvalik boks ustasi Pilov boks maktabiga rahbarlik qilgan, Toshkentga esa mashhur bokschi Petr Fastov bir oyga taklif qilingan, u Respublika terma jamoasi bilan oʼquv amaliy mashgʼulotlar olib borgan. 1936 yilda Toshkentga ogʼir vaznda SSSR chempioni N.Korolev tashrif buyurgan. Oʼzbek bokschilari M.Frank, А.Borzenko, G.Gungadze, А.Аbdurasulov, I.Davidov va boshqalar N.Korolev bilan birgalikdagi mashqlar jarayonida jangda yangi taktik rejalarini va raqibni ogʼir axvolga solib qoʼyish usullarini oʼrganishar edi. Shu yil Toshkentda pionerlar saroyi ochildi, shu saroyda S.L.Djakson boshchiligida boks sektsiyasi faoliyat yuritar edi, u yerdan Vladimir Karpov, hozirda Sovet uyushmasining qahramoni, SSSR yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi, B.Gazizov, А.Borzenko, Mixail Mesh, А.Sidorov, K.Grigoryants, G.Xurmanvin kabi ajoyib bokschilar yetishib chiqqan. 1936-1937 yillarda taʼtil vaqtida Toshkent jismoniy tarbiya bilim yurtida markaziy jismoniy sanʼat oliygohining talabasi А.Fedyaev ishlagan, oʼqishni tamomlagach esa u Toshentga ishlagani kelgan. 1939 yilda bos MHSh majmuasiga ikkinchi darajali boʼlib qoʼshildi. Bu murabbiylarga bokschilarni har tomonlama tarbiyalash vazifasini berdi, “Ochiq ring” singari musobaqalar oʼtqazila boshladi, boshqa Respublika bokschilari bilan uchrashuvlar , oʼsmirlar boksi mashxurlasha boshladi. Urush oldi yillarida Oʼzbekistonnig mashhur boschilari:M.Mesh, Z.Titov, B.Аraxedyam, M.Frank, А.Borzenko,V.Karpov,F.Gazizov, Gongadze, L.Lyubitsiy, А.Fedyaev, Puusep va boshqalar. Urush koʼp sportchilarni sport mashgʼulotlardan ajratib oldi va sportchilarimizning iroda jangovorlik xislatlariga sinov boʼldi.Koʼp oʼzbek bokschilari frontga ketishdi va qahramonliklar koʼrsatishdi. Vladimir Karpov urush yillarida oʼz razvedchik doʼstlari bilan 79 tilni qoʼlga olishda ishtirok etgan va Sovet uyushmasining qahramoniga aylangan. Boks, sport bilan shugʼullanish uni urush yillarida tirik qolishiga yordam bergan. Hozirda Vladimirь Vasilьevich Karpov – yozuvchi, koʼpgina asarlar muallifi, SSSR yozuvchilar Uyushmasining birinchi kotibi. Oʼzbekistonnig bir necha marotaba chempioni Аndrey Borzenko afsonaviy jasorat koʼrsatdi.Yaralangan xolatida u fashistlarga asir tushib Buxenvalьd kontslageriga yuborilgan edi. Urushgacha u Oʼzbekison chempioni ekanligini bilib qolishgach, musobaqa uyushtirishdi, Borzenko bu musobaqada Germaniyalik chempion bilan uchrashdi. Ochlikdan holsizlangan, yaralangan Borzenkoga doʼstlari gʼamxoʼrligi uni berkitib ovqatlantirishayotgani kuch berdi. Jangga chiqqan Borzenko oʼzining mustahkamligini, yurtiga muhabbatini koʼrsatib jangni yutdi, dushmanni nokautga uchratdi. Urush yillarida Toshkent va Respublikaning boshqa shaharlaridagi boks sekiyalari ish faoliyatini toʼxtatmadi. Endi ular frontga ishchi kuchlari tayyorlashar edi, Boks suvor harbiy va hunarmanchilik bilim yurtlarida harbiy-jismoniy tayyorgarlik dasturiga kiritilgan edi. Oʼzbekistonda birinchi sport ustalari aka-uka Davыdovlar boʼlishdi, ular SSSR chempionatlarida sovrindorlar edi.Ilьya Davыdov uch karra sovrindor boʼlgan(1944,1946,1947 yillarda), Ruben Davыdov esa 1945 yilda. 1946 yilda Oʼzbekiston bokschilari Sovet uyushmasining birinchiligida ishtirok etib, norasmiy hisobda umumiy guruhlar aro 4 chi oʼrinni egallashdi. Guruh tarkibida boʼlganlar: aka-uka Ruben va Ilьya Davыdovlar, L.Goroxovskiy, O.Pirojko, B.Gazizov, guruh murabbiyi S.L.Djakson. 1947 yilda Oʼzbekiston boschilari mamlakat birinchiligida(oʼsmirlar va kattalar) ishtirok etib, umumiy guruhlar aro beshinchi oʼrinni egallashdi.Bu vaqt oraligʼida yangi oʼzbek boschilari nomi paydo boʼldi: А.Zisman, J.Shadqbekov, L.Burov, I.Izakov, А.Galiaskarov, А.Аnisimov, L.Djakson, S.Liberman. 1948, 1950, 1952, 1954, 1957 yillarda boks qoʼshilgan Oʼrtaosiyo Respublikalari va Qozogʼistonda Spartakiadalar boʼlib oʼtgan. Har xil vaqtda sovrindor boʼlganlar:А. Zisman (yarimoʼrta vaznda), Ye.Kuznetsov(oʼrta vaznda), M.Frank(oʼrtaogʼir vaznda), V.Аgaronov(1. Eng yengil vaznda, 2.oʼrtaengil vaznda), N.Xusnutdinov(engil vaznda), F.Vasilьev(engil vaznda), А.Topchiy(oʼrta vaznda), А.Baranov(ogʼir vaznda). Lekin guruh xisoboti boʼyicha Oʼzbekiston bokschilari doim Qozogʼistondan keyingi ikkinchi oʼrinda boʼlishgan. Vladimir Аgronov, Fedor Vasilьev vaАleksey Baranovlar shu vaqtda SSSR sport ustalari boʼlishgan.1954 yilda SSsR da boʼlib oʼtgan guruhlar birinchiligidagi Oʼzbekiston boschilarining qatnashishini eng yaxshi deb xisoblasa boʼladi, u yerda ular toʼqqizinchi oʼrinni egallashgan. Guruh uchun respublika chempionlari Sh.Zakirov(kichigi), V.Аgaronov, V.Mikryukol, F.Vasilьev, Sh.Zakirov(kattasi),N.Xusnutdinov, S.Polyakov, V.Misyura, ye.Kuznetsov, I.Yusupovlar ishtirok etishgan. “Sovet sporti” gazetasida oʼzbek bokschilarinig texnikgʼtaktikasi va jismoniy tayyorgarligi ancha yaxshilanganligiga urgʼu berilgan edi. SI Spartakiadasi boshlanishi, U`zbekistonda boksning ommaviy rivojlanishiga olib keldi. Kuyidagi jadvalda Uzbekistonlik sportchilar Sovet Ittifoqimillatlari orasida qanday natijalarga erishganliklari ku`rinib turibdi. O’zbekiston o’zining anhorlari, ko’l, daryo va sun’iy suv havzalariga ega bo’lgan serquyosh, olloh nazari tushgan yurtdir. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, CHirchiq, Angren, Oqdaryo, Qoradaryo kabi daryolar sohillarida yashovchi aholi qadimdan bu tabiiy boyliklardan inson manfaati uchun bo’ysundirish bilan turishib kelganlar. Qo’yidagi- Farg’ona kanali, Tuyamo’min, CHorvoq suv omborlari , Rohat ko’li, Toshkent dengizi va bir qator suv havzalari bunyod etilgan. Ular aholi uchun balitq ovlash, har xil suv minerallaridan foydalanish ekan sug’orish ro’zg’orda foydalanish shu bilan birga hayotiy zarur bo’lgan suzishga o’rganish va suzish sportining rivojlanishi uchun manba sifatida xizmat qilib kelmoqda. Suzish sportining boshlang’ich davri O’zbekistonda 1924-25 yillarga to’g’ri keladi. Garchi bu yillarda maxsus (basseynlar) havzalar qurilmagan yuo’lsada, birinchi marta gidrostansiya bunyod etilgan. Masalan: Toshkentda Bo’zsuv tug’on bilan to’sib sun’iy suv ombori hosil qilingan. Bu esa o’z navbatida, aholining yshlarning sevimli dam olish va cho’milish maskaniga aylanib qoldi. Sal keyinroq esa ikkita suv stansiyasi qurilib shu tariqa suzish basseynni va balandlikdan suvga sakrash minoralari qurildi. 1927 yilning yoziga kelib jumhuriyatimizda birinchi marta shu suv stansiyasida Toshkent bilan Samarqand shaharlari o’rtasida suzish bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Bu musobaqa o’z navbatida, 1928 yilda Butunittifoq sportakiadasiga qatnashuvchi O’zbekiston uchun terma jamoa a’zolarini saralab olishga yordam berdi. Terma jamoadan: Nadejda Pak, Nina Lobova, Pyotr Kravchenko kabi suzuvchilar joy egalladi. Ammo spartakiadada O’zbekiston terma jamoasi suzuvchilar Turkmaniston terma eamoasidangina oldingi 16- o’rinni egalladi.. Butunittifoq spartakidasi O’zbekistonning – Buxoro, Navoiy, Andijon, Toshkent, Farg’ona , samarqand va boshqa shaharlarida ham suzish sportini rivojlanishiga sabab bo’ldi. Masalan: Toshkentda “Komsomol kuli” da, Andijonda shahar istirohat bog’ida , Buxoroda istirohat bog’i ichidagi eng katta “Labihavuz” da suzuvchilar suzish sport bo’yicha har xil mashg’ulotlarni utaydigan bo’lishdi. 1930 yilda “Mehnat va Vatan mudofaasiga bo’l tayyor” (GTO) kompleks majmuasi Nizomi tasdiqlangach, Toshkentda yangi turdagi basseynlar barpo etila boshladi, yirik korxonalar qoshida zamonaviy basseynlar qo’rila boshladi. Masalan: Toshkent to’qimachilik fabrikasi qoshida uzunligi 50 metr keladigan suvi isitiladigan ochiq xoldagi basseyn qurib foydalanishga topshirildi. 1935 yili Andijonning sun’iy suv havzasida birinchi marta jumhuriyat bo’yicha suv sport bayrami o’tkazildi. Andijon, Quqon, Toshkent, Farg’ona shaharlarining sportchilar ishtiorok etdi. 1930 yillardan boshlab davlat tashkilotlarining talablariga ko’ra suzish sportini yanada rivojlantirish maqsadida Toshkentda “Temir yo’lchilar” istirohat bog’ida uzunligi 25 m li ochiq basseyn qurildi va shu basseynda suzish bo’yicha bolalar sport maktabi (DYUSH) tashkil etildi. 1930 yilda maydoni 8 gektar keladigan kul bunyod etildi. Kulda asosiy baza hisoblangan “Dinamo” va “Spartak” suzuvchilari shug’ullanishgan. Bu bazada keyinchalik Respublikamizning dastlabki murabbiylar yetishib chiqgan. A.K. Smirnov O’z.X.K.M., V.T. Bandarenko- x.k.m N.T. SHuljinko, V.I. Mixaylov va boshqalar. 1939 yilga kelib O’zbekistonda suzish bo’yicha Respublikasi federatsiyasi tuzildi. Unga A.K. Smirnov birinchi rais etib saylandiyu. 1948 yilda Qozog’iston va O’zbekiston barcha O’rta Osiyo Respublikalari o’rtasida suzish musobaqasi tashkil etildi. Bu musobaqada O’zbekiston birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Anatoliy Gerasimov, Georgey Pijankov, Rashid Xamzin kabi sport ustalari yetishib chiqgan. Respublikamizda sekin-asta suzish sportiga baza yaratish maqsadida katta mablag’ ajratila boshlagan. 1949-1955 yillar maboynida Namangan, Andijon, Quqon shaharlarida 25 m.li ochiq xoldagi bosseynlar qurilib, bular qoshida (BO’SM) lar faoliyat ko’rsata boshlagan. 1960 yili Toshkentda O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti qoshida suvi isitiladigan 25x12 m.li ochiq basseyn. 1962 yili “Mehnat rezervilari” klubiga qarashli (KSJ) qoshida 25-12 m.li yopiq basseyn, 1964 yilda “Mehnat” jamiyatiga qarashdi 50x21 m.li yo1piq basseyn, 1969 yili Armiya sport Klubiga qarashli suvi isitiladigan 50x21 m.li ochiq basseyn, 1963 yili Navoiy shahrida 50x21 myuli ochiq basseynlar qo’rilib yurtimiz hayotida tarixiy yangilik bo’ldi. Bu inshootlarni qurilish yurtimiz sportchilari oldiga katta mas’uliyat yukladi va ular sekin asta o’z maxoratlarini oshirib borishdi. Natijasida 1956 va 1959 yillarda SSSR xalqlari I va II spartakiadalarida ishtirok etib, 9 o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, 1967 yilgi IV spartakiada 5 shrin, 1969 yilda III spartakiada 9 o’rinlarni egallashgan. SHu tariqa O’zbekistonda suzish sport bilan shug’ullanuvchilar soni yanada ortib, yaxshi natijalar qo’lga kiritila boshladi. 1988 yili 3-5 iyunda Toshkentda suzish sport bo’yicha xalqaro yirik musobaqa tashkil etildi. Bu yaqinlashib kelayotgan XXV Olimpiada oldidan tayyorgarlik vazifasini o’tadi. Mustaqillikga erishganimizdan so’ng barcha soxalari bo’lagni kabi jismoniy tarbiya va sohasida ham katta yuuqlarga erishilib kelinmoqda. Bunga asosiy sabab hukumatimiz orahbarlarini, muxtaram Prezidentimiz I.A. Karimov say harakatlari jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi qaror va qonunlar ta’sis etilayotgan orden va medalllar birinchi sababi bo’lsa ikkinchi sababi jismoniy tarbiya va sportni davlat siyosati darajasiga ko’tarilganganidir. Hozirgi barcha viloyat, shahar markazlarida xattoki chekka qishloqlariga ham boshqa sport turlari qatori suzish havzalari qurilib yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlar ixtiyoriga topshirilmoqda. Bu esa mamlakatimizda suzish sportini rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Sport olamida Olimpiada o’yinlari katta o’rin tutadi. Suzish sporti Olimpiada o’yinlariga birinchi marta 1896 yilda kiritilgan. Bu olimpiada birinchi bo’lib Gretsiyaning Afina shahrida o’tkazilgan bo’lib suzuvchilar mahoratini oshishiga va sportko’rsatkichlarni o’sishiga olib keldi. Olimpiada 1896 yil 11 i aprelda Afina (Gretsiya) . Afinada o’sha paytda basseynlar bo’lmaganligi tufayli, bu musobaqa ochiq suv havzalarida o’tkazilgan. Bunga asosan grek suzuvchilari 6 ta chet el mamlakatlaridan kelg8an 10 ta. Jami 40 ta suzuvchi zo’r mahorati bilan musobaqalashdi. 40 ming tomoshabin musobaqalarni tomosha qilishdi. Grek suzuvchilari 12 t oltin medaldan 7 tasiga sazovor bo’lib 1 o’rinni olgan. Olimpiada 1900 yil 20-27 iyul Parij (Fransiya) da o’tkazilib, Avstraliya, Avstriya, Belgiya Angliya, Vengriya, Germaniya, Gollandiya, Daniya , Italiya va AQSH kabi davlatlardan suzuvchilar ishtirok etishgan. Olimpiada 1904 yil 10-19 Sent Luis (AQSH) Olimpiada 1908 y, 15-26 iyul London (Angliya) Olimpiada 1912 y, 9-18 iyul Stokgolm (SHvetsiya) Olimpiada 1920 y, 19-26 august Antverpen (Belgiya) Olimpiada 1924 y, 10-19 iyul Parij (Fransiya) Olimpiada 1928 y, 5-11 avgust Amsterdom (Gollandiya). Olimpiada 1928 y, 5-11 avgust (Amterdam (Gollandiya) Olimpiada 1932 y, 5-13 avgust Los-Anjeles (AQSH) Olimpiada 1936 y, 3-12 avgust Bergen (Germaniya) Olimpiada 1948 y, 31 iyul 7 avgust London (Angliya). Olimpiada 1952 y,25 iyul 2 avgust Xelsinki (Finlandiya). Olimpiada 1956 y 29 noyabr 7 dekabr Melburt (Avstraliya). Olimpiada 1960 Y, 8 avgst 4 sentyabr Rim (Italiya). Olimpiada 1964 y, 10-19 oktyabr Tokio (YAponiya). Olimpiada 1968 y. 17-24 oktyabr Mexiko (Meksika). Olimpiada 1972 y 28 avgust 4 sentyabr Myunxen (GFR). Olimpiada 1976 y 18-25 iyul Monreal (Kanada). Olimpiada 1980 y 19-30 avgust Moskva . Olimpiada 1984 y 29 iyul 12 avgust Los-Anjelos (AQSH). Olimpiada 1988 y 17 sentyabr 2 oktyabr Seul (Janubiy Korea). FOYDALANGAN ADABIYOTLAR: Plavanie.V.N.. Nikitinskaya. “Prosvesenie”, 1981.
O’zbekistonda hudidida basketbol 1913 14 yillarda tarqala boshlaganligi haqida ma’lumot bor. Ammo o’lkamizda basketbol faqat 1917 yildan boshlab rivoajlana boshladi. O’zbek sportchilarining basketbol bilan tanishishi Osiyo bo’yicha vakili L. Barxashning nomi bilan bog’liq 1920 yilda Farg’ona basketbol jamoalarini tashkil qilib ularni qoidalari bilan tanishtirdi. Basketbol 29x16 m li maydonchada har jamoada 9 kishidan iborat bo’lib o’ynadilar. Maydoncha siziqlar bilan 3 qismga bo’linib, basketbolchilar 3 himoyachi, 3 yarim himoyachi va 3 hujumsiga ajratilar edi. Ular to’pni savatga ikki qo’llab pastdan otar edilar. Toshkentda basketbol jamoasini voleybol instruktori S.Stariy tashkil qildi. R.Taranov, A. Bagachenkov, YU. Beloserkovskiylar bu jamoaga a’zo edilar. Basketbol seksiyalari keyinchalik Namangan , Samarqand va O’rta Osiyodagi boshqa shaxslarning fabrika, zavod va boshqa tashkilotlarda tashkil qilina boshladi. SHuning uchun, basketbol Sirdaryo viloyatining 1924 yilda o’tgan olimpiadasi dasturiga kiritildi. Bu yillarda musobaqalar 1922 yildagi qoidalari asosida o’tkazildi. O’yin vaqti 40 m bo’lib har ikki jamoa 5 kishidan iborat edi. (2 ta himoyachi, markaziy o’yinchi va 2 ta hujumchi). Himoyadagi faqatgina markaziy humjumchi qaytib kelar o’yinda hech qanday kombinatsiya qo’llanmasdi. 1934 yilda basketbol bo’yicha o’tkazilgan birinchi O’rta Osiyo spartakiadasiga esa O’zbekiston erkaklari va ayollar terma jamoalari birinchi o’rinni egalladilar. Respublikamizning kuchli basketbolchilari to’pni ko’krakdan ikki qo’llab va yelkadan bir qo’llab o’tkazish kabi usullarni qo’llay bilishdi. Mahalliy millat vakilllarining jamoalari o’rtasida birinchi Respublika chempionati 1945 yilda Andijonda bo’lib o’tdi. Musobaqalarda 4 ta jamoalar qatnashib 1 inchi zrinni Samarqand, 2-inchi o’rinni Namangan, 3-inchi o’rinni Andijon, 4-inchi o’rin Toshkent shahrining jamaolari egalladilar. Hozirgi kunda Respublikamizda 309 ta sport zallari 104 ta talabga javob beradigan basketbol maydonchalari mavjud. Basketbol o’yinni 2 bo’limidan iborat bo’ldi. Bu hujum texnikasi va himoya texnikasi. Har bir bo’lim va himoyadan qo’llaniladigan texnik usullaridan tashkil topadi. Xamma usullarni bajarish eng kulay va mustaxkam dastlabki xolat g’ turish holatidan boshlanadi. Taktika basketbol nazariyotchi basketbol qonuniyatlarini, kurashning olib borilish vositalarini, usullarini va formalarini hamda ularni muayyan ravishda raqibga qarshi qo’llanishi o’rganadigan bo’lim. Hujum va himoyada zo’llaniladigan taktik harakat qarama qarshi harakatlarni yechish uchun qo’llaniladi. SHuning uchun, taktika ikki katta bo’limga hujum taktikasi va himoya taktikasiga ajratiladi. Hujumdagi eng katta vazifa – bu raqibning himyaodagi harakatlari tartibini buzish va savatga to’p otishga individual qarshilikni yengish hisoblanadi. Basketbol. 1996 yil 6 iyun kuni mamalakatimizning poytaxtida basketbol bo’yicha erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida bo’lib o’tgan O’zbekiston chempionatida kutulmagan natijalari qayd qilindi. Erkaklar jamoalari o’rtasida MXSK basketbolchilar chempionatlikni qo’lga kiritgan bo’lsa ayollar o’rtasida Samarqandning “Avtoyo’l” jamoasi holib bo’ldi. Darhaqiqat, jamoalarning imkoniyatlari hamda jamg’argan ochkolari inobatga olinadigan bo’lsa, chempionatni aniqlashda hech qanday ahamiyat kasb etmas edi. MXSK basetbolchilari hatto ikkinchi o’rinni o’qlga kiritgan Buxoro jamoasidan ham mahorat bobida ancha ustun hisobi buni yaqqol tasdiqlab turar edi. Samarqandlik basketbolchilar faxrli 2 inchi o’rin sohiblari bo’ldilar. Ayollar jamoalari zrtasidagi bellashuvlarda biroz boshqacha vaziyat vujudga keldi. Bu yerda asosiy bahs kuchlari qarayib teng bo’lgan Samarqandning SHKIF jamoalari o’rtasida bordi Samarqandlik dastlabki ikki turda raqiblari ustidan g’alaba qozonib chepionat g’olibligini naqd qo’ygan edilar. SHu bois poytaxt basketbolchilarning yakunlovchi turda 76:65 hisobida holib chiqishi ularning turnir jadvalidagi mavqeiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Navoiyning “stroitel” jamoasi basketbolchi qizlari 3 inchi o’rin sohibalarini bo’ldilar. CHempionat o’yinlari sovrindorlari jamoalarning boshqa jamoalarga nisbatan kuchli jamolarning uchrashuvlarga qiziqishi susaytirdi, sportning bu turi mamlakatimizning barcha mintaqalarida bir tekis rivojlanmayotganidan dalolat beradi. Bu haqida mutaxassislar basketbol rivojiga mas’ul bo’lgan kishilar jiddiy o’ylab ko’rishlari, tegishli chora tadbirlar belgilash va amaliy harakatlarning kuchaytirishlari lozim.Mustaqilligimizning 8 yilliida 1999 yil 16 iyun basketbol. 1999 yl 13 15 iyul kunlari mamlakakatimizning poytaxtida Osiyo chempionatining saralash uchrashuvlari o’tkazildi. O’z saralash guruhida yurtdoshlarimiz g’oliblikni qo’lga kiritdilar. O’yinlar natijalari qo’yidagicha: O’zbekiston Qozog’iston–83 74, O’zbekiston Qirg’iston –82 55, Qozog’is- ton Qirg’iziston –64:60. Ettita jamoa ishtirokidagi O’zbekistgn kubogi baxslari o’z nihoyasiga yetdi. Kutilmagandek bosh sovrin bu yili ham MHSK basketbolchilariga nasib yetdi. Xarbiylar doimiy shioriga sodiq qolishdi, “faqat g’alaba”. Ular “rekord” – “bareri”ni shunaqalar yuqoriga olib chiqib qo’yishdi, edi bu chaqqonidan o’zlaridan boshqa hech kim o’ta olmasalar kerak. Haqiqatdan MXSK mustaiql Respublikamiz doirasidagi musobaqalarda ham biron marta mag’lubiyatgsha uchramagan. Etti yildirki chempionlik unvoni ham “Bellur” sovrinini qolgan bermay kelayotgan MHSK kubogi o’rinlarniham ko’tarinki ruhda o’tkazdi. Jamoa 5 ta uchrashuvning barchasida ishonchli g’alabaga erishdi. Jamoalar dastlab ikki guruhda blingan holda musobaqalashishdi “A” guruhda MXSK ning ustunligi yaqqol sezilib, jamoa ztkazilgan uch uchrashuvda ochkolar nisbatida katta farq, CHiroqchining “Kimyogar” jamoasi ikki o’yinda halaba qozonib final bochqichida ikkinchi yo’llanmani qo’lga kiritdi. “B” guruhidan keyingi bosqichga chiqish osonroq bo’lab bu yerga, uch jamoa ikki yo’llanma uchun bahslashishdi. “SHaharsoz” loyihalash instituti toshDU va Telikom Namangan” ni yengan bo’lsa Tosh DU talabalari Namanganlik “Aloqachi”lardan ustun kelishdi. Sovrinli o’yinlar uchun 4 ta jamoa MSHK “Kimyogar”, “SHaharsoz” va ToshDU kurashadigan bo’ldi. Final bosqichining birinchi kuni MSHK Universitet jamoasiga qarshi maydonda tushib osongina zafar quchdi, 118:20. CHirchiq “Kimyogar” lari esa poytaxt “SHaharsoz” lari bilan uchrashuv 79:63 hisobiga g’olib chiqishdi. Oxirgi kuni “Kimyogar” Tosh DU uchrashuvi natijasi poytaxtlik talabalarni sovrindorlar qatoridan chiqarib qo’yishdi. O’yin 35 daqiqa teng kursha asosida kechdi. So’ngii daqiqalarda chirchiqlar o’yini yanada faollashib oxir oqibat bu uchrashuv natijasida o’z aksini topdi, 75:69, MXSK esa “SHaxarsoz”ni yirik hisobda mag’lubiyatiga uchratdi, -113:49. SHunday qilib turnirning kichik karvoni manzilga qo’yidagi tartibda yetib keldi. 1) MXSK –10 ochko, 2) “Kimyogar” – 9 ochko, 3) “SHaharsoz” –8, 4) ToshDU-7,5) Sirdaryo –6, 6) Temkom –5, 7) TSKXMI –4 ochkolarni qo’lga kiritdi. Basketbol 1999 yil 23 noyabr kuni katta “B” yana Toshkentda yakshanba kuni Respublika basketbol markaziy saroyida MXSK (SHzbekiston) – “Panjob” (Hindiston) jamoalari uchrashuvi bilan “nike open” xalqaro turniri boshlandi. Ma’ulumki, ikki yil avvad tashki qilingan ushbu musobaqalar shu paytgacha “Spraite challenge” deb nomlangan. Toshkentda dastlabki xindistonlik basketbolchilar yetib kelishdi. Juma kuni aeroportda “Panjob” jamoasi kutib olingandan sshng kuchqurun, shanba va yakshanbada poytaxtimiz mehmonlari – MXSK ning qolgan raqiblari – “Budivenik” – Kiyev, “Lokamativ” –Navoisibrsk, SSKA –Almatalar ham birin ketin turnir jadvalini to’ldirishdi. Respublika chempionati 1993-1999 O’zbekiston Kubogi sohibi. Xarbiy xizmatchilari o’rtasida jahon chempionati ishtirokchisi 1996 (AQSH) Markaziy Osiyo o’yinlari chempioni. Osiyo Kubogi qatnashishi “Sprite challenge” holib 1997-98 SSKA – Almata. Qozog’istonning ko’pgina chempioni va Kubogi sohibi Osiyo Kubogi ishtirokchisi – 1999 (AQSH). Panjob-Hindiston. “SPRITE CHALLENGE” qatnashchisi –1997-1998. Qator xalqaro turnirlar ishtirokchisi. “Lokomativ” Navoisibirsk Temur yo’lchilar o’rtasida jahon chempionati – 187. ko’plab xalqaro turnirlar ishtirokchisi. Rossiya chempionati –99, Super-liga (SHarq) 4-o’rin, yengilmaslar “SHerlarga qarshi 1999 yil 23 noyabr kuni MXSK “panjob” –75:57. MXSK bir hafta oldin yakunlangan O’zbekiton Kubogi bahslaridagi davomli g’alabalardan keyingi ko’tarinki ruhni saqlagan holda maydonda tushdi. Endi serunvon jamoamix hisoblangan ushbu klub Respublikamizda ztkazilgan musobaqalarda hali biron marta ham yengilmagan. yetti yilki chempionlik unvonni ham hech kimga kuchib mag’lubiyatsiz o’yinlar davomiyligiga ko’ra o’ziga xos rekord shrnatdi. G’olibona yurish yana davom yetdi va bu MXSK ning shashti baland ekanligini ko’rsatdi. O’yin boshidayoq basketbolchilarimiz hisobga olingan chiqishi. Oradagi farq shitob o’sib bordi va bo’lim o’rtalariga kelib hisob 31:21 ga yetdi. Raqiblar hujumchilari almashtirilgach, ularning o’yinida o’zgarish seziladi. Biroq birinchi bo’limda hindlar farqni biroz qisqartira olishdi xalos –39-30. “Singx” lar jamoasi MXSK ni quvib yetish vazifasini ikkinchi bo’limga qoldirishga majbur bo’ldi. “Panjob”ni bunday ataganimiz boisi bor. Jamoa tarkibidagi 11 ta o’yinchidan sakkiztasi familiyasi Singx ekan. Bu so’x hind tilida “sher” degan ma’noni bildiradi. Ko’p xollarda Hinar tomonidan maydonda faqat Singxlar harakatlar qilishdi. Garchi ular mahoratining ayrim qirralarida MXSK basketbolchilariga yutqazgan bo’lsa-da, jangovor o’yin namoyish etishdi. Ikkinchi bo’limda MXSK yigitlari o’z sardorlari Botir Mirdilov boshlatdi. Bunday muvaffaqiyatli o’tishlari o’z samarasini berdi. MXSK jarima maydoniga yorib kirish qiyinlashgan paytda “Panjob” basketbolchilari ko’prok to’pni uzoq masofadan tushirish yo’liga o’tib olindi. Ammo o’yin sur’atini taboro oshirib borayotgan yengilmas jamoani endi to’xtatib bermay qoldi. Anna shu vaziyat MXSK ning birinchi legioneri Amerikalik Natan Gregri maydolnga chiqdi va bu muxlislar olqish bilan kutib olindi. U baland bo’yli Tarminder Singxni qo’riqlash bilan birga jamoadoshlar to’pni qo’lga kiritgan zahoti raqiblar kutmagan joylarga paydo bo’lib, “sherlar” ni yaxshigina chalg’itdi. SHunday qilib, MXSK uchrashuvi o’z foydasiga hal qilib “Nekopen” ning bosh sovrin sari birinchi qadamini tashladi. 2000 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida uch bosqichli sport musobaqa tizimi joriy etildi. Unda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” dasturiga basketbol sport turi alohida o’rin tutadi. Demak, basketbol yanada ommaviylashib borishiga zamin yaratadi. Adabiyotlar 1. I.A.Karimov “Xalqimizning yo’li mustaqillik ozodlk va tup islohatlar yo’lidadir”. Toshkent O’zbekiston 1996 yil. 2. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” O’zbekiston milliy ensklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti.Toshkent 2000 yil. 3. Basketbol. Pod.redaksiya dotsenta N.V. Semashko, M:FIS 1976 yil. 4. Material sentalnogo gosudarstvennogo arixiva. Uz. 5. Basketbol. Tuzuvchilar dotsent A.SH. Kosimov, dotsent O.T. Rasulov , X.A. Ismatullayev, Toshkent – O’qituvchi 1986 yil Download 27.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling