O’zbekiston sug’urta kompaniyalarida sug’urta da’volarini ko’rib chiqish ishlari holati, muammolar va rivojlantirish yo’llari
Download 27 Kb.
|
REFERAT (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug’urta da’volarini ko’rib chiqish ishlarining holati va undagi muammolar
Sug’urta qoplamasi – bu sug’urtaga olingan obyekt, transport vositasi, uy-joy, boshqa turli mulklarga yetgan zara o’rnini qoplash uchun sug’urtalovchi tomonidan to’lab berilgan pul.
Sug’urta puli – sug’urtalangan shaxslar, fuqarolarning sog’lig’iga yetgan zarar yuzasidan to’lab beriladigan pul miqdori. Bunda tibbiy xizmatlar, sug’urtalanuvchining salomatligini tiklashi uchun qilinadigan xarajatlar qoplanadi. Sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar ikki guruhga bo’linadi: Umumiy qonunlar; Maxsus qonunlar. Umumiy qonunlar tarkibiga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Kodekslar va turli qonun osti hujjatlari kiradi. Maxsus qonunlarga esa, “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonun,”O;zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi ” PQ-4412, “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5265, Fuqarolik kodeksining 52- bobi, “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonun, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi Qonun va shu kabi bir qancha Sug’urta sohasiga bag’ishlangan Qonunlar va Qonunosti hujjatlari kiradi. Sug’urta da’volarini ko’rib chiqish ishlarining holati va undagi muammolar Ayni vaqtda mamlakatimiz sug’urta kompaniyalaridagi jarayonlar, asosan, daromad olishga qaratilib qolgan va bu holat bozorning eng katta muammolaridan biridir. Faqat daromad olishga e’tiborqaratish sug’urtalovchi uchun dastlabki bosqichda yaxshi samara berishi mumkin lekin, sug’urta to’lovini amalga oshirmaydigan bo’lsa, bozorda uning mavqeyi tushib ketadi. Bu misolni biz yaqin yillarda bir nechta sug’urta kompaniyasida ko’rdik. Kelib tushgan sug’urta da’volarini ko’rib chiqish holati mamlakatimizda Qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda va ortiqcha hujjatlarning talab qilinmayotgani, hujjatlar almashinuvi yaxshi yo’lga qo’yilgani, sug’urta kompaniyasi xodimlarining bevosita sug’urtalanuvchilar, naf oluvchilar yoki jabrlanuvchilar bilan muloqot qilishlari mijozlar uchun ancha qulayliklarni yaratyapti. Hozirgi kunda mamlakatimiz sug’urta bozoridagi sug’urta da’volarini ko’rib chiqishda bir qancha muammolar bor va bu muammolar sug’urta da’vosining ko’rib chiqilishi jarayoniga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Quyida ularning bir qanchasiga izoh beramiz: Fuqarolarning sug’urta turlari va shakllarini farqlay olmasliklari eng katta va jiddiy muammo sanaladi, ya’ni fuqarolar qaysi sug’urta turini qaysi holatlar uchun ishlashi, qaysi holatlarda esa ishlamasligi haqida ma’lumotga ega emaslar. Bu ularning loqaydligi, erinchoqliklari va ko’r-ko’rona shartnomani imzolashlari bilan bog’liq. Masalan, A ismli shaxs bankdan “Avtokredit” shartnomasiga asosan Transport vositasini oldi va ixtiyoriy “Avtokredit sug’urtasi”ni tuzdi, shartnoma ko’r-ko’rona rasmiylashtirildi, ya’ni hech qanday ortiqcha tushuntirishlar va savollarsiz. A ismli shaxs ana shu sug’urta polisini qo’liga oldi, lekin TVEFJMSQ bo’yicha hech qanday shartnomani rasmiylashtirmadi. Yo’l transport hodisasi yuz bersa va A ismli shaxsning fuqarolik javobgarligi yuzaga kelsa, sug’urta kompaniyasi bu holatni rad etishga haqli bo’ladi. Ana shunday oddiy hollar uchun ham fuaqolarning sug’urta savodxonligi bo’lishi kerak. Firibgarlik orqali sug’urta qoplamalarini aslidan ko’proq olish yoki olishga urinish holatlari avj olmoqda. Bu esa o’z-o’zidan fuqarolar va baholovchilarning kelishuvi yoki shaxsiy manfaatlari ketidan bo’layotgani achinarli holat. Baholovchi tashkilotlar mijozlariga ularning mulkiga yetgan zararlarning oshirib ko’rsatishlari evaziga ma’lum manfaat yoki qo’shimcha haq evaziga amalga oshirilishi ham mumkin. Zararning oshirib ko’rsatilishi holati sug’urta kompaniya tomonidan payqab qolingan taqdirda sug’urta kompaniyasi zararlangan obyektni ekspertizaga berish orqali haqiqiy zarar miqdorini aniqlashi mumkin, lekin bu jarayon ikki tomon uchun ham vaqtning ortiqcha yo’qotilishiga olib keladi; Mamlakat sug’urta kompaniyalari o’rtasida yagona axborot bazasining yo’qligi. Bunda bir fuqaro o’z mulkini X sug’urta kompaniyasida ixtiyoriy sug’urta qiladi va Z sug’urta kompaniyasiga ham xuddi shu tur bo’yicha murojaat qiladi, yagona axborot bazasining yo’qligi tufayli X va Z sug’urta kompaniyalari bitta mulkni o’zlari bilmagan holda sug’urta qilishadi. Sug’urta hodisasi yuz bersa, sug’urtalanuvchi zararni qoplash uchun sug’urta qoplamasini ikkala sug’urta kompaniyasidan ham olishi mumkin ya’ni zarar miqdorining 2 hissasini sug’urta kompaniyalardan undira oladi. Sug’urta kompaniyalari bu holda to’lovni rad eta olishmaydi, chunki ikkala sug’urta polisi ham o’z kuchiga ega bo’ladi; Sug’urta sohasida ishlayotganlarning ichida yetuk mutaxassislarning yetishmasligi yoki kamligi. Bu muammo sug’urta biznesini tashkil etishda va sug’urta da’volarini hal etishda salbiy ta’sir etadi. Bu kamchilik barcha sug’urta kompaniyalariga ham tegishli emas. Ba’zi sug’urta kompaniyalarida ayni shu kamchilikning ortidan turli firibgarliklar va faoliyatdagi uzilishlar yuzaga chiqmoqda. Bu esa sug’urtalovchilarning reytingi va bozordagi mavqeyiga salbiy ta’sir etadi. Yuqorida sanalgan muammolar Mamlakatimiz sug’urta bozorini orqaga tortayotgan rivojlanishga to’siq bo’layotgan eng katta va jiddiy muammolardir. Yevropa, Amerika va Osiyoning sug’urta kompaniyalari bu muammolarni mutaxassislarni mukammal tayyorlash, ularga ish faoliyatlarini erkin va samarali tashkil etishlariga imkoniyat yaratib berishlari, barcha axborot manbalari va ish jarayonini raqamlashtirish orqali hal etishgan. Hozirgi kunda Yevropa sug’urta bozorida nafaqat Sug’urta sohasining o’zi, shu bilan birga Asistans, Aktuar hisob-kitoblar va Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari bozorlari ham juda yaxshi rivojlangan. Ularning faoliyati bir-biriga bevosita ko’rinmas zanjir orqali bog’lab qo’yilgandek. Sug’urta tashkilotlari mijozlar bilan faqat shartnoma tuzishadi va sug’urta hodisasi ro’y bersa, Asistanslar xizmatidan foydalanib sug’urta qoplamasini to’lab berishadi. Ular daromadlarining 20-30 % ini sug’urta mukofotlari tashkil etsa, qolgan qismini fond birjalari, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bilan bog’liq daromadlar tashkil qiladi. Bizning mamlakatimizda esa 50-60% daromad sug’urta mukofotlaridan olinadi va qolgan qism ijaraga berilgan mulklar yoki qayta sug’urtadan olingan daromadlardan iborat. Fond-birja, qimmatli qog’ozlar bozorida sug’urta kompaniyalarining ishtiroki ancha kam. Bu hozirgi sug’urta bozorining professional ishtirokchilari o’z bizneslarini tashkil etishlari uchun muammodir. Daromadning kamligi sug’urtalovchining to’lov qobiliyatining pasayishi yoki umuman yo’qolishiga olib keladi va bevosita da’volarni ko’rib chiqish jarayoniga ham ta’sir o’tkazmay qolmaydi. Download 27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling