O’zbekiston sug’urta kompaniyalarida sug’urta da’volarini ko’rib chiqish ishlari holati, muammolar va rivojlantirish yo’llari


Sug’urta bozorini, da’volarni ko’rib chiqish va bozordagi holatni yaxshilash uchun ko’rilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar


Download 27 Kb.
bet3/3
Sana28.02.2023
Hajmi27 Kb.
#1237000
1   2   3
Bog'liq
REFERAT (3)

Sug’urta bozorini, da’volarni ko’rib chiqish va bozordagi holatni yaxshilash uchun ko’rilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlar.
Sug’urta biznesini to’g’ri tashkil etish va sug’urta da’volarini ko’rib chiqish holatlarini yaxshilash uchun bir qancha yechimlarni ko’rib chiqamiz:

  • Xalq orasida sug’urta savodxonligini oshirish uchun ommaviy targ’ibot ishlarini olib borish;

  • Televediniye, radio, aholi gavjum to’planadigan savdo markazlari, xiyobonlarda sug’urta savodxonligi bo’yicha ko’rsatuvlar, dasturlar tashkil etish. Ko’rsatuv yoki katta tadbirlarga homiylik qilish;

  • Ijtimoiy tarmoqlarda sug’urta kompaniyalarining profillarini yuritishni samarali yo’lga qo’yish, kompaniya rahbarlari va rahbariyat xodimlarining shaxsiy brendlarini rivojlantirish, auditoriyani yaxshi tashkil etish, ularga sug’urta sohasida axborotlar berib borish;

  • Sug’urta savodxonligini oshirish uchun maxsus kurslar tashkil etish;

  • Maktab, o’rta va oliy ta’lim dasturlariga yangi darsliklar yoki ixtiyoriy o’quv sinflarini tashkil etish;

  • Viloyat markazlari va chekka hududlarda sug’urta kompaniyasi xodimlari tomonidan sug’urta qoplamalarining qaysi holatlarda to’lab berilishi yoki to’lab berishni rad etishlari to’g’risida ma’lumotlar berish, tushuntirish ishlarini olib borish;

  • Xorijiy mamlakatlar milliy sug’urta kompaniyalari bilan malaka almashinuvi dasturlarini tashkil etish va rivojlantirish, kadrlar almashinuvini yo’lga qo’yish, xorij tajribasini mamlakatimizdagi holatga moslashtirib olib kirish va ichki bozorga taqdim etish;

  • Baholovchilarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi qonunlar yoki qonunosti hujjatlarini joriy etish, ular ustidan nazoratni yo’lga qo’yish;

  • Asistanslar, adjasterlar faoliyatini kuchaytirish, ularning sug’urta kompaniyalari faoliyatiga izchil bog’lanishini ta’minlash;

  • Sug’urta kompaniyalari to’lov qobiliyatini yaxshilash uchun ularda fond-birjasi, qimmatli qo’gozlar(aksiya, obligatsiyalar, fyuchers va forvard) savdosi va investitsiya faoliyatini rivojlantirish;

  • Sug’urta kompaniyalari o’rtasida yagona axborot bazasini yaratish. Yagona axborot bazasini yaratish sug’urta kompaniyalariga yuqorida ta’kidlangan hollarni oldini olishga, ya’ni sug’urta qoplamasining ikki marta to’lanishining oldi olinadi;

  • Xizmatlarning raqamlashtirilishi. Raqamli texnologiyalarning amaliyotga kirib kelishi iqtisodiy jarayonlarning integratsiyasini jadallashtiradi va sug’urtalovchilar uchun ham, sug’urtalanuvchilar uchun ham qulayliklarni yaratadi.

Xulosa o’rnida, sug’urta kompaniyalarida sug’urta biznesini tashkil etish masalasi sug’urtalovchilar uchun muhim ahamiyatga ega. Sug’urta biznesini tashkil etish uchun marketing tadqiqotlarii o’tkazish kerak va birlamchi va ikkilamchi axborotlarni olish va ularni solishtirib analiz qilish yaxshi natija beradi.
Sug’urta kompaniyalarida kelib tushgan sug’urta da’volarini ko’rib chiqish va hal etish masalalarini to’g’ri yo’lga qo’yish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish, baholovchilar faoliyatini muvofiqlashtirish, sug’urta savodxonligini aholi o’rtasida oshirish uchun turli o’yinlar, ko’rsatuvlar tashkil qilish, xorij tajribasi asosida sug’urta da’volarini ko’rib chiqishni Asistanslar yordamida amalga oshirish orqali faoliyatlar izchilligini ta’minlash juda yaxshi samara beradi va malakatimiz sug’urta bozori ham yaqin yillarda Osiyo va dunyo sug’urta bozorlarida o’z o’rinlariga erishadi.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling