1.O‘zbekiston yer fondi to’g‘risida ma’lumot
O‘zbekiston yer fondi to’g‘risida ma’lumot O‘zbekiston Respublikasida 2004-yil 1-yanvaxga bo'lgan hisobotga ko‘ra, 44896,9 m ing gek tar yer maydoni bo'lib , unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 viloyat hududida 154 ta tuman, 125 shahar, shahar tipidagi 104 qishloq va 83 qishloq joylashgan. Respublika bo'yicha mavjud bo'lgan 3280,3 ming oilaga 607,5 ming gektar yoki oila boshiga o'rta hisobda 0,19 gektardan tomorqa yeri va 84,0 ming fermer xo‘jaligiga 2354 ming gektar yoki o'rta hisobda har bir fermerga 28 gektardan yer egalik qilish va ijara uchun o'natilgan tartibda ajratib berilgan.
O'zbekiston Respublikasi yer fondining foydalanish turlari bo'yicha taqsimlanishi (2004-yil 1-yanvar holatiga)
1-jadval
O'zbekiston Respublikasi yer fondining foydalanish
1-rasm
O'zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ning 16-moddasiga binoan, «yer davlat mulki-umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi», deyilgan. O'zbekiston yer fondi undan foydalanishiga ko'ra 7 turga bo'linadi. O'rta Osiyo respublikalari yer resurslaridan unumli foydalanish maqsadida respublikalararo kelishuv natijasida qabul qilingan hujjatlarga binoan, O'zbekiston qo'shni davlatlar hududida 18,9 ming gektar yerdan uzoq muddat foydalanadi, shundan 1,0 ming gektari Tojikistonda, 17,9 ming gektari Turkmanistonda. Shuningdek, qo'shni davlatlar O'zbekiston hududida 505,5 ming gektar yerdan, xususan, Tojikiston 1,8 ming gektar, Turkmaniston 500,0 ming gektar va Qozog'iston 2,9 ming gektar yerdan uzoq muddat foydalanadi.
Respublika yer fondi foydalanilishi va turlari bo'yicha doim o'zgarib turadi. Yerlami o'zlashtirish natijasida lalmi, yaroqsiz yerlar sug'orilib, ekiladigan yer hisobiga o'tishi yoki qishloq xo'jaligidan boshqa maqsadlar uchun turli qurilishlarga ajratib berilishi, eroziya ta’sirida va boshqa sabablar ko'ra ekin ekiladigan yerlar hisobidan chiqishi kabi hollar sodir bo'ladi. Bunday o'zgarishlami aniq hisobga olib borish ishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan ko'rsatma asosida yuritiladi. Yer hisobi (balansi) har yili 1-yanvargacha yerga egalik qiluvchi va yerdan foydalanuvchi xo'jaliklar, tashkilotlar, tumanlar va viloyatlar bo'yicha olib boriladi. Bu hujjatlardan qishloq xo'jalik ekinlari turlarini joylashtirishda, olinadigan hosil taqsimotida va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Olib borilayotgan yer hisoboti shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonda 2004-yil 1-yanvarga sug'oriladigan yer maydoni 4275,3 ming gektar bo'lib, umumiy maydonning 9,5 foizini tashkil qiladi. Respublikamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |