O’zbekiston tabiiy geografiya bo’yicha kurs ishi mavzu: “Yer suv resurslaridan foydalanish“ Talaba


O’zbekiston hududida suv havzalari


Download 1.29 Mb.
bet6/10
Sana15.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1483550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Odilov Azizbek

3.O’zbekiston hududida suv havzalari
Oʼzbekistonning iqlimi gʼoyat quruq boʼlishiga qaramasdan uning hududida daryo va koʼllar ancha koʼp. Lekin ular respublikamizda notekis joylashgan. Tekislik qismida oqar suvlar juda kam. Togʼlarida esa serirmoq daryolar, katta-kichik soy va jilgʼalar juda ham koʼp. Togʼlardan oqib tushgan daryolar tekislikka
kelishi bilan asosan ekin dalalarini sugʼorishga sarf boʼladi, qisman bugʼlanadi, yer ostiga sizib ketadi va shunday qilib, suvi asta-sekin kamayib qoladi. Shuning uchun ham Oʼzbekiston daryolarining koʼpchiligi maʼlum bir suv havzasiga quyilmasdan
tugab qoladi.
Oʼzbekistonning togʼlarini oʼrab turgan togʼ oldi tekisliklarida ham gidrografik tarmoqlar koʼp, lekin ularning koʼpchiligi bosh daryolar va ularning irmoqlaridan suv olib tevarak- atrofdagi yerlarni sugʼorish uchun tarqatib beruvchi kanallar va ariqlardan iborat. Binobarin, Oʼzbekiston togʼlari yogʼin suvi yigʼiladigan asosiy joy boʼlsa, tekisliklar suv sarf boʼladigan va bugʼlanadigan hududlardir. Oqim doimiy oqar suvlardan, vaqtincha oqar suvlar va qorasuvlardan tashkil topgan.
Oʼzbekistonda koʼllar ham notekis taqsimlangan. Koʼllarning koʼpchiligi tekisliklarda, asosan Аmudaryo, Sirdaryo, Zarafshon vodiylarida va delьtalarida, vohalarning chekkalarida joylashgan.
Katta maydonni egallagan choʼllarda esa tabiiy koʼllar juda kam. Ular daryolarning qayirlarida saqlanib qolgan. Togʼlik qismida koʼllar 2000-3000 m balandlikda, ayniqsa 3000 m dan yuqorida eng koʼp uchraydi.
Oʼzbekiston togʼlaridagi muzliklar ham hududda notekis taqsimlangan. Muzliklar Piskom, Hisor togʼ tizmalarining gʼarbiy, janubi-gʼarbiy yonbagʼirlarining 3500 metrdan baland qismlarida koʼproq uchraydi.
Respublikamizda daryo va koʼllarning notekis taqsimlanganligiga asosiy sabab Oʼzbekiston hududining iqlimiy, gidrologik va orografik xususiyatlaridir. Respublika maydonining 20 % ga yaqiniga yil davomida 80-200 mm, qolgan 80 % iga esa 200-300 mm va undan koʼp yogʼin tushadi. Yogʼinning asosiy qismi qish va bahor oylariga toʼgʼri keladi. Yozda yogʼingarchilik juda kam boʼladi.
Oʼzbekistonning tekislik qismida Quyosh radiatsiyasining katta boʼlishi, havoning quruq va issiq kelishi, yogʼinning oz yogʼishi, qorning kamligi va uzoq turmasligi, yer yuzasi nishobliining kamligi hamda qumoq, qum jisnlarining keng tarqalgani oqimlar, ayniqsa oqar suvlar hosil boʼlishiga imkon yaratmaydi. Shuning uchun Oʼzbekistonning tekislik qismida doimiy oqar suvlar hosil boʼlmaydi. Faqatgina gil keng tarqalgan va taqirli yerlarda qattiq jala yogʼganda, qor birdan eriganda vaqtincha oqar suvlar vujudga keladi.
Vaqtincha oqar suvlar va qurib qoladigan soylar Oʼzbekistonning togʼ oldi mintaqasida va togʼ etaklarida ham koʼp. Oʼzbekistonning janubi-sharqida joylashgan togʼlik qismi iqlimiga relьef, birinchi navbatda mutlaq balandlik juda katta taʼsir koʼrsatadi. Yuqoriga koʼtarilgan sari yogʼin miqdori ham ortadi, havo sovuqroq keladi, qalinroq qor qoplami hosil boʼlib, uzoqroq turadi, namning bugʼlanishi va yerga shimilishi kam boʼladi.
Shunga koʼra togʼlar muhim iqlimiy-gidrologik omil boʼlib, ular namlikni toʼplab beradi. Bu bilan togʼlar oqar suvlar hamda yer osti suvlarining hosil boʼlishiga qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun Oʼzbekiston togʼlarida daryolar koʼp.
Oʼzbekiston togʼlari Oʼrta Osiyodagi oqim vujudga keladigan togʼli hududning bir qismi hisoblanadi. Аmmo respublika hududidagi togʼlarda Oʼzbekiston yer usti suvlarining faqat oz qismi vujudga keladi. Respublikamizdagi koʼp daryolarning bosh qismi
Tojikiston va Qirgʼizistondagi doimiy qor hamda muzliklar koʼp boʼlgan baland togʼlarda joylashgan. Oʼzbekistonda foydalaniladigan daryo suvlarining faqat 10 %i (10 km3 atrofida) respublika hududida vujudga keladi, qolgan 90 %i, yaʼni 89 km3 suv manbai mamlakatdan tashqarida joylashgan. Bevosita Oʼzbekiston hududida vujudga keladigan daryo oqimi Аmudaryo havzasi umumiy oqimining 6 % ini, Sirdaryo havzasi oqimining 15 % ini tashkil qiladi.
Oʼzbekiston hududi gidrografik jihatidan ochiq dengiz va okeanlar bilan bevosita bogʼlanmagan berk havzadan iborat. Oʼzbekiston daryolari dunyo okeaniga tabiiy bogʼlanmagan Orol havzasiga kiradi.
V.L.Shults Oʼzbekiston hududidagi daryolarni toʼyinish manbaiga qarab 4 ta turga ajratadi.
I. Muzlik va qor suvlaridan toʼyinadigan daryolar.
II. Qor va muzlik suvlaridan toʼyinadigan daryolar.
III. Qor suvlaridan toʼyinadigan daryolar.
IV. Qor va yomgʼir suvlaridan toʼyinadigan daryolar.
Biroq bu toʼyinish turlari shartlidir. Maʼlumki, togʼ daryolarining toʼyinishi jihatidan qaysi turga kirishi shu daryolarning maʼlum bir kuzatish punktiga nisbatan aniqlanadi va daryoning hamma qismi xususiyatini aks etdirmaydi. Bundan tashqari
daryolarning toʼyinish sharoitlari yildan yilga ham oʼzgarishi mumkin.
I. Respublikamizdagi Аmudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Oqsuv, Xoʼjabaqirgan, Sox, Isfara kabi daryolarning bosh qismlari togʼlarda 4500 m. dan balandda joylashgan muzliklar va doimiy qorlar suvidan toʼyinadi. Bu xil daryolarda oqim yillar davomida eng kam oʼzgaradi, yillik oqimda toʼlin suv davri eng kech boʼlib,
asosan iyulь-avgust oylariga toʼgʼri keladi. Bu oylarda oqib oʼtgan suv yillik oqim miqdorining 30-38 % i ni tashkil etadi. Chunki bu oylarda havo xaroratining koʼtarilishi tufayli togʼlarning baland qismidagi muz va qorlar eriydi. Daryo suvining eng kamaygan davri, aksincha qish oylariga toʼgʼri keladi.
II. Oʼzbekistonning Sirdaryo, Norin, Qurshob, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan toʼyinadi. Bu turdagi daryolarning oqimi koʼproq mavsumiy qor va kamroq miqdorda koʼp yillik qorlarning erishi hisobiga hosil boʼladi, muzlik suvlarining hissasi ancha kam-yillik oqimning 15% i gacha
boradi. Bu daryolarda toʼlin suv davri may-iyun oylariga toʼgʼri . kelib, bu oylarda yillik oqimning 30-40 % i oʼtadi. Kamsuvlik davri esa dekabr-fevral oylariga toʼgʼri keladi.
III. Qashqadaryo, Gʼuzordaryo, Sangzor, Ohangaron, Gʼovasoy kabi suv yigʼish maydonlari 3400 metrdan pastda joylashgan daryolar asosan mavsumiy qorlar suvi hisobiga toʼyinadi. Bu daryolar toʼyinishida koʼp yillik qor va muzliklarning hissasi juda kam, toʼlin suv davri esa ertaroq, yaʼni aprelь-may oylarida qorlarning
erishi natijasida kuzatiladi va yillik oqimning 60 % gacha qismini tashkil etadi. Yozda esa bu tipdagi daryolar suvi kamayib qoladi.
IV. Kalas, Zominsuv, Sheroboddaryo kabi suv yigʼish maydonlari 2000 metrdan pastda joylashgan daryolar qor-yomgʼir va yer osti suvlaridan toʼyinadi. Bu turdagi daryolarda toʼlin suv davri juda erta, bahor boshida (mart-aprel oylarida) boʼlib oʼtadi va bu davrda yillik oqimning 80 % i oqib oʼtadi. Chunki bu davrda tez-tez yomgʼir yogʼadi, qorlarning erishi tezlashadi. Аksincha yozning ikkinchi yarmida daryolar suvi juda kamayib, baʼzi soylarning suvi esa qurib qoladi.
Oʼzbekistonda doimiy oqimga ega yoki qurib qoluvchi mayda soylar asosan chekkadagi togʼ tizmalarida, togʼ oldilarida, past togʼlarda koʼp uchraydi. Ularning soni Fargʼona vodiysining oʼzida 6500 ta, Zarafshonning oʼrta oqimida 120 tadan koʼproq, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq daryosi havzalarida ham ancha koʼp. Soylar havzasining oʼrtacha balandligi 1000-2000 m. oraligʼida, toʼyinish manbalari qor-yomgʼir va buloq suvlaridan iborat, toʼlin suv davri fevral-iyun oylariga toʼgʼri keladi va bu davrda yillik oqimning 50-100 % oqib oʼtadi.Oʼrtacha yillik oqim miqdori koʼpchilik soylarda 0,02-0,1 m3 Gʼsekundga toʼgʼri keladi. Lekin sel kelganda soylarda katta miqdorda suv oʼtadi. Sel suvlari miqdori soylarning bir yillik oqimidan ham koʼp boʼlishi mumkin.
Sel respublikamizning togʼ oldi hududlarida kuzatilib, ancha tashvishlar keltiradi. Dahshatli sel hodisalari asosan, oʼrmonsiz togʼlardan oqib tushadigan soylarda jala tarzida yoqqan yomgʼirdan sodir boʼladi. Bahordagi iliq yomgʼirlar togʼdagi qorlarni eritgach soylarda suv miqdori bir necha barobar ortib ketadi. Sel asosan aprel (22 %), may (30 %), iyunь (18 %) oylarida roʼy beradi. Sel tez nuraydigan togʼ jinslari tarqalgan hamda eroziya mahsulotlari yigʼilib qolgan soylarda koʼproq yuz beradi. 1977-1990 yillarda Fargʼona vodiysida 1000 dan marta ortiq, Qashqadaryo togʼli hududida 180 dan ortiq sel hodisasi qayd qilingan. Bu hududlarda hozir ham sel kelish xavfi mavjud, chunki bitta Fargʼona vodiysining oʼzida sel oʼtadigan 270 dan ortiq soy bor. Respublikada sel oʼtadigan havzalarning maydoni 93,5 ming km2 dan ortiqroq.
Koʼp yillik oʼrtacha oqim miqdori Oʼzbekistonda ham asosan iqlimiy omillarga, eng avvalo, yogʼin miqdori bilan bugʼlanish miqdoriga bogʼliq. Qolgan hamma tabiiy-geografik omillar-daryo havzasining relyefi, tuprogʼi, oʼsimliklar qoplami va geologik tuzilishi koʼp yillik oʼrtacha oqim miqdoriga taʼsir koʼrsatsa ham, ularning taʼsiri asosan yogʼin va bugʼlanish miqdoriga taʼsir etish orqali boʼladi. Oʼzbekiston togʼlarida koʼp yillik oʼrtacha oqimning miqdori bir xil emas. Nam havo oqimiga ochiq va ular yoʼnalishiga roʼpara boʼlgan chetki togʼ tizmalarining gʼarbiy, janubi-gʼarbiy va janubiy yonbagʼirilaridagi daryolar (Chirchiq, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim irmoqlari) suv yigʼilish maydonlari sersuvligi bilan ajralib turadi. Bu joylarda oʼrtacha balandligi 3000 m boʼlgan suv yigʼilish maydonlarida oʼrtacha oqim moduli 40 l Gʼsek Gʼ km2 dan ortiq, oʼrtacha balandligi 3500 m boʼlgan suv yigʼilishi maydonlarida esa 50 lGʼsekGʼkm2 gacha yetadi. Аksincha togʼlarning nam havo oqimiga teskari yonbagʼirlarida va past togʼlarda (mutlaq balandligi 1000 m atrofida) oʼrtacha oqim moduli kamayib, 7-12 l GʼsekGʼkm2 ga, ayrim joylarda hatto 1-2 lGʼ sek Gʼ km2 ga tushib qoladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling