O’zbekiston tabiiy geografiya bo’yicha kurs ishi mavzu: “Yer suv resurslaridan foydalanish“ Talaba


Download 1.29 Mb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1483550
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Odilov Azizbek


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI


Geografiya kafedrasi


O’zbekiston tabiiy geografiya bo’yicha


KURS ISHI
Mavzu: “Yer suv resurslaridan foydalanish“


Talaba: 60530400-Geografiya yo’nalishi II bosqich
GEO-BU-21 talabasi Odilov Azizbek
Ilmiy rahbar: Geografiya kafedrasi o’qituvchisi: I.Z Akaboyev


Namangan 2023
YER SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH
I.Kirish.
Yer resurslari haqida tushuncha
II.Asosiy qism:

  1. O‘zbekiston yer fondi to’g‘risida ma’lumot

  2. Qishloq xo’jaligida yerlardan foydalanish

  3. O’zbekiston hududida suv havzalari.

  4. Suv resurslaridan foydalanish asoslari

III. Xulosa.
Yer-suv resurslaridan unumli foydalanish
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Yer masalasi qadim-qadimdan eng dolzarb masala hisoblanadi. Chunki yer insoniyatning boshpanasi, yashashi uchun iqtisodiy bazis va vosita hamda ekologik tizimlarda turuvchi tabiatning ajralmas bo‘lagidir. Respublikamizda yer munosabatlarini tartibga solishning bosh yo‘nalish va tomoyillarini belgilovchi eng muhim qonuniy hujjat O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»dir. Uning boshidan oxirigacha yerga nisbatan nihoyatda tejamkorlik bilan xo'jalik munosabatida bo‘lish, iqtisodiyotning barcha sohalarida yerni imkon qadar muhofazalash va undan oqilona foydalanish ruhi singdirilgan. Ushbu kodeksning birinchi moddasida qayd etilganidek, «Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekistan Respublikasi xalq hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi».
Yerdan foydalanish - yerdan foydalanish tartibi, shartlari va shakllari. Turli mamlakatlarda turlicha boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan xalqlarning yerga mulkchilik huquqi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Yer qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun shirkat (jamoa) xoʻjaliklariga, davlat, kooperativ, jamoat korxonalariga, muassasalar va tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalar va b.ga doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Yerdan foydalanish tartib va shartlari Yer kodeksi bilan belgilanadi. Yerni foydalanishga berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi, viloyat va tuman (shahar) hokimliklari qarorlari asosida amalga oshiriladi. Odatda, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar yerdan doimiy foydalanuvchilar deb hisoblanadi.
Yerdan vaqtincha foydalanish qisqa (3 y.gacha) va uzoq (3 y.dan 10 y.gacha) boʻlishi mumkin. Fermer xoʻjaliklari uchun 50 yilgachagacha, yaylov chorvachiligi uchun yer maydonlari 25 yilgagacha muddatga berilishi mumkin. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi korxona, tashkilot va muassasalariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga yerdan doimiy foydalanish huquqi davlat dalolatnomasi bilan guvohlanadi hamda yerga egalik qilish huquqining himoya qilinishi davlat tomonidan taʼminlanadi. Yer egaliklariga qarashli yerlarni vaqtincha foydalanishga berilganda belgilangan muddatdan soʻng tuproqning unumdorligini dastlabki holatiga keltirib qoʻyilishi shart.
Qishloq xo’jaligida yerdan oqilona foydalanish maqsadida boshqa yordamchi tarmoqlarni ham mutanosib rivojlantirish uchun ekinzor yerlar ajratiladi. Bunda almashlab ekishni joriy etish chorvachilik, sabzavotchilik, pillachilik, bogʻdorchilik kabi qoʻshimcha tarmoqlar talabi ham hisobga olinadi.



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling