O’zbekiston tabiiy geografiya bo’yicha kurs ishi mavzu: “Yer suv resurslaridan foydalanish“ Talaba
Huquqiy asoslar va maxsus dasturlar
Download 1.29 Mb.
|
Odilov Azizbek
Huquqiy asoslar va maxsus dasturlar. 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining majburiyatlarini yanada oshirish, ularning huquqiy maqomlari, vazifalarini aniq belgilashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda Suv Kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Suv xo‘jaligi inshootlarini zamonaviylashtirishga davlat byudjetidan juda katta mablag‘ ajratilayotgani hech kimga sir emas. Respublika bo‘yicha har yili o‘n minglab kilometr magistral kanallar, sug‘orish va nov tarmoqlari, qanchalab gidrotexnik inshootlar va gidropostlar tozalanadi va ta’mirlanadi, texnik holati yaxshilanadi. Natijada, suvni tezkor boshqarish va iste’molchilarga o‘z vaqtida kafolatli yetkazib berish imkoniyati yaratilib, sug‘orish tarmoqlaridagi texnik va filtratsiyaga yo‘qolishlar sezilarli darajada kamayadi. 2007 yilda birinchi Prezidentimizning Farmoniga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Jamg‘armasi tashkil etilishi, 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan Davlat Dasturining qabul qilinishi, bu boradagi ishlar sifatini yangi bosqichga ko‘tardi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Jamg‘arma tomonidan 2008-2012 yillarda birgina kollektordrenaj tarmoqlarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlariga jami 750 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Bu mablag‘ 3,56 ming km kol lektor-drenaj tarmoqlari, 143 dona meliorativ nasos stansiyalari, 797 dona vertikal drenaj quduqlarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga, shuningdek, minglab kilometr zovur-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash ishlariga, 1500 ga yaqin zamonaviy, yuqori unumli meliorativ texnika va mexanizmlarni olib kelishga sarflangan. Eng asosiysi, mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi natijasida, 20-30 yildan buyon rejalashtirilayotgan bir qator yirik meliorativ ob’ektlar qurilishi tugallanib, ishga tushirildi. Sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar hajmi kamaydi, yer osti sizot suvlari maqbul sathga tushirildi, o‘rtacha hosildorlik paxtada 3-4, g‘allada 4-5 sentnergacha ko‘ paydi. Suvni tejaydigan texnolo giya larning joriy qilinishi natijasida so‘nggi yillarda 6,0 ming gektar maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi qurilib muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. Egatga plyonka to‘shab va ko‘chma egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish texnologiyasi 3,0 ming gektarga yaqin maydonda qo‘llanilmoqda. Uning asosiy qismi paxta maydonlaridir. Hukumatimiz tomonidan 2013-2017 yillarda qo‘shimcha 25 ming gektarda, shu jumladan yangidan barpo etiladigan bog‘-tokzorlar, sabzavot-poliz ekinlari yetishtiriladigan yerlarda to‘liq tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, bu borada amalga oshirilgan yangilanishlar mohiyati suv resurs lari bilan bog‘liq butun jab hani modernizatsiya qilish or qali dunyo taraqqiyotiga uyg‘unlashuvi bilan izohlanadi. Bunda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chet el investitsiyalarini jalb etish Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sug‘orish va zax qochirish tizimlarini ta’mirlash-tiklash, suv xo‘jaligi inshootlari hamda nasos stansiyalarni modernizatsiya qilishda sohaga Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya rivojlanish fondi, OPEK fondi, Quvayt fondi, Xitoy Xalq Respublikasi Eksimbanki, Yaponiya, Shveytsariya, Germaniya kabi davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar va agentliklarning investitsiyalari keng jalb etilmoqda. Oxirgi 10 yilda soha tizimini texnik va texnologik qayta qurish, yangilash uchun umumiy qiymati 1,2 mlrd. dollardan ortiq bo‘lgan 20 dan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Irrigatsiya va Drenaj bo‘yicha Xalqaro Qo‘mita, Butunjahon Suv Kengashi, Suv Resurslarini Rivojlantirish va Boshqarish bo‘yicha Islom Davlatlar aro Tarmog‘i, Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha Xalqaro Komissiya kabi xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. Bugun ushbu uzviy va izchil xalq aro hamkorligimiz tufayli suv resurslaridan samarali foydalanishdek o‘ziga xos tajribamiz jahon hamjamiyati tomonidan global suv xo‘jaligi siyosatining shakllanishida qo‘llanilmoqda. 2011 yilning may oyida Toshkent shahrida Butunjahon Suv Kengashi bilan hamkorlikda «6-chi Umumjahon Suv Forumi sari – suv xavfsizligi yo‘nalishidagi hamkorlik harakatlari» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan 32 mamlakat va 20 dan ortiq xalqaro nufuzli tashkilotlardan 400ga yaqin ekspertlar, olimlar va suv xo‘jaligi sohasidagi yetakchi mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonning transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish borasida tutgan pozi tsiya si juda to‘g‘ri ekanligi yana bir bor e’tirof etildi. Transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish holati Afsuski, asosiy suv resurslarimiz transchegaraviy bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo daryolarining zimmasiga to‘g‘ri kelishi va ularning yuqori oqimida joylashgan qo‘shni davlatlarning suvni boshqarishdagi bir tomonlama xatti-harakatlari respublikamiz suv ta’minotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Tojikistonda va Qirg‘izistonda qurilgan To‘xtagul, Nurek va Qayroqum yirik suv omborlarining irrigatsiya rejimidan energetik rejimga o‘tkazilishi daryolar suv oqimining o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling