Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha:
|
1.
|
Tumanda 2023 yil ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining joylarda bajarilishi bo‘yicha tanlov asosida yangi ish o‘rinlarining haqqoniyligini o‘rganish bo‘yicha monitoringini tashkil etish.
|
har chorak yakunida
|
|
2.
|
2022 yilda tuzilgan jamoa shartnomalarning yillik bajarilishi hamda 2023 yil uchun yangi tuzilayotgan jamoa shartnomalarining qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilish va (konferensiya)larga vakillar biriktirish to‘g‘risida tuman bo‘linmasi kengashi Ijroiya Qo‘mitasining qarori loyihasini tayyorlash va bajarilishini monitoringini olib borish.
|
I - chorak
|
|
3.
|
Jamoa shartnomalarining bajarilishi to‘g‘risidagi 1-JSH shakldagi idoraviy statistik hisobotlarni boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlaridan qabul qilish va ularni tuman bo‘yicha umumlashtirib, 2-JSH shakldagi hisobotni Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisiga taqdim etish.
|
I - chorak
|
|
4.
|
O‘zKUF va Respublika kengashlari tomonidan ishlab chiqilgan jamoa shartnomasi maketlarini boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga yetkazilishini ta’minlash hamda tuman bo‘linmasi kengashi veb saytiga joylashtirish.
|
I - chorak
|
|
5.
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4939-son qaroriga binoan kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan xodimlarning mehnat malaka darajasini hisobga olgan holda ish haqi to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazorati monitoringini olib borish.
|
I - chorak
|
|
6.
|
Kasaba uyushmasiga yangidan jalb etilgan korxonalarda jamoa shartnomalarini tuzish, ularni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish va bu borada boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
7.
|
Tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 sentabrdagi “Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 775-sonli qarori bilan tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi asosida korxonalarda mehnatga haq to‘lanishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini olib borish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
8.
|
Jamoa shartnomalariga ayollar va yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ularning bandlik sohasidagi mehnat huquqlarini ta’minlash va mehnat muhofazasini tashkil etishga oid kiritilgan imtiyoz va kafolatlar bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
9.
|
Xodimlarga mehnat haqi o‘z vaqtida to‘lanishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini olib borish, mehnat haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan muddati o‘tgan qarzdorlikni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
10.
|
Jamoa shartnomalariga mehnat haqi fondining tarif va tarifga qo‘shimcha qismlari o‘rtasidagi maqbul nisbat hamda iste’mol narxlarning o‘zgarishi, inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lanishni tartibga solish mexanizmini nazarda tutuvchi meyorlar kiritilishini amalda bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
11.
|
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusligida hamkor tashkilotlar ishtirokida 12 iyun – “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan Davra suhbatlarida ishtirok etish.
|
II - chorak
|
|
12.
|
Tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda eng kam mehnat haqi meyorlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borish. Bo‘sh ish o‘rinlari (vakant) taklif etayotgan korxonalarda mehnat miqdori Yagona tarif setkasining 1-razryadi stavkasidan kam bo‘lgan hollarda ish beruvchilarga taqdimnomalar kiritib borish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
13.
|
Hududiy “Bandlik” dasturining bajarilishida xamda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha korxonalarda 2023 yil uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlariga fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan tuman Bandlik markazi bilan hamkorlikda ishlash.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
14.
|
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazishda ishtirok etish hamda vaqtincha band bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ijtimoiy sherik tashkitlotlar bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
15.
|
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga doir ariza va shikoyatlarini amaldagi qonun va meyoriy hujjatlar asosida o‘rganib borish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
16.
|
“2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning ijrosi yuzasidan qabul qilinadigan Davlat dasturi tadbirlarining jamoa shartnomalari asosida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan oylik monitoring olib borish, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisiga taqdim etish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
17.
|
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy holatini o‘rganish, belgilangan dastur doirasida ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish ishlariga ko‘maklashish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
18.
|
Tumanda yangidan tashkil etilgan davlat va nodavlat sektori tashkilotlarini kasaba uyushmasiga jalb qilish hamda nodavlat sektori tashkilotlarini jamoa shartnomasi bilan qamrab olishda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
19.
|
Jamoa shartnomalari va kelishuvlarini ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etish.
|
mart-aprel
|
|
20.
|
Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuman va viloyat Kengashining Veb-saytlarida va OAVlarida yoritib borish.
|
I-yarim yillik davomida
|
|
|