О‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy jihatdan faolligini oshirish masasalalari


Download 97 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi97 Kb.
#1458817
  1   2   3
Bog'liq
мақола маънавият бўйича 2023 май


О‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA YOSHLARNI IJTIMOIY-MA’NAVIY JIHATDAN FAOLLIGINI OSHIRISH MASASALALARI


Тошкент давлат иқтисодиёт университети молия ва бухгалтерия ҳисоби факультети ёшлар масалалари ва маънавий-маърифий ишлар департаменти тьютори


Ахмедов Сирожиддин Исроилович
Agar oxirgi olti-yetti yillardagi О‘zbekiston ijtimoiy faoliyatiga nazar tashlaydigan bо‘lsak, yoshlar masalasi, ular ijtimoiy siyosatning eng dolzarb va birlamchi masalasiga aylanganligini kuzatishimiz mumkin bо‘ladi.
Negaki, yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy faolligini oshirish jamiyatning tom ma’nodagi buyuk kelajagi, barqaror taraqqiyot yaratuvchilari ekanligini anglashga imkon beradi.
Bugun mamlakatimizda О‘zbekiston davlatining yoshlarga doir siyosati uni о‘rganish borasida muhim ham nazariy, ham amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlar masalasini hal etish bо‘yicha uning konstitusiaviy huquqiy asoslari yaratilib, mustahkamlanib bormoqda. Bunga О‘zbekiston davlatining yoshlarga oid siyosati qonunlarining qabul qilinganligida, О‘zbekistonning rivojlanishi Harakatlar Strategiyasida, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlarga oid 5 tashabbusida, Yoshlar ishlari agentligini tashkil etilganligi, Yoshlarni bandligini ta’minlash bilan bog‘liq Prezident Farmoni va qarorlari, Yoshlar parlamenti, Yoshlar siyosati va sport vazirligining tashkil etilganligini misol qilib kо‘rsatish mumkin.
Xususan, yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy aoliyatlarini takomillashtirishda yoshlarga oid davlat siyosati mustahkam huquqiy asos bо‘ldi. 2016 yil 14 sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi О‘zbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi Qonun1 sohaga oid muhim, dolzarb bо‘lgan ishlarni tizimlashtirishga asos bо‘ldi.
Qonunning maqsadi yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada taklmillashtirishdan iborat. Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qonunga kо‘ra, Yoshlarga oid davlat siyosati deganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yо‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimidir, deb ta’rif beriladi2.
“Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasining Qonunida yo[ СПиТ:1.Фуқаролик / Ёшлар (ёш фуқаролар)]shlar (yosh fuqarolar) - о‘n tо‘rt yoshga tо‘lgan va о‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar ekanligi belgilangan3.
Bundan tashqari, О‘zbekistonda 30 iyun - «Yoshlar kuni» deb e’lon qilindi. Turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni rag‘batlantirib borish maqsadida «Mard о‘g‘lon» davlat mukofoti va «Kelajak bunyodkori» medali ta’sis etildi.
Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bо‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini о‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
Bugungi yoshlarga oid davlat siyosati, davlatning yoshlarga berayotgan imkoniyatlari va asosiy vazifalaridan kelib chiqib davlatimiz rahbari SH.Mirziyoyev: “Bizning taraqqiyot strategiyamizda har jihatdan barkamol rivojlangan, erkin fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlarga ega yigit-qizlarni tarbiyalash eng ustuvor vazifalarimizdan biridir”,4 deya ta’kidlab о‘tadi.
Tarix silsilasiga nazar tashlansa ham, Markaziy Osiyo hududida yashab ijod etgan allomalar jamiyat ijtimomiy-ma’naviy taraqqiyoti yoshlarning о‘rni, ularning tarbiyasi, oiladagi muhit barqarorligini о‘z ma’anviy meroslari orqali bayon yetishgan. Xususan, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Kaykovus, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Mahmudhо‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalarning asarlarida kuzatish mumkin bо‘ladi. Ular yosh avlodni kmillikka erishishi, ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik, oilaparvarlik, insonparvarlik, fidoyilik va adolatli bо‘lish fazilatlariga ega bо‘lishni ta’kidlab о‘tishganligini qayd etib о‘tish zarur hisoblanadi.
Yoshlar qabul qilinayotgan va amalga oshirilayotgan islohotlarni shunchaki osongina amalga oshirishda osonlikcha ishtirok etavermaydi. Ular islohotlar mohiyatini sezishi, xis qilishi va tashabbuskorlik jarayonlarining muallifiga aylanishi zarur hisoblanadi.
Mamlakatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyev shunday e’tirof etadi: “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga kо‘taramiz”5. Oxirgi yillarda yoshlarning ilmiy, kasbiy rivojlanishi, salomatligi, iqtisodiy imkoniyatlarining kengaytirilishi, texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishga ajratiladigan sarmoyalar kengaytirildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev 2017 yil 19 sentabrda BMT Bosh Assambleyasida nutq sо‘zlab “... yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Ekstremistik faoliyat va zо‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda. Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bо‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning о‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zо‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi kо‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim”, deb ta’kidladi.
Jumladan, О‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida»gi qonuni bosh islohotchi bо‘lgan davlatning yoshlar masalasiga doir strategik yо‘nalishlarini izchil va tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirish yо‘llarini belgilab berdi6. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘risida»gi7 Farmonida yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni о‘qishga bо‘lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, «ommaviy madaniyat» va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish muhimligi qayd etilgan8.
О‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabrdagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi9 hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bо‘limlari tashkil etildi. Yoshlar bilan bog‘liq soha va yо‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yо‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish agentlikning asosiy vazifasi etib belgilandi.
Qolaversa, Agentlikning asosiy faoliyat yо‘nalishi etib, xususan, yoshlar bilan bog‘liq soha va yо‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yо‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; mamlakatimizda yoshlarni qо‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, о‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!» g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash; yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar о‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish; yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish va boshqalar10 belgilandi.
Yoshlar siyosati bо‘yicha xorij tajribasidan samarali foydalanish, о‘zaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 13 ta xorijiy yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari yо‘lga qо‘yildi. О‘zbekiston 2018 yilda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Yoshlar kengashiga, 2020 yilda esa, Mustaqil Davlatlar Hamdustligi Yoshlar masalalari bо‘yicha kengashiga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilinadi11. Bu jarayonlar о‘z-о‘zidan davlatimizning yoshlar borasida xalqaro hamjamiyatlarning bilan ijtimoiy hamkorlik masalalarining yangicha shaklda tashkil etishni kо‘rsatib beradi.
Qolaversa, о‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday deyiladi: «Mamlakatimizdagi tub о‘zgarishlar, yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishni kun tartibiga qо‘ymoqda. Yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash bо‘yicha yagona kо‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish kerak»12. Vaholanki, jamiyatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi, amaliy chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida 2020 yil 25 dekabr kuni О‘zbekiston yoshlari forumi о‘tkazildi. О‘ttiz mingdan ortiq yoshlar ishtirok etgan forumda Davlat rahbari tomonidan yoshlar bilan muloqot qilinib, ularning g‘oyalari, taklif va tashabbuslari qо‘llab-quvvatlandi13. Zotan, bugungi kun yoshlari ijtimoiy siyosatda asosiy kuch sifatida, jamiyat rivojini ta’minlashda ma’naviy-axloqiy muhit yetakchilik qilishida о‘z hissalarini qо‘shishiga, va qolaversa, yosh avlodning mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlaridagi keng ishtirokini ta’minlashga katta urg‘u berilmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi14 Farmoni qabul qilindi. Shunga e’tibor qaratish lozimki, yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bо‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash vazifalarini о‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbus amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan tо‘g‘ri foydalanish kо‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bо‘yicha kechiktirib bо‘lmaydigan vazifalarni о‘z ichiga olgan besh muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlar о‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy immunitetini mustahkamlash masalalari dolzarb bо‘lib qolmoqda.
Yuqoridagi ishlardan kо‘rinib turibdiki, О‘zbekistonda yoshlar bilan bog‘liq soha va yо‘nalishlardagi muammolarni hal etishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish maqsadida yaxlit infratuzilma yaratildi.
Yoshlar bugun siyosiy jarayonlarga ham faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga 2019 yilda о‘tkazilgan saylovlarda 9 nafar (6 foiz) yoshlar deputat etib saylangan.
Qolaversa, 2020 yil may oyida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi kengashining “Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular о‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar ijrosi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish tо‘g‘risida”gi 274-IV-son qarori15n ham keltirib о‘tish о‘rinli.
Ushbu Qaror О‘zbekiston Respublikasida 2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Chora-tadbirlar dasturida belgilangan tegishli vazifalarning ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish; yoshlar о‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish; yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlarni tizimli yо‘lga qо‘yish va amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni mavofiqlashtirishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan mutlaqo yangi tizim – “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” joriy etilganini ham yangi islohot samarasi deb baholash mumkin.
Yana bir muhim hujjat, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18 yanvarda «О‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida»gi16 Qaroriga asosan Konsepsiya ishlab chiqiladi. Konsepsiyada 2021-2025 yillarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bо‘yicha prognozlarni inobatga olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish kо‘zda tutilgan: yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish; ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish; yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish; yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish kо‘nikmalarini rivojlantirish, ular о‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan «Besh muhim tashabbus»17ni amalga oshirish va boshqalarni о‘z ichiga qamrab olgan.
Bundan tashqari, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvarda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi18 qarori qabul qilinadi. Unga kо‘ra, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: «Yoshlar balansi»ni shakllantirish, yoshlar tо‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni «Yoshlar daftari» va «Yoshlar portali» elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish; mahallalarda yoshlarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq о‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish; yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda о‘z о‘rnini topishlariga kо‘maklashish; yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash va h.k.19
Zamonaviy jamiyatda bugun yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotda ishtirok etish shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ular bugun jadal islohotlar davrining faol ishtirokchisigina bо‘lib qolmasdan, tashabbuvkor qatlami ham bо‘lishi kerak bо‘ladi.
“Yoshlarimizning aksariyati davrning ruhini tо‘g‘ri xis etmoqda, – deydi tarixchi olim A.Mavrulov, – ayni paytda yoshlarda aql va farosatning mutanosibligini ta’minlashga bо‘lgan intilish jamiyat barqarorligini mustahkamlovchi omil sifatida baholanishi mumkin”20. Zotan yoshlarning faolligi jamiyat ravnaqi garovi hisoblanadi.
Prezident ta’biri bilan aytganda: “Insonga insonparvarlik, yaxshi xulq, ta’lim-tarbiya va umuman, ijobiy xislatlarni о‘rgatuvchi maktab bu oiladir. Xalqimizda “Qush uyasida kо‘rganini qiladi”, degan maqol bor. Tarbiya oiladan boshlanadi, desak xato qilmaymiz. Biz bunda sog‘lom, yetuk, komillik sari intiladigan oilani nazarda tutyapmiz. Oila qancha sog‘lom bо‘lsa, jamiyat ham shunga mutanosib bо‘ladi21.
Ijtimoiy-ma’naviy faoliyatga oid qarorlar qabul qilishda yoshlar ishtirokini kengaytirish har qachongidan ham muhim hisoblanadi, negaki, yoshlarning faol ishtiroki ijtimoiy-ma’naviy faoliyatni rivojlantirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Hozirda О‘zbekiston yoshlari jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy hayoti uchun о‘z kuch va imkoniyatlarini baholi qudrat safarbar etib kelmoqganligi Yangi О‘zbekistonga amalga oshiriilayotgan islohotlarda muhim tayanch va kо‘mak subyetlariga aylanishiga zamin yaratmoqda.
Davlatimiz rahbari 2022 yil 20 dekabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va О‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’kidlab о‘tganidek: “Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat о‘rnini jaholat egallashiga yо‘l qо‘ymaymiz. Buning uchun nafaqat mas’ul tashkilotlar, balki barchamiz birgalikda muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatini ochib berish, farzandlarimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bо‘yicha oila, mahalla va ta’lim maskanlarida ish olib borishimiz zarur.
Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qо‘llab-quvvatlash ham biz uchun ustuvor yо‘nalishlardan biri bо‘ladi”22.
Yoshlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi о‘rni va ta’sirini amalda ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini qо‘llab-quvvatlash, zamonaviy dunyoqarash, bilim va kо‘nikmaga ega yoshlarning bilimlarini yanada oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bо‘yicha komissiya tashkil etilib, uning faoliyat yо‘nalishlari belgilab olindi. Mazkur Komissiya mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida olib borilayotgan keng kо‘lamli demokratik islohotlarga hamohang tarzda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda quyi palataning rolini yanada oshirish muhim kо‘prik vazifasini bajara boshladi.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 23 iyundagi Qaroriga muvofiq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti tо‘g‘risida Nizomi qabul qilindi.
Yoshlarning qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amal oshirish jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etildi.
Zero, mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni о‘qitish, kelajak uchun xizmat qiladigan komil insonlar bо‘lib yetishishi yо‘lida katta ishlar qilinmoqda. 2020 yilda Yoshlar parlamentining tashkil etilishi ham yoshlarning fikrini parlament darajasida e’tiborga olish, ularga madad berishga qaratilgan23.
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qо‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Umuman olganada, о‘tgan olti-yetti yillar maboynida ijtimoiy va ma’naviy islohotlar natijasida mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqilishi bilan yoshlar hayoti ham tubdan yangilandi, yoshlar jamiyatning muhim va faol qatlamiga aylanish strategiyasini kо‘ngildagik bajara boshlaydi.


1ФОЙДАЛАНИЛГАН МАНБАЛАР
 Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 14 сентябрдаги “Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида”ги ЎРҚ-406-сон Қонуни.// “Халқ сўзи” газетаси 2016. 15 сентябрдаги 182-сони.

2 “Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида”ги ЎРҚ-406-сон Қонуни. https://www.lex.uz/docs/3026246.

3 Ўша ерда.


Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling