O'zbekiston tarixi 101-variant I bob l-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar


Download 0.87 Mb.
bet17/40
Sana31.01.2024
Hajmi0.87 Mb.
#1828181
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
7 o\'z tarix test javobi bilan

114 variant
1. G'aznaviylar davlatida shaharlarda boshqaruv ishlari kimning qo'lida bo'lgan?
A) vazir B) mustovfiy
C) amid D) kutvol
2. G'aznaviylar davlatida Bosh qo'mondon nima deb yuritilgan?
A) sipohsolor
B) hojib ul-buzruk
C) amiri lashkar D) sarkarda
3. G'aznaviylar davlatida lashkarboshilar nima deb yuritilgan?
A) sipohsolor B) hojib
C) amiri lashkar D) solor
4. G'aznaviylar davrida "sarxang" atamasi nimani anglatgan?
A) yuzboshini
B) harbiy qismlar boshliqlarini
C) harbiy qismlarni
D) qishloq jamoasi boshlig'ini
5. Xato fikrni aniqlang.
A) G'aznaviylar davrida ilm-fan va madaniyat yuksak rivojlangan.
B) G'aznaviylar qo'shini qudratli bo'lsada, uning tarkibida dengiz floti mavjud bo'lmagan.
C) Mahmud G'aznaviy turkiy ona tili bilan bir qatorda fors, arab va pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan, she'rlar bitgan.
D) G'aznaviylar poytaxti saroyida 400 dan ortiq olim, shoir va san'atkorlar ijod qilganlar.
6. Sulton Ma'sudga bag'ishlangan "Qonuni Ma'sudiy" asarining muallifini aniqlang.
A) Abu Rayhon Beruniy
B) Bayhaqiy
C) Gardiziy D) Nosir Xusrav
7. Sulton Ma'sudga bag'ishlangan "Tarixi Ma'sudiy" asarining muallifini aniqlang.
A) Abu Rayhon Beruniy
B) Bayhaqiy
C) Gardiziy D) Nosir Xusrav
8. Abul Qosim Firdavsiy o'zining mashhur "Shohnoma" asarini qaysi hukmdorga taqdim qilgan edi?
A) Sobuqteginga
B) Mahmud G'aznaviyga
C) Mas'ud G'aznaviyga
D) Ismoil Somoniyaga
17-18-§. QORAXONIYLAR DAVLATI VA MOVAROUNNAHR. XI-XII ASRLARDA IJTIMOIY- IQTISODIY HAYOT
9. "Xoqoniya" o'lkasi deb yuritilgan davlat qachon tashkil topgan?
A) IX asr o'rtalarida
B) IX asr oxirlarida
C) X asr boshlarida
D) X asr o'rtalarida
10.Yettisuvda yashovchi qarluqlar qachon qo'shnilari bo'lgan yag'mo va chikil qabilalari bilan ittifoqqa birlashganlar?
A) IX asr o'rtalarida
B) IX asr oxirlarida
C) X asr boshlarida
D) X asr o'rtalarida
11. "Xoqoniya" davlati hukmdorlari nima deb yuritilgan?
A) yabg'u B) xoqon
C) qoraxon D) qarluqxon
12.Turkiy xalqlarda "Qora" so'zi qanday ma'noda ishlatilgan?
A) "toza", "beg'ubor"
B) "buyuk"
C) "oliy nasab"
D) "shiddatli"
13."Xoqoniya" davlati XI —XII asrlarda kuchayib, qanday nom bilan atala boshlagan?
A) "Jikil-Qoraxoniylar"
B) "Qoraxoniylar"
C) "Yag'mo-qarluq davlati"
D) "Qarluq-Qoraxoniylar"
14.Horun Bug'roxon boshliq qoraxoniylar qachon Movarounnahrga tomon hujum boshlaganlar?
A) 990-yil C) 995-yil
B) 992-yil D) 996-yil
15.Movarounnahrga hujum qilgan qoraxoniylarga qarshi Nuh ibn Mansur kimning yordamidan foydalangan?
A) G'aznadagi noibi Sobuqtegin
B) G'aznadagi noibi Alptegin
C) Bag'dod xalifasi
D) yollanma turk qo'shinlari
16.Qoraxoniylarning Movarounnahrga ikkinchi hujumi qachon boshlangan?
A) 994-yil B) 995-yil
C) 996-yil D) 997-yil
17.Sobuqtegin qachon Buxoroni ishg'ol qildi va Somoniylar mulklari Qoraxoniylar va G'aznaviylar o'rtasida bo'lib olindi?
A) 994-yil B) 995-yil
C) 996-yil D) 997-yil
18.Qoraxoniylar va G'aznaviylar o'rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, somoniylarga qaysi hudud qoldirilgan?
A) Movarounnahr shimoli
B) Movarounnahr markazi
C) Movarounnahr janubi
D) Surxon vohasi
19. Buxoro qachon Nasr Eloqxon tomonidan zabt etilgan?
A) 996-yil B) 997-yil
C) 998-yil D) 999-yil
20.Movarounnahrda Somoniylar hukmronligiga qachon butunlay barham berilgan?
A) 996-yil B) 997-yil
C) 998-yil D) 999-yil
21.X asr oxirlarida G'aznaviylar va Qoraxoniylar davlati o'rtasidagi chegara qayerdan o'tar edi?
A) Sirdaryo B) Amudaryo
C) Zarafshon daryosi D) Zarafshon tog'lari
22. Qoraxoniylar qaysi yillarda Xurosonga G'aznaviylarga qarshi qo'shin tortib borganlar?
A) 1002- va 1005-yillar
B) 1006- va 1008-yillar
C) 1010- va 1012-yillar
D) 1012- va 1015-yillar
23. Qoraxoniylar mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritegin qachon Amudaryo bo'yi viloyatlarini G'aznaviylardan tortib olgan?
A) 1026-yil B) 1032-yil
C) 1036-yil D) 1038-yil
24. Qoraxoniylar mahalliy hukmdori Ibrohim Bo'ritegin qaysi viloyatlarni G'aznaviylardan tortib olgan edi?
1. Xuttalon 4. Toxariston
2. Vaxsh 5. Shug'non
3. Chag'oniyon 6. Badaxshon
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4
C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6
25.Ibrohim Bo'riteginning mustaqil siyosat olib borishi natijasida Qoraxoniylar davlati ikki qismga bo'linib ketdi. G'arbiy Qoraxoniylar davlatiga qaysi hududlar kirgan?
1. Farg'ona 4. Vaxsh
2. Movarounnahr 5. Shosh
3. Xuttalon 6. Isfijob
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, 5 C) 3, 4, 5, 6 D) 2, 3, 5, 6
26.G'arbiy Qoraxoniylar davlati poytaxti bo'lgan shaharni aniqlang.
A) Buxoro B) Samarqand
C) Xo'jand D) Shosh
27.Sharqiy Qoraxoniylar davlati poytaxti bo'lgan shaharni aniqlang.
A) Bolosog'un B) O'zgan
C) Taroz D) Qoshg'ar
28.Qoraxoniylar davlati el-yurt va viloyatlarga bo'lib boshqarilgan. Qaysi hudud eloqxoni qoraxoniy eloqxonlar ichida eng katta obro'ga ega bo'lgan?
A) Farg'ona
B) Yettisuv
C) Sharqiy Turkiston
D) Movarounnahr
29.Qaysi sulola hukmronligi davrida O'rta Osiyoda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchayib, ularning obro'yi har qachongidan ham baland bo'lgan?
A) Somoniylar B) G'aznaviylar
C) Qoraxoniylar D) Tohiriylar
30.Qoraxoniylar davlati hududiga ko'chmanchi qoraxitoylar qachon bostirib kirganlar?
A) XI asr oxirlarida
B) XII asr 20-yillarida
C) XII asming 30-yillarida
D) XII asrning 40-yillarida
31.Qoraxitoylar qaysi shaharni o'zlariga poytaxt qilib tanlaganlar?
A) O'zgan B) Taroz
C) Qoshg'ar D) Bolosog'un
32.Qoraxoniylar eloqxoni Mahmud qachon qoraxitoylardan mag'lubiyatga uchrab, katta tovon puli to'lashga majbur bo'lgan?
A) 1125-yil В) 1137-yil
С) 1140-yil D) 1142-yil
33.Qoraxoniylar eloqxoni Mahmud va qoraxitoylar qo'shini o'rtasidagi jang qayerda bo'lib o'tgan?
A) Shosh yaqinida
B) Farg'ona yaqinida
C) Xo'jand yaqinida
D) O'zgan yaqinida
34.Qoraxoniylarning halokatiga sabab bo'lgan qoraxitoylar bilan jang qachon bo'lib o'tgan edi?
A) 1139-yil B) 1141-yil
C) 1144-yil D) 1145-yil
35. Qoraxitoylar davlati hukmdorlari nima deb yuritilgan?
A) qoraxon B) bug'roxon
C) tavg'achxon D) go'rxon
36.Sharqdan siljigan qoraxitoylar dastlab qaysi hududga joylashganlar?
A) Yettisuv B) Sharqiy Turkiston
C) Farg'ona D) Elsuvi havzasi

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling