O'zbekiston tarixi 101-variant I bob l-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar


Download 0.87 Mb.
bet35/40
Sana31.01.2024
Hajmi0.87 Mb.
#1828181
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
7 o\'z tarix test javobi bilan

128-variant
1. Ulug'bek Farg'ona va Qoshg'arni qachon o'z tasarrufiga olgan?
A) 1410-yil B) 1412-yil C) 1414-yil D) 1415-yil
2. Xorazm qachon Shohrux tomonidan Oltin O'rda xonlari tasarrufidan qaytarib olingan?
A) 1412-yil B) 1413-yil
C) 1414-yil D) 1415-yil
3. 1425-yil bahorida Ulug'bek qaysi hududga harbiy yurish boshlagan?
A) Sharqiy Turkistonga
B) Yettisuvga
C) Mo'g'ulistonga
D) Dashti Qipchoqqa
4. Ulug'bek tomonidan qoyatoshga yozdirilgan o'ziga xos "zafarnoma" qaysi g'alabaning nishonasi edi?
A) Oltin O'rda ustidan qozonilgan g'alabaning
B) dasht ko'chmanchilari ustidan qozonilgan g'alabaning
C) Mo'g'uliston ustidan qozonilgan g'alabaning
D) Oq o'rda ustidan qozonilgan g'alabaning
5. Ulug'bek tomonidan yozdirilgan o'ziga xos "zafarnoma" qayerda joylashgan?
A) Samarqand yaqinida, Zarafshon tog'larida
B) Farg'ona shimolida Pomir tog'larida
C) Jizzax yaqinida Ilono'tti darasida
D) Angren yaqinida Qamchiq dovonida
6. Mirzo Ulug'bekning qoyatoshga bitilgan o'ziga xos "zafarnoma"si yozilgan sanani aniqlang.
A) 1425-yil B) 1426-yil
C) 1427-yil D) 1428-yil
7. Ulug'bekning qaysi hududga qilgan yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi va Shohruxning katta qo'shini yetib kelishigina uni halokatdan saqlab qoldi?
A) Sharqiy Turkistonga
B) Yettisuvga
C) Mo'g'ulistonga
D) Dashti Qipchoqqa
8. Shohrux vafot etgan sanani aniqlang.
A) 1445-yil 15-iyun
B) 1447-yil 2-fevral
C) 1447-yil 12-mart
D) 1449-yil 26-may
9. Shohrux Mirzo qayerda vafot etgan?
A) Ray viloyati
B) Kobul viloyati
C) Hirot viloyati
D) Marv viloyati
10.Shohrux vafotidan so'ng taxtni
egallagan Alouddavla kimning avlodi edi?
A) Jahongirning
B) Mironshohning
C) Pirmuhammadning
D) Boysung'urning
11.Ulug'bekning katta o'g'li Abulatif qachon Alouddavla bilan bo'lgan jangda mag'lubiyatga uchrab, asirga tushib qolgan?
A) 1447-yil bahorida
B) 1447-yil yozida
C) 1447-yil kuzida
D) 1448-yil bahori
12. Alouddavla va Ulug'bek o'rtasida imzolangan sulhga ko'ra, Abdulatif ozod qilingan. Buning evaziga Ulug'bek o'zining qaysi hududlarga bo'lgan da'vosidan voz kechishi lozim edi?
A) Kobul va Sijistonga
B) Hirot va Xurosonga
C) Balx va Marv viloyatiga
D) Nishopur va Sharqiy Eronga
13.Ulug'bek va Abdulatifning 90 ming kishilik qo'shini qachon Alouddavlaga qarshi Hirotga yurish qilgan?
A) 1448-yil bahori B) 1448-yil yozi
C) 1448-yil kuzi D) 1449-yil bahori
14. Ulug'bek va Abdulatifning 90 ming kishilik qo'shini bilan Alouddavla qo'shinlari o'rtasidagi jang qayerda bo'lib o'tgan?
A) Marv yaqinida B) Kobul yaqinida
C) Tarnob yaqinida D) Balx yaqinida
15 Alouddavla ustidan qozonilgan
g'alabadan so'ng Abdulatifni Hirotda qoldirib, Ulug'bek Samarqandga qaytadi. Buning sababini ko'rsating.
A) Mo'g'uliston qo'shini Movarounnahrga yurish qilgan edi.
B) Oltin o'rda qo'shini Movarounnahrga yurish qilgan edi.
C) Xorazm mustaqillik e'lon qilib, Buxoroga yurish qilgan edi.
D) Movarounnahrda Ulug'bekka qarshi isyon ko'tarilgan edi.
16. Ulug'bek tomonidan Hirotda qoldirilgan Abdulatif bu yerda qancha muddat hukmronlik qilgan?
A) 15 kun B) 25 kun
C) 3 oy D) 6 oy
17.Ulug'bek farmoni bilan Balx viloyatiga noib qilib yuborilgan Abdulatif savdogarlarni o'z tomoniga og'dirib olish maqsadida qanday chora ko'rgan?
A) ularga katta-katta mulklar in'om qilgan
B) "tamg'a" solig'ini bekor qilgan
C) "qopchur" solig'ini bekor qilgan
D) "tamg'a" solig'ini ikki barobar kamaytirgan
18.Ulug'bek va Abdulatif o'rtasidagi jang qachon va qayerda bo'lib o'tgan?
A) 1448-yil noyabrda Samarqand yaqinida
B) 1449-yil martda Shohruxiya
yaqinida
C) 1449-yil avgustda Xuzor yaqinida
D) 1449-yil oktabrda Damashq qishlog'i yaqinida
19. Mirzo Ulug'bekka yordam berishdan voz kechgan va shahar darvozalarini ochib bermagan Mironshoh Oavchin qaysi shahar hokimi edi?
A) Samarqand B) Buxoro C) Shohruxiya D) Shahrisabz
37-§. TEMURIYLAR SALTANATINING INQIROZGA YUZ TUTISHI
20. Otasi vafotidan so'ng Abdulatif va uning tarafdorlari Movarounnahrda qancha muddat hukmronlik qildilar?
A) 4 oydan ortiqroq
B) 6 oydan ortiqroq
C) 1 yilga yaqin
D) 1,5 yilga yaqin
21. Fitna sababli qatl qilingan padarkush Abdulatifning kallasi qaysi imorat peshtoqiga olib qo'yilgan edi?
A) Go'ri Amir maqbarasi
B) Ulug'bek rasadxonasi
C) Ulug'bek madrasasi
D) Sherdor madrasasi
22.Abdulatif o'limidan so'ng muxolifatchi kuchlar Shohruxning nabirasi Mirzo Abdulloni qayerda hukmdor deb e'lon qilganlar?
A) Hirotda B) Buxoroda
C) Samarqandda D) Balxda
23. Abdulatif o'limidan so'ng muxolifatchi kuchlar Mironshohning nabirasi Abu Saidni qayerda hukmdor deb e'lon qilganlar?
A) Hirotda B) Buxoroda
C) Samarqandda D) Balxda
24.Abulxayrxon va Mirzo Abdullo o'rtasidagi jang qachon va qayerda bo'lib o'tgan?
A) 1449-yil Bulung'ur anhori yoqasida
B) 1450-yil Samarqand yaqinida
C) 1451-yil Buxoro yaqinida
D) 1451-yil Sheroz qishlog'i yaqinida
25. XV asrning 50-yillari boshlarida Xuroson hududi necha qismga bo'linib ketgan edi?
A) 5 qismga B) 7 qismga
C) 11 qismga D) 13 qismga
26. Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur vafot etgan sanani aniqlang.
A) 1455-yil B) 1456-yil
C) 1457-yil D) 1459-yil
27. Abu Said qachon Hirotni egalladi va saltanatning har ikki qismini ham birlashtirishga muvaffaq bo'ldi?
A) 1457-yil B) 1458-yil
C) 1459-yil D) 1460-yil
28.Abulqosim Bobur vafotidan so'ng Xorazmni egallab olgan Sulton Husayn kimning avlodi edi?
A) Mironshoh
B) Umarshayx Mirzo
C) Jahongir
D) Pirmuhammad
29. Movarounnahr va Xuroson hukmdori Abu Said vafot etgan sanani aniqlang.
A) 1468-yil kuz B) 1469-yil bahor
C) 1469-yil kuz D) 1470-yil bahor
30. Sulton Husayn Xuroson hukmdori sifatida qachon Hirotga kirib kelgan?
A) 1467-yil 26-iyul
B) 1469-yil 24-mart
C) 1469-yil 3-avgust
D) 1470-yil 12-yanvar
31. Abu Saidning o'g'li Sulton Ahmad nechanchi yillarda Movarounnahrda hukmronlik qilgan?
A) 1465— 1489-yillar
B) 1467 — 1490-yillar
C) 1469— 1494-yillar
D) 1470— 1492-yillar
32.Abu Saidning o'g'li Sulton Mahmud nechanchi yillarda Movarounnahrda hukmronlik qilgan?
A) 1489-1492-yillar
B) 1490— 1493-yillar
C) 1494 — 1495-yillar
D) 1492— 1496-yillar
33. Movarounnahr hokimi Sulton Alining hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1498— 1500-yillar
B) 1496-1501-yillar
C) 1495— 1499-yillar
D) 1498 — 1502-yillar
34. Nechanchi yilda Hirot hokimi Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamal qilganda yirik din ulamolaridan biri bo'lgan Xoja Ubaydulloh Ahror mojaroga aralashib, tomonlarni kelishtirgan edi?
A) 1454-yil B) 1456-yil
C) 1457-yil D) 1455-yil
35. Sulton Husayn Hirotni egallagach, Alisher Navoiyni o'z huzuriga taklif etadi. Navoiy dastlab qaysi lavozimga tayinlangan?
A) vazir B) eshik og'asi
C) muhrdorlik D) muxtasib
36. Husayn Boyqaro mulklari qaysi hududlarni o'z ichiga olar edi?
1. Panjob
2. Xorazm
3. Sharqiy Eron
4. Shimoliy Eron
5. Xuroson
6. Chag'oniyon
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4, 5
C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling