O’zbekiston tarixi 7-sinf
Download 0.97 Mb.
|
7 sinf ozbekiston tarixi. dars ishlan
II.Nazorat ishini yozish. Test:
1.Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo’lgan erkin ziroatchilar tabaqasi nima deb atalgan? A) kashovarz B) kadivar C) chokar D) dehqon 2.Xorazm davlatida shaharning qaysi qismida 25 metrlik xorazmshohlar qasri bo’lgan? A) janubi sharqida B) shimoli sharqida C) markazida D) shimoli g’arbida 3.Qaysi davrda O’rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko’chmanchi chorvador xion nomli qabilalarning hujumi boshlanadi? A) IV asr o’rtalarida B) IV asr 60-yillarida C) III asr o’rtalarida D) III asr boshlarida 4.”Eftal” degan nom ilk bor arman manbalarida qanday shaklda uchraydi? A) ”eftalon” B) ”xeptal” C) ”xeytal” D) ”xeftal” 5.Qaysi sosoniylar shohi hukmronlik qilgan davrda eftaliylar bilan munosabatlar ancha yumshab, tinchlik tusini olgan? A) Pero’z B) Kubod C) Kubod va Anushervon D) Anushervon 6.Eftaliylar O’rta Osiyoda qancha vaqt hukmronlik qilgan? A) 120 yil B) bir yarim asr C) 75 yil D) bir asrdan ko’proq 7.Eftallar xati qaysi yozuv asosida paydo bo’lgan? A) Sug’d B) Baqtriya C) Xorazm D) Oromiy 8.V asrda barpo etilgan Darg’om kanali ... A) Samarqand viloyati shimoliy tumanlarining asosiy suv manbai edi B) Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai edi C) Samarqand viloyati sharqiy tumanlarining asosiy suv manbai edi D) Samarqand viloyati g’arbiy tumanlarining asosiy suv manbai edi 9.Turk xoqonligi qachon ikkiga bo’linib ketdi? A) VI asrning o’rtalarida B) VI asrning 80-yillarida C) VI asr boshida D) VI asrning 60-yillarida 10.G’arbiy xoqonlik ayrim o’lkalarda turkiy hokimiyatni tashkil etish maqsadida xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.Masalan.Choch viloyati ... tomonidan boshqarilgan. A) ixshid B) dabusshoh C) yabg’ular D) tudunlar 11.Ilk o’rta asrlarda Turk xoqonligining chorvador aholisi o’rtasida keng tarqalgan dinni aniqlang. A) otashparastlik B) shomonlik C) moniylik D) buddaviylik 12. 585-586-yillardagi Buxoroda yuz bergan Abruy boshchiligidagi xalq qo’zg’olonini kim bostiradi? A) Sheri Kishvar B) To’ng Yabg’u C) Tudun D)Yabg`u xoqon 13.Toxariston viloyatining poytaxti qaysi shahar? A) Marv B) Ray C) Balx D) Choch 14.O’rta asrlarda shaharlar uch qismdan iborat bo’lgan.Ular qaysilar? A) ko’shk,qasr,qo’rg’on B) qasr,qo’rg’on,qo’rg’oncha C) shahriston,rabot,ko’shk D) ark,shahriston,rabot 15.Toxariston viloyati qaysi hududlarni o’z ichiga olgan edi? A) hozirgi Janubiy O’zbekiston, Tojikiston va Shimoliy Afg’onistonni B) O’zbekiston, Afg’oniston va Yettisuvni C) hozirgi Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg’onistonni D) Qurama va Qoramozor tog’lari yonbag’irlarini 16.Xorazm yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan edi? A) sug’d B) oromiy C) shumer-akkad D)turk 17.Ko’k tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini bu -... A) moniylik B) qam-shomon C) totemizm D) buddaviylik 18.Quyidagi qaysi hududlardan buddaning bahaybat haykallari topilgan? A) Ayritom va Zangtepadan B) Qo’rg’ontepa yaqini va Quvadan C) Urgut tumani va Balxdan D) Qabodiyon va Sirdaryoning quyi oqimidan 19.Ilk o’rta asrlarda qo’shni mamlakatlarga bo’yoq, rangli shisha va dori-darmonlar chiqargan diyorimizdagi davlatni toping. A) Toxariston B) Sug’d C) Farg’ona D) Eloq 20.Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda nasroniylik markazi hisoblangan joyni aniqlang. A) Koson shahri B) Angor tumani C) Urgut tumani D) Turfan shahri Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling