Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: og’zaki, yozma
Dars usuli: suhbat, ma’ruza, savol-javob, test
Dars jihozi: elektron darslik, darslik, doska, xarita, chizma va tarqatma materiallar, mavzuga oid video
Darsning texnologik xaritasi:
I.Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III.Yangi mavzu mazmunini yoritish 12 daqiqa
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash 15 daqiqa
V.O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI.Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1.Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyi qachon nishonlandi?
A.1999-yilda B.2000-yilda C.2001-yilda D.2002-yilda
2.Jaloliddinning mo'g'ullar ustidan qozongan dastlabki g'alabasi qayerda bo'lgan edi?
A.Parvon dashtida B.Valiyon qal'asi yonida C.Niso shahrida D.Qandahor yaqinida
3.Yurtimizda Jaloliddin Manguberdi ordeni qachon ta'sis etilgan?
A.1999-yil 30-avgustda B.2000-yil 30-avgustda C.2002-yil 30-avgustda D.2005-yil 30-avgustda
4.Jaloliddin Manguberdi mo'g'ullarga qarshi kurashib, G'aznaga yetib olgunga qadar ...
A.Amudaryo bo'ylarida Jo'jixon qo'shinlarini tor-mor etdi
B.Niso, Qandahor shaharlari yonida mo'g'ul qo'shinlariga qaqshatqich zarbalar berdi
C.Marvni o'z qarorgohiga aylantirib, bu yerda katta qo'shin to'play boshladi
D.Chingizxon bilan yakkama- yakka muzokoralar olib bordi
5.Parvon dashtidagi jangdan so'ng Jaloliddin Manguberdidan qaysi lashkarboshilar ajralib ketadi?
A.Sharafiddin O'zdara va Husomiddin B.G'iyosiddin Malik vaTo'g'rul Malik
C.Sayfiddin Ag'roq va A'zam Malik D.Ziyo al-Mulk va To'lan Cherbi
Do'stlaringiz bilan baham: |