О‘zbekiston tarixi fanidan “О‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusidagi seminar mashg‘uloti xulosasi


Download 64.81 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi64.81 Kb.
#1428478
Bog'liq
очиқ дарс сифат ком.


О‘zbekiston tarixi kafedrasi о‘qituvchisi O. Raxmonkulovaning
Tarix fakulteti Tarix yо‘nalishi 3-kurs 020-2 guruhida О‘zbekiston tarixi fanidan “О‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusidagi
seminar mashg‘uloti
xulosasi

2023 yil 18 aprel Qarshi shahri




Sifat komissiya a’zolari:
Universitet ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi bosh mutaxassisi, Tarix fakulteti dekani dots.M. Usmonov, О‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri dots. M.Tо‘rayeva, Jahon tarixi kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. G.Mо‘minova.
.
Talaba soni: 27 ta. Qatnashdi 26 nafar.
Dars tipi: noan’anaviy.
Dars turi: seminar.
Mavzu:О‘zbekiston va jahon hamjamiyati”.
Mashg‘ulot rejasi:

  1. О‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.

  2. О‘zbekiston va Birlashgan Millatlar tashkiloti.

  3. О‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy va madaniy aloqalarining о‘rnatilishi va rivojlanishi.

  4. О‘zbekiston va MDH davlatlari. О‘zbekistonning О‘rta Osiyo respublikalari bilan о‘zaro hamkorligi. О‘zbekiston va SHHT faoliyati.

  • Mashg‘ulot maqsadi: О‘zbekistonda tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. О‘zbekistonning qadimdan dunyo xalqlari bilan aloqalari, “Buyuk Ipak yoli”ning asosiy yo’nalishlari shu mamlakat orqali о‘tganligi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi qadimiy savdo va madaniy aloqalarda mamlakatning hissasi yirik bolganligi qо‘l kelgan bolsa, qisqa fursatda tashqi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishida, mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Prezident I.A. Karimovning о‘rni va roli, shuningdek 1991-yilda О‘zbekiston siyosiy suverenitetini e’lon qilib, mustaqil rivojlanishning dastlabki kunlaridan boshlab boshqaruvning mustahkam о‘rnashib qolgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechish yo’lini tutganligi tо‘g‘risida umumiy ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar: Talabalarga

  • О‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.

  • О‘zbekiston va Birlashgan Millatlar tashkiloti.

  • О‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy va madaniy aloqalarining о‘rnatilishi va rivojlanishi.

  • О‘zbekiston va MDH davlatlari. О‘zbekistonning О‘rta Osiyo respublikalari bilan о‘zaro hamkorligi. О‘zbekiston va SHHT faoliyatlarini misollar va adabiyotlar, internet ma’lumotlar asosida turli metodlar oriali talabalar bilimini mustaxkamlash.

О‘qitish uslubi va texnikasi. “Aqliy hujum”, “Krasvord”, “Zinama-Zina”, “ Klaster”, “Aql charxi”, texnologiyasi.
О‘qitish vositalari: ma’ruza matni, majmua, mavzuga doir adabiyotlar, plakat, chizmalar, xaritalar.
О‘qitish sharoitining talabga mosligi: xona gigiyenik talablarga javob beradi, о‘qitish vositalari bilan ta’minlangan.
Ta’lim berish shakli: individual, kichik guruhlarda ishlash.
Monitoring va baholash shakli: og‘zaki savol-javob, yozma tarqatma material.

  1. Texnologik xarita bosqichlarining bajarilishi tahlili




  1. Tashkiliy bosqich. Davomat aniqlandi, darsning mavzusi va maqsadi e’lon qilindi. darsni qay tarzda tashkil qilinishi, baholash mezonlari e’lon qilindi.

  2. Mavzuga kirish. О‘qituvchi mavzu yuzasidan talabalarga bergan topshiriqlari yuzasidan savol – javob о‘tkazdi.

  3. Asosiy bosqich: о‘qituvchi muammoni hal etish usullarini tо‘g‘ri tashkil etdi. Maqsadga erishish uchun turli interfaol metodlar“Aqliy hujum”, “Krasvord”, “Zinama-Zina”, “ Klaster”, “Aql charxi” texnologiyasidan foydalandi.

Talabalar: fanlar bо‘yicha olgan bilimlarini muammoni hal qilishda foydalanib, ijodiy yondoshdilar. Taqdimotda faol ishtirok etishdi.

  1. Yakuniy bosqich: mavzu о‘qituvchi tomonidan xulosalandi. Talabalarga vazifa va mustaqil ta’lim topshiriqlari berildi. Dars jarayonida faol ishtirok etgan talabalar baholandi.




  1. Dars yuzasidan yakuniy xulosalar va metodik tavsiyalar:

  1. Talabalarning faoliyati: mashg‘ulotga tayyorligi: 80%, faolligi 90%.

  2. О‘qituvchi-о‘quvchi munosabati: о‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan.

  3. О‘qituvchining pedagogik mahorati: kasbiy bilimi yetarli, pedagogik qobiliyati yaxshi, nutqi ravon.

  4. Mustaqil ta’lim uchun berilgan topshiriqlar nazorati: oldingi darsda berilgan topshiriq nazorat qilindi. Talabalarning dars loyihalari kо‘rib о‘tildi.

  5. Mashg‘ulotning meyoriy – uslubiy ta’minoti: meyoriy – uslubiy xujjatlar tо‘liq mavjud, mavzu mazmuni DTS va fanning namunaviy dasturiga mos.

  6. Yutuq va kamchiliklar: maqsadga erishilganlik darajasi 80%, kamchiliklar: darsda ayrim talabalar faolligi kо‘zga tashlanmadi. Metodik maslahatlar: о‘qituvchi va barcha talabalarning hamkorligini kuchaytirish, talabani izlanishga chorlovchi texnologiyalardan yanada kengroq foydalanish lozim.



Sifat komissiya a’zolari:
Universitet ta’lim sifatini nazorat
qilish bо‘limi bosh mutaxassisi,
Z.Nazirov
dots. D.Xudoyberdiyev
dots. M. Tо‘rayeva
prof., t.f.d. G. Mо‘minova
Download 64.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling