«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni
Farovonlikning eng quyi chegarasi
Download 1.82 Mb.
|
Ma\'ruza matin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya.
- “YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”
- Birinchidan
- Beshinchidan
- Eng asosiysi
- “Quyoshliq istasang, kasbi kamol qil”
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar miqdorida baholanadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni: - mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari; - turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari; - siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish; - moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari; - kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari. Prezident Shavkat Mirziyoev 2021 yilni “YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qildi. 2021 yilga bunday nom berilishi sababi va oqibatlarini bilish uchun “Nima uchun yilga bunday nom berildi?” hamda “YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash uchun nima qilishimiz kerak?” degan savollarga javob topish lozim. Aslida, yoshlar masalasi e’tibor markazidan, kun tartibidan o‘rin olganining sabablari talaygina. Birinchidan, aholimizning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan yoshlar miqdor jihatidan yirik qatlam, katta kuch hisoblanadi. Ikkinchidan, yoshlar kuch-quvvatga to‘la, g‘ayratli bo‘lgani uchun ular boshqa guruhlarga nisbatan faolroq va moslashuvchan bo‘ladi. Uchinchidan, yoshlar yangiliklarga ochiq bo‘lganligi bois, ular innovatorligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. To‘rtinchidan, mehnatga layoqatli aholining salmoqli qismini tashkil etadigan yoshlar o‘z maqomini oshirishdan, yangi ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishdan manfaatdor bo‘ladi. Beshinchidan, hali qadriyatlari to‘la shakllanib ulgurmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topish ishtiyoqida harakat qiladi. Oltinchidan, yoshlar davlatning strategik resursi hisoblanadi, ya’ni ertangi hayotimiz bugun voyaga etayotgan yoshlarga qanchalik e’tibor berayotganimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Axir, «YOshlar – kelajak bunyodkori», deb bejizga aytilmagan-ku. Eng asosiysi, yoshlar jamiyatning bir bo‘lagi, uning uzluksiz tarkibiy qismi hisoblanadi. SHuning uchun yoshlar muammolariga butun jamiyat muammolari sifatida qarash lozim. SHu boisdan, O‘zbekistonda yoshlar muammolari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Murojaatnomada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi olti vazifa ajratib ko‘rsatildi. Bular quyidagilar: Bog‘cha yoshidagi har bir bolani maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoit yaratish; Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlarni jadal davom ettirish; Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish; Mamlakat taraqqiyotining zamini bo‘lgan ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish; YOshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; Ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin etim, nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim joriy etish. Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalar davlatning ijtimoiy madadiga muhtoj odamlar: ehtiyojmand va nochor oilalar, imkoniyati cheklanganlar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga to‘kislikni ravo ko‘rish, ularning hech kimdan kam bo‘lmasliklariga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan. Pirovardida bu yoshlar Prezidentning g‘amxo‘rligini o‘z taqdirida his qiladi, imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, hamma bilan huquqi tengligini, ya’ni huquqiy imkoniyati cheklanmaganini anglaydi, ota-ona mehri nasib qilmasa-da, davlat rahbaridan mehr ko‘radi, adolatli va insonparvar siyosatdan ko‘ngli to‘q bo‘ladi. Bola tug‘ilganidan boshlab 30 yoshigacha davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, undan ko‘mak olishi Murojaatnomada belgilandi. Prezidentimiz Murojaatnomada mazkur masalaga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, ulug‘ mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning “Quyoshliq istasang, kasbi kamol qil”, degan iboralarini keltirdilar. Bu mulohazaning negizida katta tarixiy haqiqat mujassamdir Zahiriddin Muhammad Bobur Alisher Navoiyning kasb-korda va har bir ishda odamlarni komillikka erishtirish odatlari bo‘lganligini sharhlab, “Boburnoma”da shunday deydi: “Kimki biror ish bilan mashg‘ul bo‘lsa, himmat va maqsadi shu ishni kamolga etkazish edi. Alisherbek ko‘p va yaxshi narsalarni ixtiro qilgan edi. Mobodo biror kishi qaysidir ishda bir yangilik yaratsa, u narsaning rivoji va ravnaqi uchun uni “Alisheriy” deb atardilar”( Qarang: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, “O‘qituvchi” nashriyoti, 2008 yil, 139-141 betlar). Prezidentimiz Murojaatnomada mamlakatimiz fuqarolarini asrlar mobaynida milliy amaliyotda bo‘lgan tajribani o‘zlashtirish, ya’ni har kasb egasi o‘z ishida komil mutaxassis darajasiga etishishlari zarurligiga da’vat etmoqdalar. CHunki o‘tgan to‘rt yil mobaynida inson omili ustuvor davlat siyosatiga aylandi. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling