«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni
-jadval O‘zbekistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi
Download 1.82 Mb.
|
Ma\'ruza matin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar 2004 2005 2006
- 100,0 12954,9 100,0 16872,7
- Jami xarajatlar va jamg‘armalar 7561,1 100,0 9533,0
- 24.1-diagramma Aholi pul daromadlari qo‘shimcha o‘sishining omillari
- Aholi turmush darajasi – aholining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi.
- 24.2-diagramma O‘zbekistonda aholi real pul daromadlarining o‘sishi (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)
24.3-jadval
O‘zbekistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. o‘sishining 13,4 foizi mehnatga haq to‘lash, 9,9 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar, 4 foizi ijtimoiy transfertlar hisobiga ro‘y berdi (24.1-diagramma). Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil etadi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining etakchi rolini saqlab qoladi. Jumladan, O‘zbekistonda 2001 yilda mehnatga layoqatli aholining o‘rtacha ish haqi kun kechirish uchun minimum darajada zarur bo‘lgan mablag‘ning 99 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2007 yilda bu ko‘rsatkich 3 barobardan ko‘proq oshdi. Ta’kidlash joizki, bu ko‘rsatkich MDH mamlakatlari o‘rtasida yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi26. 24.1-diagramma Aholi pul daromadlari qo‘shimcha o‘sishining omillari Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi. Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: - davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; - shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; - jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar; - aksiya, obligatsiya qiymatining o‘sishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; - lotereya bo‘yicha yutuqlar; - tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo‘ladigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; - har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k. O‘zbekistonda aholi jon boshiga real pul daromadlari 2008 yilda 23 foizga o‘sdi (24.2-diagramma). Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aholi turmush darajasi – aholining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: 1) tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar; 2) hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari; 3) oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish; 24.2-diagramma O‘zbekistonda aholi real pul daromadlarining o‘sishi (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida) Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 4) turar joy sharoitlari; 5) ma’lumot va madaniyat; 6) mehnat qilish va bandlik sharoitlari; 7) aholining daromadlari va xarajatlari; 8) hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; 9) transport vositalari; 10) dam olishni tashkil etish; 11) ijtimoiy ta’minot; 12) inson erkinligi. Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar. Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to‘plami mehnat sharoiti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta’minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling