«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish


Download 1.82 Mb.
bet67/83
Sana20.10.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1712875
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
Bog'liq
Ma\'ruza matin

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
· xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish;
· jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
· fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
· mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;
· ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish.
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
· sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
· sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;
· sudning mustaqilligi va beg‘arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
· “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
· sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
· sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:
· fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansolarlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko‘rish;
· sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
· fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
· fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash;
· sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling