O‘zbekiston tarixi kafedrasi
XVIII asrda Buxoro va Qo‘qon xonliklarining diplomatik munosabatlari
Download 252 Kb.
|
Xonliklar diplomatiyasi Nazirjon
2.2 XVIII asrda Buxoro va Qo‘qon xonliklarining diplomatik munosabatlari
XVIII asrda Oʻrta Osiyoning qoʻshni Sharq davlatlari bilan aloqalarini oʻrganishda rus manbalari alohida ahamiyatga ega. Chunki rus manbalarida iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tahpil qilish, savdo yoʻllarini oʻrganish uchun qilingan hara- katlar, hamda qaysi mamlakatdan qanday mollar qancha mikdorda keltirilganligi haqidagi maʼlumotlar batafsil berilgan. Rus manbalari deganda, biz rus elchi va elchiliklarining hisobotlari, Buxoro, Xiva va Hind elchilari hamda savdogarlarining soʻrov maʼlumotlarini tushunamiz. Shu bilan birga shoh va podsholar hamda xonlarning bir-birlariga tortiqlari, sovgʻalari ham muhim dalil hisoblanadi. Chunki shular orqali Oʻrta Osiyoning Hindiston bilan Rossiya oʻrtasidagi savdodagi tutgan oʻrnini belgilash mumkin. Shuning uchun XVIII asrda rus diplomatlari, savdogarlari va Oʻrta Osiyoda bo’lgan rus olimlarining faoliyatlari muhimdir. XVIII asrda, yaʼni Petr I hukmronligi yillarida Rossiyaning Oʻrta Osiyoga qiziqishi kuchayadi. Urta Osiyo Rossiyani Sharqning savdo-iqtisodiy markazi, Rossiyadan Hindistonga boradigan msosiy yoʻllardan biri ekanligi bilan oʻziga jalb qilardi. 1714-yili Petr I Sibir gubernatori knyaz Gagarindan Erketi shaxrida (yaʼni Yorkend) oltin qumlar borligi xususida xabar topadi. Erketi bu davrda Jungʻor xonligiga boʻysunganligi bitiladi. Gagarin Petr I ga bu shaharni bosib olib, Yorkend Koʻlidagi Yammshev koʻli buyida qalʼa qurishni tavsiya qilgan. Nigraf Kaydalov kundaliklarida ham buhaqda maʼlumotlar bsrilgan. U Rossiya savdoni to Hindistongacha rivojlantirish maqsadida qilayotgan harakatlarini va oltin qumlarni topish uchun ekspeditsiya uyushtirishini Petr I ning buyuk jonbozligi, deb hisoblagan edi. Petr I Gagarinning xabaridan soʻng unga xat yozib, Yammshev koʻli boʻyida, iloji boʻlsa undan ham yuqorida shahar qurish, daryoda kemalar qatnashi mumkin boʻlgan joygacha suzib borib, soʻng Yorkendga borib, uni egallashni topshirgan edi. 1714-yilda Irtnsh daryosining yuqori oqimi boʻylab padpolkovnik Buxgols ekspeditsiyasi uyushtiriladi. Peterburgga kelgan Xiva elchisi ham Gagarinning maʼlumotlarini tasdiqlab, Amudaryodan ham oltin olinishini aytadi. Elchi, agarda rus davlati oʻzining odamlarini Xivaga joʻnatsa, Xiva xoni ularga oltinni topishga yordam beradi, deb ishontirgan edi. Shundan soʻng Petr I bu xabarni muhim bilib, tezlikda ikkala joyni ham tekshirtirish uchun ekspeditsiya joʻnatgan edi. Shunday qilib, Petr I har ikkala ekspeditsiya oʻz maqsadiga erishmagan taqsirda ham, Hindiston uchun yoʻl ochilishiga va savdodan koʻplab oltinlarni qoʻlga kiritishiga koʻzi yetgan edi. Urta Osiyo Rossiya uchun Hindistonga olib boradigan vositachi davlat boʻlib qolgan edi. Rus manbalarining bergan maʼlumotlariga koʻra, uzoq vaqtlardan buyon davom etib kelayotgan bahs XVI-XVII asrlarda Urta Osiyo Rossiya uchun Hindistonga kirib borish yoʻlida bir vajmi, yoki rus xukumatining manfatlariga xizmat qiladigan Sharqning muxdm mintaqasi yirik savdo markazimi, degan savolni tugʻdirdi. XX asrning boshlarigacha boʻlgan koʻplab tarixchilar birinchi nuqtai nazarning tarafdorlari boʻlib, ular Rus podsholari Oʻrta Osiyoga joʻnatadigan elchilarining aksariyatiga rus qullarini sotib olish va Hindistonga boradigan eng yaqin, qulay va xavfsiz savdo yoʻlini topish topshirilgan, deb xdsoblaydilar. Sovet adabiyotida bu kabi nuqtai nazarni Ye.V.Bunakov, P.P.Ivanov, D.M.Lebedevlar qoʻllab quvvatlaganlar. Ularning fikricha, Hindistonga kirib borish russlar uchun natija bermagan taqdirda ham, Oʻrta Osiyoga boradigan yoʻl maʼlum bir maʼnoda nafaqat topildi, balki uzgartirildi. Fikrimizcha, ikkinchi qarash haqiqatga yaqin koʻrinadi. Masalan: Oʻrta Osiyoga Rossiyaning munosabati masalasi tarixchi N.B.Baykova asarida oʻz aksini topgan. Muallif inqilobgacha boʻlgan tarixchilar va yuqorida nomlari tilga olingan olimlarni toʻgʻri tanqid qilgan. N.B.Baykovaning fikricha, Oʻrta Osiyo xonliklariga boradigan savdo yoʻllari XVI asrdayoq Rossiyaga maʼlum boʻlgan. Uning taʼkidlashicha, Rus davlati Hindistonga boradigan yoʻlni qidirib Oʻrta Osiyoga boradigan yulni ochgan va oʻzlashtirgan. Aslida esa Oʻrta Osiyodagi Xiva va Buxoro bozorlarida rus savdogarlari hind savdogarlari bilan uchrashganlar, rus hukumatiga qulayroq yoʻlni, yaʼni hindlar uchun odatiy boʻlgan Astraxan, Kaspiy dengizi va Eron orqali boradigan yoʻlni koʻrsatganlar. 1717-yil Petr I Amudaryo orqali Hindistonga boradigan yoʻlni topish maqsadida Bekovich Cherkasskiy ekspeditsiyasini Oʻrta Osiyoga yuboradi. Rus podshosi ekspeditsiyaga bergan koʻrsatmasida, “Xiva xonidan kema olib Kojina degan savdogarni Osiyo Rossiya uchun Hindistonga kirib borish yoʻlida bir vajmi, yoki rus xukumatining manfaatlariga xizmat qiladigan Sharqning muxdm mintaqasi yirik savdo markazimi, degan savolni tugʻdirdi1. XX asrning boshlarigacha boʻlgan koʻplab tarixchilar birinchi nuqtai nazarning tarafdorlari boʻlib, ular Rus podsholari Oʻrta Osiyoga joʻnatadigan elchilarining aksariya- tiga rus qullarini sotib olish va Hindistonga boradigan eng yaqin, qulay va xavfsiz savdo yoʻlini topish topshirilgan, deb xisoblaydilar. Sovet adabiyotida bu kabi nuqtai nazarni Ye.V.Bunakov, P.P.Ivanov, D.M.Lebedevlar qoʻllab quvvatlaganlar. Ularning fikricha, Hindistonga kirib borish ruslar uchun natija bermagan taqdirda ham, Oʻrta Osiyoga boradigan yoʻl maʼlum bir maʼnoda nafaqat topildi, balki uzgartirildi ham. Fikrimizcha, ikkinchi qarash haqiqatga yaqin koʻrinadi. Masalan: Oʻrta Osiyoga Rossiyaning munosabati masalasi tarixchi N.B.Baykova asarida oʻz aksini topgan. Muallif inqilobgacha boʻlgan tarixchilar va yuqorida nomlari tilga olingan olimlarni toʻgʻri tanqid qilgan. N.B.Baykovaning fikricha, Oʻrta Osiyo xonliklariga boradigan savdo yoʻllari XVI asrdayoq Rossiyaga maʼlum boʻlgan. Uning taʼkidlashicha, Rus davlati Hindistonga boradigan yoʻlni qidirib Oʻrta Osiyoga boradigan yulni ochgan va oʻzlashtirgan. Aslida esa Oʻrta Osiyodagi Xiva va Buxoro bozorlarida rus savdogarlari hind savdogarlari bilan uchrash- ganlar, rus hukumatiga qulayroq yoʻlni, yaʼni hindlar uchun odatiy boʻlgan Astraxan, Kaspiy dengizi va Eron orqali boradigan yoʻlni koʻrsatganlar. 1717-yil Petr I Amudaryo orqali Hindistonga boradigan yoʻlni topish maqsadida Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini Oʻrta Osiyoga yuboradi. Rus podshosi ekspeditsiyaga bergan koʻrsatmasida, “Xiva xonidan kema olib Kojina degan savdogarni Amudaryo orqali Hindistonga joʻnatish va kema borishi mumkin boʻlgan joyga qadar suzib borish, soʻng yoʻlni davom ettirib daryolar, koʻllar, suv va quruqlik yoʻli, ayniqsa, suv yoʻlini yozib borish, va Hindistondan shu yoʻl bilan ortga qaytish, agarda Hindistondan Kaspiy dengiziga boradigan undan ham yaxshi yoʻlni eshitsa, oʻsha yoʻl bilan kelish va uni ham yozib borish”, topshirilgan edi. Petr I ning ikkala ekspeditsiyasi ham magʻlubiyat bilan yakunlangan. Buxgolsni Irtmshning yuqori oqimida jungʻorlar haydab yuborgan boʻlsa, Bekovich-Cherkasskiy esa Xiva xoni tomonidan tormor keltirilgan edi. XVIII asr boshlarida Buxorodagi siyosiy vaziyat juda ogir bulgan. Xon hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan edi. 1721-1725 yillarda Oʻrta Osiyoda boʻlgan Florio Beneveni ekspe- ditsiyasi bu siyosiy holatning guvohi bulgan. Bu ekspeditsiya Buxoro xonining rus podshosidan elchi yuborishini soʻrab qilgan murojatiga javoban joʻnatilgan edi. Elchilikdan koʻzlangan asosiy maqsad, 1718-yil 13-iyuldagi “Koʻrsatma”da Buxoro xonligining ichki ahvolini toʻla-toʻkis oʻrganish, deb belgilangan edi. Bundan tashqari, Buxoro xonligining qushni Sharq davlatlari bilan savdo munosabatlarini oʻrganish, hamda Rossiya - Buxoro savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlarini topish vazifasi ham oʻrin olgan edi. Florio Benevenining ekspeditsiyasi XVIII asr boshlarida Buxoro xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haqidagi maʼlumotlarni kengaytirishga xizmat qilgan. U Buxoro xonining ichki va tashqi savdo rivojiga toʻsqinlik qilgan kuchli oʻzbek qabila boshliqlari bilan kurashishiga tugʻri kelganligini yozadi. Uning bergan maʼlumotlariga koʻra, xivaliklar, buxoroliklar va afgʻonlar uzoq vaqtdan buyon eronlik qizilboshlar bilan urush holatida boʻlgan1. Qoʻqon xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar boshqa xonliklarga nisbatan kechroq boshlangan. Xonlikning Rossiyadan ancha olisda joylashganligi aloqalar oʻrnatilishiga imkon bermagan. Vaholan-ki, Qoʻqon xonligi O’rta Osiyo xonliklari, qoʻshni Xitoy, Hindiston, Qirgʻiz dashtlari bilan jadal diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlari oʻrnatgan. XIX asr boshlaridan Rossiya Qoʻqon xonligiga katta qiziqish bilan qaray boshlagan. Rossiya xukumati siyosiy maqsadlarni ko’zlagan holda xonlikni oʻrganish uchun maxsus ekspeditsiyalar tashkil qilgan. Qoʻqon xonligi bilan Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarni tahlil qilishdan avval Quqon xonligining iqtisodiy taraqqiyotiga nazar tashlasak. Qoʻqon xonligi boʻyicha qoʻlyozma manbalar, rus sayyohlari va elchilarining hisobotlarida qiziqarli maʼlumotlar mavjud. Masalan, manbalardan Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Mahmud ibn Valining “Bahr ul-asror”, Sang Muhammad Badaxshiyning “Tarixi Badaxshon”, Mirza Olim Totikandiyning “Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin”, Niyoz Muhammad Xoʻqandiyning “Tarixi Shohruhiy”, Qurbon Ali Ayogʻuziyning “Tavorixi xamsayi sharqiy” asarlarida Qoʻqonning joylashgan oʻrni, xonlikning yirik shaharlari, ziyoratgoh joy- lari, bozorlari, dehqonchnpigi, hunarmandchiligi va madaniy hayoti toʻgʻrisida nayob maʼlumotlar mavjud. Quqon xonligi qulay geografik sharoitda, karvon yo’llari ustida va dehqonchilik qadimdan rivojlangan hududda joylashganligi sababli taraqqiy etgan edi. Xonlikning markazi va bosh shahri boʻlgan Koʻqonga oid maʼlumotlarga koʻra, uning yoshi 2000-yildan ortiqdir. Qoʻqon shahri XVIII-XIX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning ayni paytda O’rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. Oʻtmishda Qoʻqon shahri bir necha marta dushmanlar tomonidan talanib, vayron qilingan. Maʼlumki, XIII asrda moʻgʻullar Oʻrta Osiyoni istilo qilgan davrda juda koʻp shaharlar vayron qilinib, yer bilan yakson qilingan edi. Shunday shaharlar orasida Qoʻqon ham bor edi. Shundan soʻng Qo‘qon faqat 1709-yili qayta tiklangan va 1740-yilda esa shahar xonlik poytaxtiga aylantirilgan. Qoʻqon shahri xonlikning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaziga aylantirilgan. Xonlikda Qoʻqon, Toshkent, Andijon, Namangan kabi yirik shaharlar mavjud boʻlib, ularda xoʻjalik tarmoqlaridan hunarmandchilik sohasi keng koʻlamda taraqqiy topgan edi. Masalan: Quqonda hunarmandchilikning quyidagi turlari boʻlgan. Misgar, zargar, oʻymakor, qurolsoz, kulol, qogʻozgar, tuqimachi, doʻppi tikuvchi, kashtakach, koʻpriksoz, temirchi, nonvoy, aravasoz, baxmalbof. bujgun, buyoqchi, gilkor, dorikash, jibachi, devorzan, degrez, yormaduz, koʻnchi, miltiqsoz, najjor, nayzagar, pan- jarasoz, pillakash, poʻstindoʻz, taqachi, toʻbrez, paranjiduz, chodirchi, chevar, chitgar, gilamchi va hakozolar. Qoʻqon shahrida haftaning chorshanba va yakshanba kunlari bozor boʻlgan. Qoʻqon xonligida keng tarmoqli hunarmandchilik sohasining rivojlanganligi uning koʻshni davlatlar bilan savdo aloqalari oʻrnatishga imkon yaratgan. Zargarlikning rivojlanishiga Qoʻqonga qarashli bulgan hududsa oltin konlarining mavjudligi sabab bulishi mumkin. Masalan, oltin Kosonsoydan, Qoratogʻ shimolidagi Kukrev daryosidan, Chirchiq daryosi boʻylaridan, Chatkol daryosi yuqori oqimlaridan olingan. XVIII-XIX asrlarda Samarqandda qogʻoz ishlab chiqarish tanazzulga ketayotgan davrda Qoʻqonda qogʻoz ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyila boshlangan. Bu tovar tayyorlash Samarqandlik qogʻoz ishlab chiqaruvchi ustalarning Qoʻqonga koʻchib kelishi bilan bogʻliq. Buning natijasida Qo‘qon Orol dengizidan Xitoigacha qogʻoz taʼminoti bilan shugʻillanuvchi monopoliyaga aylanib qolgan desak xato boʻlmas. Qoʻqon qogʻozi Koshgʻar, hattaki shimoliy Afgʻonistonga ham olib borilgan. Qogʻoz ustaxonasi Qoʻqon shahrining Moʻyi muborak darvozasi orqasidagi maqbara yonida joylashgan. Qogʻoz juvozi oddiy saroydan iborat boʻlib, sathi 25-30 kvadrat metr, ayvonning bir tomonida juvozxona, boshqa tomonida qogʻoz xamiri uchun katta moslama joylashgan. Usta oʻz xalfalari yordamida bir kunda 300 varoq qogoz tayyor- langan. Qoʻqondan tashqari boshqa joylarda ham qogʻoz ishlab chiqilgan. Ammo Qoʻqon qogozi oʻzining sifati va koʻpligi bilan ulardan ancha ustun boʻlgan. So’nggi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyolik olimlar, tarixchilar, shoirlar oʻz asarlarini Qoʻqon qogʻoziga yozganlar. Bu qogʻozlardan devonxonada ham keng foydalanilgan. Mahalliy qoʻlyozma asarlar va turli xil diplomatik hujjatlar Qoʻqon qogʻozida yozilgan. XIX asr boshlarida Toshkentda boʻlgan sibir kazaki Maksimov qogʻoz Qoʻqon va Toshkentda tayyorlanadi, deb yozgan edi11. Quqon qogozining hajmi uzunligi 58 sm, eni 50 sm bulgan. Uning 240 varogʻi 1 bogʻ bulib, birinchi jahon urishi arafasida va boshlarida birinchi navi 6 rub., ikkinchi navi 4 rub. va uchinchi navi 3 rub. turgan. Quqonda ipakdan tayyorlangan, juda sifatli qogʻoz ham boʻlgan. Ipak qogʻozi juda qimmat boʻlganligi uchun ehtiyoj kam boʻlgan. Ipak qogʻozi maxsus buyurtma asosida tayyorlangan. Qoʻqon Oʻrta Osiyo xonliklari, Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan karvon yoʻllari orqali bogʻlangan boʻlib, xonlik ular bilan qizgʻin savdo munosabatlariga kirishgan. Rossiyaning Qoʻqon xonligi bilan savdo-siyosiy munosabatlari boshqa Oʻrta Osiyo xonliklariga nisbatan biroz sust rivojlangan. Bu holatni esa xonlikning Rossiyadan anchagina uzoqligi va Tashkent bekligi orqali ajralib turishi bilan izoxdash mumkin. Rossiya bilan Qoʻqon xonligi oʻrtasidagi savdo va diplomatik munosabatlar XIX asrning ikkinchi oʻn yilliklaridan boshlab jadal rivojlana boshlangan. Rossiya bilan Quqon munosabatlari dastlabki davrlarda doʻstona boʻlib, har ikki tomon bu aloqalardan manfaatdorday koʻringan. Ammo, koʻp utmay bu aloqalar oʻrnini dushmanlarcha munosabatlar egallay boshlagan. Chunki XIX asrning 50-60 yillariga kelib Rossiyaning Oʻrta Osiyo xonliklariga qarshi boshlagan birinchi harbiy yurishlari aynan shu xonlikka qaratilgan edi. Qoʻqon xonligi va Rossiya oʻrtasidagi savdo-iqgisodiy va siyosiy-diplomatik munosabatlar masalasi rus elchilari va sayyoxdari hisobotlarida, hamda maxsus asarlarda oʻz aksini topgan. Rossiyaning Qoʻqon bilan aloqalari Sibir orqali amalga oshirilgan. 1806-yil 13-yanvarda Sibir inspeksiyasining Rossiya kommersiya (savdo-sotiq) vaziri N.P. Rumyansevga bergan maʼlumotida Qoʻqonga savdo karvonini joʻnatganligini xabar qilgan. Biroq, savdogar Qoʻqonga yetib kelmasdan, Turkistondan orqaga qaytib ketgan. Navbatdagi Rossiyadan Qoʻqonga joʻnatilgan kalugalik savdogarlar Ivan va Akim Sveshnikovlar karvoni 1811-yilda Qoʻqon xonligiga muvaffaqiyatli yetib kelishgan. Qoʻqon xonligi bilan savdo-sotiqni birinchi marta yoʻlga qoʻyishga musharraf boʻlgan Ivan va Akim Sveshnikovlar rus hukumati tomonidan munosib takdirlangan edilar. Rossiyadan savdo karvoni kelganligidan ruxlanib ketgan Qoʻqon xoni Umarxon rus hukumatiga Sibir orqali erkin savdo munosabatlarini yoʻlga qoʻyishni iltimos qilib murojaat qilgan. Bu iltimos Peterburg hukmron doirapari manfaatlariga mos kelganligidan foydalangan Aleksandr I uni qoʻllab-quvvatlagan. Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligi bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga alohida ahamiyat berib, Qoʻqon xonligidan keladigan elchilar va savdogarlarni himoya qilish yoʻllari izlangan. Oʻrta Osis va Sibir munosabatlari buyicha yirik mutaxassis H.Ziyayevning maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaga kelgan Quqon xoni elchisi Shokirbek quqonlik savdogarlarning Rossiya imperiyasida erkin savdo qilishlari hamda Qoʻqon bilan Rossiya oʻrtasida savdo aloqalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish kerakligini bildirgan. Rus hukumati Rossiyadan Oʻrta Osiyoga joʻnatilayotgan ekspeditsiya va elchiliklarga maxsus topshiriqlar bergan. Xususan, 1813-yili Sibir korpusi tarjimoni Filipp Nazarov maxsus topshiriqlar bilan, Qoʻqonga, yaʼni Petropavlovskda Peterburgdan kelayotgan Qoʻqon xoni elchisining oʻldirilishi natijasida kelib chiqqan mojaroni hal qilish maqsadida kelgan. F.Nazarovning 1813-1814 yillarda Qoʻqon xonligiga qilgan sayohati natijasida, 1821-yilda “Zapiski o nekotormx narodax i zemlyax sredney chasti Azii” kitobi nashrdan chiqqan. Asar tarixiy-etnografik xarakterga ega. Kitobda qoʻqonliklarning Koshgʻar, Xitoy, Xiva, Buxoro va Sharqiy Eron bilan savdo aloqalari haqida xabar beriladi. U Qoʻqon xoni elchilarni qabul qilish marosimida ishtirok etib, qabul marosimi chogʻida Xitoy, Xiva, Buxoro va boshqa oʻlkalardan kelgan elchilarini koʻrgan. F.Nazarov Oʻratepa shahri haqida yozib, u yerda aholi loy (paxsa - A.R.) uylarda yashab, xonadonlarida pux roʻmollar to’qiydi, deb eʼtirof qiladi. Asarda Oʻratepa aholisi turkmanlar, eroniylar, Buxoroga qarashli boʻlgan joylardagi koʻchmanchi arablar bilan savdo qilishadi, deb taʼkidlanadi. 1826-yili “Aziatskiy Vestnik” jurnalida eʼlon qilingan maqolada Qoʻqon aholisi paxta va ipak yetishtirish bilan shugʻullanishi, qoʻqonliklar Xitoy, Xiva va Eron bilan savdo qilishi haqida maʼlumot berilgan. 1828-yilda Omsk shahriga qoʻqonlik elchilar Sadr Gamaldar Tursunxoʻja Nayzaxoʻja va Xoʻja Mir Qurbon Mamat Qosimovlar Rossiya podshosi Nikolay I ga ikki mamlakat oʻrtasida doʻstona aloqalar oʻrnatish taklifi bildirilgan Qoʻqon xoni yorligʻini topshirish uchun kelgan. Osiyo departamentida elchilar juda yaxshi kutib olingan hamda ularga Qoʻqon xonligidan keladigan elchilar va savdogarlarni imperiya oʻz himoyasiga olinishi bildirilgan, shuningdek Rossiya-Quqon munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish taklif qilingan. Ikki davlat oʻrtasidagi kslishuvga asosan 1829-yil 12-avgustda Omskdan qoʻqonlik elchilar bilan hamrohlikda N.I. Potanin Qoʻqonga elchi qilib joʻnatiladi. U Qoʻqon shahrida besh oy boʻladi va 1830-yilda yurtiga qaytish uchun yoʻlga chiqadi. N.I.Potanin sayohati davrida oʻzi shohid boʻlgan voqeahodisalarni yozib qoldirgan. Uning asarida Qoʻqon xonligi viloyatlaridagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, mahalliy yoʻllar, harbiy qoʻshin tuzilishi, diniy urfodatlar, oʻsimliklar dunyosi toʻgʻrisidagi turli xil maʼlumotlar qamrab olingan. Demak, yuqorida keltiridgan maʼlumotlarga asoslanib Qoʻqon va Rossiya ikki davlat oʻrtasida doʻstona savdo-iqtisodiy imoqalar oʻrnatilishidan manfaatdor boʻlgan. Manfaatdorlik hissi ular oʻrtasida elchilik va savdo-sotiqning rivojlanishiga xizmat qilgan, deyish mumkin. Ammo, XIX asr boshlarida Rossiya bilan Qoʻqon xonligi oʻrtasida boshlangan doʻstlik muhitidagi aloqalar asr oʻrtalariga kelib dushmanlik kayfiyati bilan almashinadi. Rossiyaning Oʻrta Osiyo hududlarini egallab, soʻngra afsonaviy Hindistonga chiqish orzusi uni janub tomonga bosqinchilik yurishlarini boshlashga sabab boʻldi. Rossiyaning Oʻrta Osiyo xududlariga dastlabki yurishi aynan Qoʻqon xonligiga qaratilgan boʻlib, bu harakat xonlikning tugatilishi bilan yakun topgan edi1. Qoʻqon xonligining Xitoy bilan aloqalarida Sharqiy Turkiston alohida mavqega ega boʻlgan. Chunki Qoʻqon xonligi Sharqiy Turkiston bilan bevosita chegaradosh, hamda uni Xitoy bilan bogʻlaydigan karvon yoʻllari Sharqiy Turkiston orqali amalga oshirilgan. Sharqiy Turkiston Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan (Shinjon) avtonom viloyati. 1760-yilda Shyarqiy Turiston Sin imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng Xitoy davlati unga Sinszyan “Yangi chegara” yoki “Yangi xudud” nomini bergan. Sharqiy Turkiston hududiy atama sifatida XVIII asrdan boshlab fanga kirib kela boshlagan. XIX asr ikkinchi yarmidan eʼtiboran rus sharqshunoslarining asarlarida Sharqiy Turkiston atamasi ishlatila boshlangan. Bu viloyat XVIII-XIX asrlarda Sharqda, soʻngra Yevropa va Rossiyada “Turkiston” deb atalgan. “Turkiston” ikki xil “Buxoro Turkistoni” va “Xitoy Turkistoni” nomi bilan yuritilgan. “Buxoro Turkistoni” gʻarbiy oʻlka, “Xitoy Turkistoni” deganda sharqiy hududlar tushunilgan. Xuddi shuning kabi XVIII-XIX asr birinchi yarmida rus va yevropalik olimlar Oʻrta Osiyoni “Katta Buxoro”, undan sharqdagi yerlarni “Kichik Buxoro” deb atagan. “Kichik Buxoro” yerlari bu Sharqiy Turkistondir. XVIII-XIX asrlarda Rossiya va Yevropa davlatlari Sharqiy Turkistonga katta qiziqish bilan qaray boshlagan. Rossiya hukumati siyosiy maqsadlarni koʻzlagan holda Sharqiy Turkistonni oʻrganish uchun maxsus ekspeditsiyalar tashkil qilgan. XIX asrda joʻnatilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan Ch.Ch.Valixanov, N.M.Prjevapskiy, M.V.Pevsov, V.I.Roborov va boshqalarning xizmatlarini alohida taʼkidlash oʻrinli hisoblanadi. Bundan tashqari bir qator rus olimlaridan V.V.Bartold, V.V.Radlov, S.F.Oldenburg, K.G.Zalemanlar Sharqiy Turkistonda olib borgan tadqiqotlari bilan tarix, tilshunoslik va arxeologiya sohasiga katta hissa qoʻshdilar. Tadqiqotlarda qo’lga kiritilgan ulkan arxeologik topilmalar, sanʼat asarlari, yozma manbalar tadqiqot doirasiga jalb qilingan. 1894-1895-yillarda V.I.Roborovskiy va P.K.Kozlovlar rahbarligidagi ekspeditsiya Turkiston vohasida olib borgan arxeologik tadqiqotlari natijasi bu hududning arxeologik yodgorliklarga boy oʻlka ekanligini namoyon qildi, u yerdan koʻplab sanskript, uygʻur va xitoy tilidagi yozma manbalar koʻlga kiritildi. 1902-yildan boshlab Yevropa olimlari Sharqiy Turkistonda arxeologik tadqiqotlar olib bordilar. 1902-yil sharqshu- noslarning XIII (gamburg) kongressida Oʻrta Osiyo va Sharqiy Osiyoni oʻrganish xalqaro assotsiatsiyasi tashkil qilinadi. Assotsiatsiya milliy qoʻmitalardan iborat bulib, rus komiteti (1903-1923 yy.) tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik tadqiqotlarni olib borishni maqsad qilgan. Yevropa arxeologlaridan D.A. Klemens, A. Gryunvedel, A. Lekok, A. Steynlar Kuchi, Qorashar, Turfan va Komul vohalaridagi ekspeditsiyalarda ishtirok etishgan. Ekspeditsiyalarda turli xil yodgorliklar devor rasmlari, haykalchalar, yogʻoch va metall buyumlar, sopol va boshqa madaniy boyliklar qoʻlga kiritilgan. Arxeologlarning Sharqiy Turkistondagi tadqiqotlari natijasida koʻplab ilmiy asarlar dunyo yuzini koʻrdi. Qoʻqon xonligining Sharqiy Turkiston bilan savdo munosabatlari jadal rivojlangan boʻlib, ular urtasidagi savdo Koshgʻar orqali amalga oshirilgan. Quqon bilan Koshgʻar oʻrtasidagi savdo aloqalari Muhammad Alixon (1822-1842) davrida Qoʻqon xonligining Sharqiy Turkiston bilan chegarasida bir nechta qurgʻonlar (Daraut-Qoʻrgʻon, Qizil-Qoʻrgʻon, S'oʻfi-Qoʻrgʻon) qurilganidan soʻng juda keng rivojlangan. 1831-yili Qoʻqon bilan Xitoy oʻrtasida tinchlik sulhi imzolangan. 1828-yildagi Qoʻqonga qarshi iqtisodiy sanksiyasi va savdoni taʼqiqlash toʻgʻrisidagi hujjat bekor qilinadi va 1832-yil 13-yanvardagi imperatorning maxsus farmoni bilan Koshgʻardan nafaqat choy va ravoch olib ketishga ruxsat berildi, hattoki Koshgʻarda Qoʻqon savdogarlariga bojsiz savdo qilishga ijozat berishgan. Koshgʻarning oltita shaharlari Oqsu, Koshgʻar, Uchturan, Xoʻtan, Yorkand va Yangihisorda Qoʻqon savdogarlaridan boj yigʻish uchun Qoʻqon xoni maxsus oqsoqollarini tayinlagan. Shunday qilib, shu davrdan boshlab, qoʻqonliklar Koshgʻar bilan savdoda monopol mavqega ega boʻlganlar. 1838 yil maʼlumotlariga koʻra, Buxorodan Kobulga juda koʻp tovarlar joʻnatilgan. Ular orasida Koʻqonnning kumush tangalari va kumush yombilari, xitoy shoyi roʻmollari va chinnisi, Koʻqon kanop losi ham boʻlgan. Buxoro Koʻqondan xom ipak va kanop losi olgan, bu tovarlar soʻng Afgʻonistonga sotilgan, Koʻqon va Xoʻjanddan guruch ham keltirilgan. Bu maʼlumotlar birinchidan, Koʻqonning Buxoro amirligi bilan savdo munosabatlari haqida, qolaversa Buxoro orqali xonlikning Afgʻoniston bilan savdosi aloqalariga kirishganligi toʻgʻrisida daliliy ashyolar hisoblanadi. Tadqiqotchilarning olib borgan izlanishlari Sharqiy Turkiston bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida serqatnov karvon yoʻllari o’tganligini ko’rsatadi. Fargʻona vodiysidan Koshgʻarga oʻtgan ikki yoʻnalishdagi karvon yoʻli boʻlgan. Biri Andijondan Oʻzgand, Chadirkoʻl va Toinboshi daryosi orqali Koshgʻarga boradi. Boshqasi esa Terekti-Dovon orqali Koshgʻarga eltadi. Ch.Ch. Valixonov Koshgʻarga sayohatida Oʻshdan Koshgʻarga boruvchi Terektin yoʻli bo’lganligini eʼtirof qilgan. Bu yoʻldan yil davomida har kuni yuk ortilgan otlar turnaqator boʻlib oʻtadi. Terektin yoʻli yoqilgʻi va yem-xashaklarga boy bo’lgan. Shu yoʻl orqali karvon Qoʻqondan Koshgʻarga 18 kunda yetib kelgan. Yorkenddan Xulmga, undan Buxoro va Kobulga boradigan Badaxshon yoʻli ham boʻlib, Buxorogacha 65 kunda bosib oʻtilgan. Sharqiy Turkiston bilan Qoʻqon xonligini bir-biriga bogʻlagan Pomir yoʻli boʻlib, yoʻllarning aksariyati Qoqon xonligiga yoki Qoretegin va Darvozga oʻtgan. XIX asr o’rtalarida Sharqiy Turkiston bilan Quqon xonligi o’rtasida savdo-sotiq aloqalari jadal rivojlangan. Valixanov sayyohlarning bergan maʼlumotlariga tayangan holda Sharqiy Turkiston shaharlarini bir-biri bilan bogʻlaydigan ichki karvon yoʻllari, hamda Qo’qon xonligi bilan tutashgan qatnov yoʻllari tugʻrisidagi yozib qoldirgan. Valixanov oʻz asarida Koshgʻardan Oʻshgacha oraliq 315 verstni tashkil qilishi toʻgʻrisida xabar bergan. Shu bilan birga Koshgʻardan Andijonga olib boruvchi qadimgi yoʻl Oʻzgand orqali oʻtganligini eʼtirof qiladi. Qoʻqon xonligi va Sharqiy Turkiston oʻrtasidagi savdo aloqalarini oʻrganishda Choʻqon Valixonov asarlari juda qoʻl keladi. Ch. Valixonov XIX asr sharqshunos olimlaridan biri hisoblanadi. Uning Markaziy Osiyo tarixi, geografiyasi, iqtisodiy hayotiga oid asarlari hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini saqlab kelmokda. U 1858-1859-yillarda Sharqiy Turkiston ekspeditsiyasida ishtirok etib Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy tarixi, etnografiyasi, Quqon xonligining davlat tuzumi, Sharqiy Turkiston va Koʻqon xonligi o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni oʻrgandi va o’zidan juda katta ilmiy meros qoldirdi. Uning “Koshgʻar safarini tashkil qilish haqida xotiralar”, “Koshgʻar kundaligi”, “Oltishaharning yoki Xitoyning Nan Lu (Kichik Buxoro) viloyatiga kiruvchi olti sharqiy shaharning umumiy ahvoli”, “Koshgʻarga qilingan sayohat”, “Qoʻqon xonligi toʻgʻrisida” va boshqa asarlarida Qoʻqon xonligi bilan Sharqiy Turkiston shaharlari oʻrtasidagi iqtisodiy-savdo munosabatlariga doir maʼlumotlari eʼtiborga loyiqdir. Ch. Valixonov Qoʻqon xonligi va Sharqiy Turkiston o’rtasidagi savdo aloqalariga toʻxtalar ekan, hattoki Sharqiy Turkistondagi hunarmand va savdogarlarning faoliyati bilan bogʻliq muhim maʼlumotlarni ham keltiradi. Uning maʼlu- motlariga koʻra, umumiy soni va ahamiyati jihatidan birinchi o’rinda qoʻqonliklar, keyin buxoroliklar, soʻngra badaxshonliklar, kashmirliklar va balxliklar turgan. Badaxshonliklar, kashmirliklar va balxliklar asosan Yorkand va Xoʻtanda istiqomat qilgan. Bundan tashqari mazkur shaharlarda koʻplab afgʻonlar, buxoro yahudiylari, hindlar, forslar, shirvonliklar va tatarlar istiqomat qilgan. Sharqiy Turkistonda oʻrtaosiyolik savdogarlarni «andijon- liklar» deb atashgan. Koshgʻarda maxsus «Andijon-koʻcha» degan koʻcha boʻlib, unda chetdan kelgan savdogarlar yashashgan. Sharqiy Turkistonga Qoʻqon, Samarkand, Buxoro savdogarlari qatorida toshkentlik savdogarlar ham borib savdo qilishgan. Koshgʻar tovarlari toshkentlik savdogarlar orqali Sibirga va Irbit Yarmarkasiga olib borilgan. Ularning hammapari Qoʻqon xonligi va Xitoy oʻrtasidagi 1831-yili tuzilgan shartnomaga asosan Koshgʻarda istiqomat qiluvchi, rezident va konsul huquqiga ega boʻlgan koʻqonlik oqsoqolga boʻysunganlar. Sharqiy Turkistonda turuvchi chet elliklar soni toʻgʻrisida Ch.Valixonov keltirgan maʼlumotlar ham diqqatga sazavordir. Uning maʼlumotlariga Ko’ra, muhojirlarning aksariyati Koshgʻarda istiqomat qiladilar, u yerdagi andijonliklarning oʻzi taxminan olti mingga boradi. Chet elliklar koʻp istiqomat qilib turgan shahar bu Koshgʻardan keyin Xoʻtan, soʻngra Yorkand hisoblanadi. Oqsu va Uchturfonda esa chet elliklar ancha kam. Koshgʻardagi chet elliklar mahalliy xalqning toʻrtdan bir qismini tashkil etib, 145 ming jonga boradi. Ch.Valixonovning Oʻrta Osiyo va Koshgʻar oʻrtasidagi savdo munosabatlarida savdoga qo’yilgan asosiy tovarlar haqidagi maʼlumotlari ham ahamiyatga ega. Bu maʼlumotlarga koʻra, Oʻrta Osiyodan Sharqiy Turkistonga olib borib sotiladigan tovar- larning asosiy qismini doroyi, parcha, indigo, ipak gazlamalar, mayda yoʻl-yoʻl yoki guldor shoyi, gulbara deb ataluvchi yupqa gazlama, podshoi va beqasam, tiniq rangli yarim ipak va ip gazlamalar, hamda alacha deb ataluvchi ip matolar, teri, qoʻy va qoramol, afyun, tamaki va Oʻrta Osiyoda ishlangan boshqa hunarmandchilik buyumlari tashkil etgan. Sharqiy Turkistondan Oʻrta Osiyoga esa choy, paxta, ipak, boʻz, gilam, billur idishlar va kumush keltirib sotishgan. Oʻrta osiyolik savdogarlar Sharqiy Turkiston bozorlarida Gʻarbiy Yevropodan kelgan tovarlar bilan ham savdo qilganlar. Shveysariyada, Fransiyada va Algliyada ishlab chiqarilgan yorqin qizil rangdagi chitlar, ingliz amerika karton qogʻozlari, qizil tusdagi ingliz kashmiri, oq muslin (harir va yupqa gazlama) va boshqalar shular jumlasidandir. Oʻrta Osiyolik, ayniqsa, qoʻqonlik va toshkentlik savdogarlar Rossiyadan Sharqiy Turkistonga rus tovarlarini keltirib sotishda vositachilik ham qilgan. XULOSA XVI-XIX asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida yalpi tanazzul hukmronlik qilgan degan fikr yetakchi oʻrin tutib kelgan. Binobarin, jahon sivilizatsiyasi oʻchoqlaridan biri bo’lib kelgan Oʻrta Osiyo XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yoʻli ahamiyatining soʻna boshlashi natijasida jahon savdosidan uzila boshladi. Bu holat oʻz navbatida xonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmay qolmadi. Ammo, nisbiy tanazzul davrida ham oʻrta osiyoliklarning qushni xalqlar bilan qadim zamonlardan buyon davom etib kelayotgan o’zaro aloqalari to’xtab qolmadi. Balki yangi sharoitda, yangicha kurinishda oʻzini namayon qila boshladi. Karvon savdosida Oʻrta Osiyo koʻplab Osiyo va Yevropa davlatlarining diqqat markaziga aylana boishadi. Oʻrta Osiyo bozori xalqaro savdo munosabatlarida oʻziga xos qabul qiluvchi, uzatuvchi va isteʼmolchi vazifalarni oʻtay boshladi. Bilʼaks, Oʻrta Osiyo xonliklari ham qadimiy karvon yoʻllarining maqsad yoʻnalishlarini oʻziga qaratgan holda tashqi savdo munosabatlarini uyushtirishdan doimo manfaatdor boʻldilar va bunga yoʻl qidirishdan toʻxtamadilar. Ammo bu harakatlarning rivoji yoki ravnaqiga to’sqinlik qilgan omillar ham yonma-yon oʻz taʼsirini ko’rsatib keldi. So’nggi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari ichki hayotida qanday siyosiy vaziyat hukmron boʻlishidan qatiy nazar, Oʻrta Osiyo xonliklarining qushni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari uzluksiz davom etuvchi jarayon sifatida oʻzini koʻrsatganligini quyidagicha ifoda qilish mumkin: 1. Oʻrta Osiyo xonliklari bilan Hindiston, Afgoniston, Eron, Xitoy davlatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalar oʻrnatish har ikki tomon uchun manfaatli boʻlgan. 2. Buxoro va Xiva xonliklari Hindiston, Afgʻoniston va Eron bilan bevosita savdo aloqalariga kirishgani holda, Xitoy bilan savdo aloqalari biroz cheklangan. Oʻrta Osiyo xonliklari bilan savdo aloqalarida afgʻon qabilalari (povinda) vositachi vazifasini oʻtagan. 3. Qoʻqon xonligi Oʻrta Osiyo xonliklari orasida hududiy yaqinlik tufayli Xitoy, jumladan Sharqiy Turkiston bilan savdo aloqalariga jadal kirishgan davlat sifatida eʼtirof etilgan. Sharqiy Turkiston shaharlarida, jumladan Koshgʻarda “Andijonkoʻcha” nomi bilan mashhur mahallalar boʻlgan. 4. Qoʻqon Oʻrta Osiyo xonliklarini Xitoy tovarlari bilap taʼminlay oladigan yagona xonlik va vositachi davlat hisoblangan. 5. Oʻrta Osiyo xonliklarining Sharq davlatlari bilan savdo aloqalarida buxorolik, xivalik va qoʻqonlik savdogarlar muhim rol oʻynagan. 6. XVI-XX asr boshlarida Oʻrta Osiyo xonliklari tashqi siyosat strategiyasida Rossiyaning diqqat markazida bulgan. Yevropa davlatlarining, xususan Angliyaning Oʻrta Osiyoga nisbatan rejalariga qarama-qarshi Rossiya nafaqat Oʻrta Osiyoni egallash, balki u orqali Hind okeaniga, yaʼni dunyo bozoriga qulay va yaqin yoʻldan chiqishni koʻzda tutar edi. Shu maqsadda Rossiya koʻp marta xonliklarga elchilik missiyalarini joʻnatgan. Hatto, Rossiya Oʻrta Osiyoni istilo qilishdan ancha avval xonliklarga maxsus harbiy ekspeditsiyalar yuborgan hollar ham tariximizdan maʼlum. Download 252 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling