O‘zbekiston tarixi kafedrasi
Download 252 Kb.
|
Xonliklar diplomatiyasi Nazirjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘qon xonligining boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlari mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: M.Boltaboev. FARG‘ONA - 2022
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI O‘ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI 5120300- Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi III - kurs 19.76 B guruh talabasi Nazirjonov Nazirjonning O‘zbekiston tarixi fanidan Qo‘qon xonligining boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlari mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: M.Boltaboev. FARG‘ONA - 2022 MUNDARIJA KIRISH ……………………………….……………………….……………... 2-5 I BOB O‘ZBEK XONLIKLARINING TASHKIL TOPISHI …….………… 6-14 1.1 Buxoro va Xiva xonligining tashkil topishi ……………………………. 6-11 Qo`qon xonligining tashkil topishi…………………..…………............12-14 II BOB QO‘QON XONLIGINING DIPLOMATIK MUNOSABATLARI…15-31 2.1 Xiva va Qo‘qon xonliklarining diplomatik munosabatlari……………...15-17 2.2 XVI-XVII asrlarda Buxoro amirligi va Qo‛qon xonligining diplomatik munosabatlari ……………………………………………………….…….. 18-31 Xulosa …………………………………………………………….………. 32-33 Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………........... 34-34 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgach, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida tubdan oʻzgarishlar va islohotlar amalga oshirila boshlandi. Vatanimiz mustaqilligi barcha so- halarda boʻlgani kabi, tarixchi olimlar zimmasiga ham masʼu- liyatli vazifalarni yukladi. Jumladan, sovet hukmronligi yil- larida soxtalashtirilgan tariximizni turli tazyiqlardan xoli ravishda haqqoniy va obʼektiv yoritish vazifasi tarixchi olim- lar oldiga quyilgan asosiy talablardan biriga aylandi. Uzligimizni anglash, vatanimiz tarixiga nisbatan xolis va haqqoniy qarash, milliy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi aynan mustaqillik sharofati bilan yuzaga chiqsi. Uzbekiston qadim zamonlardan Gʻarb va Sharqni bogʻlovchi qulay, tarixiy-geografik mintaqada joylashganligi, Buyuk Ipak yulining asosiy yunalishlari mamlakatimiz hududidan oʻtganligi turli xalqparning iqgisodiy, siyosiy, maʼdaniy va diplomatik aloqalarida muhim oʻrin egallab kelgan. “Tarixan hozirgi Oʻzbekistonning hududi shunday joy boʻlganki, bu yerda koʻhna savdo yoʻllari (mashhur Buyuk Ipak yoʻli) tutashgan, jushqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir-birini uzaro boyitishi jarayoni kechgan hudud hisoblangan”. Ana shunday aloqapar natijasi oʻlaroq, XVI-XX asr boshlarida Oʻrta Osiyo xonliklarining qoʻshni davlatlar bilan aloqalari taraqqiy qilib borgan. Oʻrta Osiyo davlatlari uzoq davrlar mobaynida Xitoy, Hindiston, Eron, Afgʻoniston va Sharkdagi boshqa mamlakatlar hamda Rossiya bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarda boʻlib keldilar. Ayniqsa, Oʻzbekistonning koʻshni davlatlar bilan hozirgi kundagi yaqin doʻstona aloqalar oʻrnatishga qaratilgan tashqi siyosatining ildizlari oʻsha uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Maʼlumki, XVI asrdan boshlab Oʻrta Osiyo hududida Buxoro va Xiva xonliklari, XVIII asr boshlarida esa Qoʻqon xonligi vujudga kelgan. XVI-XX asr boshlarida Oʻrta Osiyo xonliklari Sharq davlatlari, jumladan Xitoy, Hindiston, Eron, Afgʻoniston va Rossiya bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni amalga oshirgan. Koʻp sonli manbalar, sayyoqlarning yozganlari, elchilik xujjatlari, elchilarning hisobotlari, statistik hisobotlar va ilmiy adabiyotlar xonliklarning tashqi munosabatlari haqida maʼlumotlar beradi. Download 252 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling