O‘zbekiston tarixi


Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi: 
- xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror toptirishni
xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda 
to‘liq imkoniyatga ega bo‘lishini; 
- qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy 
davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralaring tuzilmasini 
tubdan yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlarini 
aniq belgilab qo‘yish va adolatli qonunchilikni vujudga keltirishni; 
- barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi va qonunning ustunligi, jamiyat 
manfaatlari va aholi havfsizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etishni
- O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan har bir kishi, 
milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi 
bo‘lishiga munosibdir, degan insonparvarlik qoidasini ro‘yobga chiqarishni; 
1
 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т.Ўзбекистон, 1999, 7-бет. Асарлар, Т.?, 373-бет 


- ozchillikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, ularning 
madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va an’analari saqlanishi hamda rivojlanishini 
kafolatli ta’minlashni; 
- bir mafkuraning, bir dunyo qarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy 
tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olinishi; 
- chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi sifatida ko‘ppartiyaviylikni amalda 
shakllantirishni bildiradi. 
 
Iqtisodiy sohada: 
- milly boylikning ko‘payishi, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib 
ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib oruvchi iqtisodiyotni barpo 
etishni; 
- ijtimoiy 
jihatdan 
yo‘naltirilgan 
bozor 
iqtisodiyotini 
bosqichma-bosqich 
shaklantirishni, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishni; 
- mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilininshini ta’minlash va 
barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni; 
- iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokimlikka barham berish, 
korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo‘jalik 
faoliyatiga bevosita aralashuvdan voz kechishni; 
- mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo‘lib qolgan taqdirda ijtimoiy 
muhofazaga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishni; 
- tabiiyo resurslardan ayovsiz foydalanishga , atrof-muhitga, ekologik vaziyatga ziyon 
etkazishga yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling