O‘zbekiston tarixi
O‘zbekiston Konstitutsiyasi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
O‘zbekiston Konstitutsiyasi Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, mustaqil demokratik huquqiy
davlatning tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sharti Konstitutsiyaning mavjudligidir. Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqazo etardi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qililsh sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992 yil 26 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992 yil 26 noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli bo‘ldi. Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Oliy kengashning 1992 yil dekabrda bo‘lgan XI cessiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. «Shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki, - degan edi Prezident I.A.Karimov sessiyada so‘zlagan nutqida, yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha e’tirof etgan qoidalariga amal qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Frantsiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya tajribasidan foydalanildi». Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992 yil 8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling