O‘zbekiston tarixi


O‘zbekiston davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan ma’qullanishi. Islom


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

 
2.O‘zbekiston davlat mustaqilligining umumxalq tomonidan ma’qullanishi. Islom 
Karimov O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil noyab-rida bo‘lgan VIII sessiyasi 
Davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish xaqidagi masalani ko‘rib chiqdi. 
Oliy Kengash sessiyasi 1991 yil 18 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi referendumini 
o‘tkazish to‘g‘risida» qaror qabul qildi.Qarorda quyidagilar belgilandi : 
1. 
1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi o‘tkazilsin. 
2. 
Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritilsin: 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?».
12
Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991 yil 29 dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. 
1991 yil 29 dekabr kuni umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Referendumda 9.898707 
kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda 
qatnashganlarning 98,2 foizi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz 
berdi.
13
«O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risidagi qonunning 26-moddasiga 
muvofiq Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi e’lon 
qilgan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
mustaqilligi 
umumxalq 
tomonidan 
ma’qullanganligini e’tirof etdi».
14
 
O‘zbekiston Davlat mustaqilligining, istiqlol va erkinligining e’lon qilinishi, uning butun 
tarixiy taraqqiyoti natajalaridan kelib chiqadigan ob’ektiv va qonuniy hodisadir. 
12
Ўзбекистон Республикаси : мустақил давлатнинг бунёд бўлиши. Т. Ўзбекистон, 1991, 17 - бет. 
13
Ўша жойда., 51-бет. 
14
Ўзбекистон Республикаси : мустақил давлатнинг бунёд бўлиши. Т., Ўзбекистон, 1992,


Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra 
bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling