O‘zbekiston tarixi


 – mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

10 – mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga 
qarshi qurolli harakati
REJA: 
1. 1917 yil fevral inqilobining Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri.
2. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, uning shovinistik 
siyosati. 
3. Turkiston muxtoriyati. Sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat. 
4. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o‘sib borishi.
Adabiyotlar: 
1. 
Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida… -T.: O’zbekiston, 1997, 49-
69 betlar. 
2. 
Usmonov Q. va boshqalar.O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 
2006, 249-278-betlar. 
3. 
O’zbekistonning 
yangi 
tarixi. 
Ikkinchi 
kitob. 
O’zbekiston 
Sovet
mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq. 2000, 10-113 betlar. 
4. Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. -T.: 
Universitet, 1999, 66-75 betlar. 
5. 
Usmonov Q,. Sodiqov M O’zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). -T.: Sharq, 2002, 1 
bob. 5-69 betlar.
6. 
Murtazaeva R.X. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: 2003, 381-426-betlar 
 
1. 1917 yil fevral inqilobining Turkiston jtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri. 
Chor Rossiyasining Turkistonda joriy etgan ma’muriy boshqaruvi tizimi xalqning 
boshiga solingan siyosiy sirtmoq bo‘ldi. Bosqinchilar avvalo Turkiston boyliklarini talon-taroj 
qildi, so‘ngra o‘lkani xom ashyo bazasiga aylantirib iqtisodiyotni o‘z manfaatlari yo‘lida jilovlab 
oldi. Og‘ir soliqlar, g‘ayri majburiyatlar aholini tabora qashshoqlashtirib bordi. 
Mustamlakachilar mahalliy aholining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini oyoq osti qilardi, 
ma’naviy zug‘um kuchayib bordi.
Turkiston xalqlarining Chor Rossiyasi qo‘shinlarining bosqinchilik yurishlariga 
qarshi Vatan ozodligi uchun kurashi oldingi mavzuda yoritilgan edi. Rossiya Turkistonni o‘z 
mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. 
Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqni noroziligi, nafrati oshib bordi, qo‘zg‘olon 
ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar 
hunarmand-kosiblari, kambag‘allar bo‘ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy 
g‘ururini yo‘qotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar.
1879 yilda 600 ga yaqin g‘alayonchi Farg‘ona viloyat boshqarmasi binosini qurshab olib, 
harbiy gubernatordan Marg‘ilon tumanidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qiladi. 
G‘alayonchilar avzoidan cho‘chigan, vaziyatning jiddiyligini anglagan viloyat harbiy gubernatori 
bo‘lajak katta janjalning oldini olish maqsadida xalqqa yon bosib, ularning talablarini o‘rganib 
chiqishga va’da beradi va g‘ayriqonuniy soliq yig‘uvchilarni aniqlab, ularni ishdan 
chetlashtirishga majbur bo‘ladi.
1880-1883 yillarda mustamlakachilik zulmiga qarshi qator chiqishlar bo‘lib o‘tdi. 
Xo‘jand, O‘ratepa, Namangan, O‘sh va Chustda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar bunga misol 
bo‘laoladi. Mustamlakachilar harbiy kuch bilan qo‘zg‘olonlarni bostirib, harakat boshliqlarini 
qamoqqa olib, faollarni qattiq jazoladilar. 1885 yilning yozida Farg‘ona vodiysida xalq 
qo‘zg‘olonlari qaytadan avj olib ketdi. Endi qo‘zg‘olonchilar kurash usullarini o‘zgartirib, boylar 
va volost hokimlarining qo‘rg‘onlariga o‘t qo‘yadilar. Qo‘zg‘olon birin-ketin viloyatning barcha 


uezdlariga yoyiladi, ba’zi joylarda qurolli harakat tusini oladi. Manbalarda 1885-1892 yillarda 
Farg‘ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari, xarakatlari ko‘tarilgani qayd etilgan.
Farg‘onadagi vaziyatdan cho‘chigan viloyat harbiy-gubernatori Verevskiy aholidan ko‘z-
quloq bo‘lib turish uchun Markaziy hukumatga maxfiy siyosiy politsiya xizmatini tashkil etish 
taklifini ilgari suradi. U Farg‘ona viloyatining har bir tumanida maxfiy ayg‘oqchilar tarmog‘ini 
vujudga keltirish uchun o‘z ixtiyoridagi mablag‘dan foydalandi. O‘lkaning oliy harbiy-siyosiy 
doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to‘lqinini pasaytirish uchun ta’sirchan vosita 
izlay boshladi. Qurolli kuchlar va politsiya xizmatini kuchaytirish tadbirlari uchun bir yilda 5,5 
mln. so‘m sarflanadi. Holbuki, undan ham muhim hisoblangan temir yo‘l uchun bor yo‘g‘i 190 
000 so‘m ajratilganini hisobga olsak, chor hukumatining xalq harakatidan naqadar xavotirga 
tushgani aniq bo‘ladi
2

1892 yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakchilarini talvasaga 
solgan va tarixga «vabo isyoni» yoki «toshotar voqeasi» sifatida kirgan qo‘zg‘olon bo‘ldi. Iyun 
oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma’muriyati shoshilinch choralar ko‘rdi. Vabo kasali 
bilan o‘lganlarni shahar ichkarisidagi 12 ta qabristonga ko‘mish man etildi, shahar tashqarisida 4 
ta yangi qabriston ochiladi, deb e’lon qilindi. Shahardan chiqish va kirish nazorat ostiga olindi. 
Shaharda vabo kasaliga chalinganlar yo‘q qilinar ekan, degan mish-mishlar tarqaldi. Mustamlaka 
ma’muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lgan bu tadbirlar haqida aholi o‘rtasida 
tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim, qonun-qoidalarini hisobga 
olmadi. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston o‘rniga faqat bittasi ochildi. Boshqa kasallik bilan 
o‘lganlarni shahar ichkarisidagi qabristonlarga ko‘mish ishlarini rasmiylashtirish ham cho‘zilib 
ketdi, suiiste’molliklar kuchaydi. Odamlar noiloj o‘likni eski qabristonlarga olib borib ko‘mishga 
majbur bo‘ldi. Politsiya bundaylarni topib hibsga ola boshladi. Qabristonni ochib, o‘lganlarning 
ruhi haqorat qilindi. Shaharning eng taniqli kishilaridan hisoblanmish Azizyor Eshon, 
Abulqosim xo‘ja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqa kishilar boshchiligidagi mingga 
yaqin kishi shahar boshlig‘i mahkamasi tomon yo‘l oldilar. Ularga hokim to‘ra-shahar boshlig‘i 
polkovnik S.R.Putintsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub to‘qnash kelishdi. 
Qamchisini o‘ynatib kelgan oqsoqol xalqning so‘zlarini, arz-dodini tinglash o‘rniga unga 
dag‘dag‘a qila boshladi. Halq uning boshiga toshlar yog‘dirdi. Mashhur «Toshotar» voqeasi 
boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik 
Putintsev esa o‘zining sodiq qulini panohiga olib, xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan 
oqsoqolni berishini talab qildi. Putintsev ham muzokara o‘rniga kuch ishlatishni afzal ko‘rib, 
to‘pponchasini g‘ilofidan chiqarib, dag‘dag‘aga o‘tdi. Sabr kosasi to‘lgan xalq, uzoq o‘ylab 
o‘tirmay, hokimga hujum boshladi, Putintsev va uning mirshablarini do‘pposladilar, haloyiq 
mahkamani ham ostin-ustun qildilar. 
Qurollangan soldatlar etib kelgach, xalq ayamay o‘qqa tutildi. Natijada ko‘p kishi halok 
bo‘ldi va yaralandi. O‘lganlar va yaradorlarning miqdori haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. 
Chunki xalqning o‘zi jasadlarni va yaradorlarni o‘zlari bilan olib ketishdi. Keyingi kunlari 
Anhordan topilgan mayitlar soni 80 taga etgan. Qo‘lga olingan 60 kishi turli muddatlarga qamoq 
jazosi va surgunga hukm qilindilar. Mustamlakachilarning zo‘ravonligi xalqning ozodlik 
harakatini to‘xtatib qololmadi. 
Turkistonda ko‘tarilgan ozodlik harakatining eng yirigi 1898 yilgi Andijon 
qo‘zg‘olonidir. Qo‘zg‘olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlog‘ida yashovchi Muhammad 
Ali Eshon boshchilik qildi. U otasining kasbini olib duk yasardi, shuning uchun uni Dukchi 
Eshon deb atashardi. Muhammad Ali Buxoroda o‘qidi, Makkaga hajga boradi, Farg‘ona 
viloyatidagi Sultonxon To‘ra Eshon xizmatida bo‘ldi. Uning vafotidan keyin o‘zi Eshon bo‘ladi. 
Uning maqsadi rus hukmronligidan qutilish, Farg‘onada o‘z kishisini xon qilib ko‘tarish edi. 
Uning atrofida kambag‘allar to‘plana bordi, bog‘lar yaratdi, suvsiz erlarga suv chiqardi. 
Muhammad Ali Eshon o‘z muridlari bilan kengashib mustamlakachilarga qarshi hujum qilish 
rejasini tuzadi. 
2
Қаранг: Ўзбекистоннинг янги тарихи. Ьиринчи китоб, 344-348 бетлар. 


1898 yil 17 may kuni bir guruh kishilar Muhammad Ali Eshonni oq kigiza o‘tqazib, xon 
deb ko‘tardilar, xaloyiqni qo‘zg‘olonga da’vat qildilar. Shu kuni xufton paytida har kim qo‘liga 
tushgan narsani olib, taxminan olti yuz kishi Andijon shahariga jo‘nadilar.
Eshon boshliq qo‘zg‘olonchilar Qo‘tchi qishlog‘iga kirishganda yana 200 kishi 
qo‘shilgan. Qoraqo‘rg‘on va Oqchidan o‘tib Qo‘yliga yaqinlashganida ularga mingboshi 
G‘ayibnazar o‘z yigitlari bilan qo‘shiladi. Qo‘zg‘olonchilar Andijonga yaqinlashganlarida ularga 
boy savdogar Aliboy qurollangan 190 yigiti bilan qo‘shiladi. Qo‘zg‘olonchilar soni 2000 kishiga 
etadi. Qo‘zg‘olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy garnizoniga bostirib kiradi va 
kazarmaning piramidalarida turgan 30 ga yaqin miltiqni o‘lja qilib olib, birinchi qatordagi 
soldatlar ustiga tashlanishadi. Ularga ichkaridagi soldatlar qarshilik ko‘rsatadilar. Chorak soat 
davom etgan otishmadan so‘ng qo‘zg‘olonchilar to‘rt o‘lgan sheriklarini tashlab chekinadilar. 
Harbiy garnizondagilardan 23 kishi halok bo‘ladi, 24 tasi yarador bo‘ladi. 
Andijonda, ayniqsa Rossiyaliklar yashaydigan yangi shaharda mustamlakachi 
amaldorlardan tortib to oddiy fuqarogacha vahimaga tushib, uylariga bekingan va musulmonlar 
yalpi hujumini kutgan. Hatto tumanboshi polkovnik Konshevskiy ham ko‘chaga chiqishdan 
qo‘rqib uyida bekinib yotadi. Eski shahar oqsoqoli Xolbahodir mingboshi uning oldiga 
kelganidagina u voqeaning tinch tugaganini bilgan va darhol askar chaqiradi. Ular yangi 
shahardan boshlab ko‘ziga ko‘ringan musulmonlarni otadi. Bu voqealardan mutlaqo bexabar, 
ertalab ishlashga chiqqan minglab dehqonlar va hunarmandlar mustamlakachilar o‘qidan nobud 
bo‘lishadi. Harbiy qo‘shinlar shaharni o‘rab olib, qo‘zg‘olonni harbiy kuch bilan 
shafqatsizlarcha bostiradi. 
Mustamlakachilar Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga yurdilar, yo‘lda 
duch kelgan kishini otib o‘ldirib Mingtepaga bostirib kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv 
o‘tkazdilar. Nihoyat, Eshon Arslonbob yaqinidagi Toshko‘prikda qo‘lga tushirildi. Eshon va 
uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatag‘on uyushtirildi. 
Dukchi Eshon osib o‘ldirildi, uning 45 nafar yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga surgun 
qilindi. 
Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni izsiz ketmadi. Butun Farg‘ona vodiysida mustamlakachilarga 
qarshi harakat davom etdi. Yakkatut, Namangan, Beshariq, Marg‘ilon va boshqa tuman va 
qishloqlarda bosqinchilarga qarshi harakatlar bo‘ldi. 1898 yilgi qo‘zg‘olon chorizmga qattiq 
zarba berdi, uning negizlarini titratdi. Qo‘zg‘olonchilar Vatan ozodligi uchun kurash tarixi 
sahifalaridan munosib o‘rin egalladilar. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling