O‘zbekiston tarixi


ularning mustaqillikni mustahkamlashdagi ahamiyati


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

ularning mustaqillikni mustahkamlashdagi ahamiyati. 
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. 
Birinchi bo‘lib, davlat mustaqilligining ramzlari belgilab olindi. 
O‘zbekiston RespublikasiningDavlat bayrog‘i o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zR Oliy 
Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog‘i, uning ramzi 
mamlakatimiz xududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayrog‘iga xos bo‘lgan 
eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarni, 
xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi. 
Bayroqdagi moviy rang hayotimiz mazmuni aks etgan mangu osmon va obi hayot 
ramzidir. Timsollar tilida bu–yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuxrat va sadoqatni bildiradi. 
Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. 
Bayroqdagi oq rang–tinchlik va poklik timsolidir. 
Yashil rang–tabiatning timsoli, gurkirab yashnayotgan hayot va hosildorlikning ramzidir. 
Qizil yo‘llar–bu xar bir tirik jon qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, vujudimizda 
jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning, tinyalikning ramzidir. 
O‘zbekistonning Davlat gerbi, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining X sessiyasida 1992 yil 3 iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini 
keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-
qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o‘zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga etaklovchi 
kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan. Bizning buyuk bobomiz Alisher Navoiy Xumo qushini 
jamiki tirik mavjudodlar ichida eng sahovatlisi sifatida ta’riflab bergan. 
Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining va barqarorligining ramzi bo‘lgan sakkiz 
qirrali yulduz tasvirlangan bo‘lib, uning ichida musulmonlarning qutlug‘ ramzi bo‘lgan yarimoy 
va besh qirrali yulduz joylashtirilgan. 
Gerbdagi quyosh tasviri – bizning davlatimiz va halqimizning hayot yo‘li hamisha nurli 
bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyatdir.


Boshoqlar – risq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan paxta 
chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari-serquyosh yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan 
asosiy boyligimiz ramzidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga 
o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilgani – Respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining 
timsolidir. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 10 dekabrda qabul qilindi. Davlat 
madhiyasining matni O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O‘zbekiston xalq 
bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling