O‘zbekiston tarixi


Ikkinchilan, tinchlik, totuvlik, osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, adolat  o‘rnatish.  Uchinchidan


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Ikkinchilan, tinchlik, totuvlik, osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash, adolat 
o‘rnatish. 
Uchinchidan, fuqarolar va millatlararo tinchlikni saqlash. 
To‘rtinchidan, tadbirkorlikka, korxonalar va xo‘jaliklarga erkinlik berish, chet el 
sarmoyalarini va zamonaviy texnologiyani yurtimizga olib kirish. 
Beshinchidan, ma’naviyatimizni tiklash, oshkoralikni ta’minlash. 
Oltinchidan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash ishlariga e’tibor qilish. 
Ettinchidan, jahonga, butun dunyoga olib chiqadigan yo‘llarimizni kengaytirish. 
Sakkizinchidan, ko‘p partiyaviylik zamoniga o‘rganish, ongimizni shunga moslashtirish
O‘zini-o‘zi boshqarish usulini keng joriy qilish. 
To‘qqizinchidan, vayron bo‘lgan boshqaruv tizimini o‘rnida o‘zimizning binomizni 
tezroq tiklash. Qonunni xurmat qilish va unga bo‘ysunish. 
O‘ninchidan, xalq bilan, uning dardi bilan birga bo‘lish, xalq noiblari, millit vakillariga 
suyanish.
17
 
 
Islom Abdug‘anievich KarimovO‘zbekiston Respublikasining umumxalq 
saylagan birinchi Prezidenti.
Islom Abdug‘anievich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqandda tug‘ildi. O‘rta Osiyo 
Politexnika va Toshkent xalq xo‘jaligi institutlarini bitirib, muxandis-mexanik va iqtisodchi 
mutaxassisliklariga ega bo‘ldi. 
15
Ўша жойда, 52-бет. 
16
Ўзбекистон Республикаси : мустақил давлатнинг бунёд бўлиши. Т., Ўзбекистон, 1992, 48-бет. 
17
Ўша жойда, 58-67 – бетлар. 


I.Karimovning mehnat faoliyati Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida 
boshlaydi. Bu erda u usta yordamchisi, usta-texnolog bo‘lib ishladi. Hayotining salmoqli davri 
og‘ir samolyotlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik korxona bo‘lgan Toshkent aviasozlik ishlab 
chiqarish birlashmasi bilan bog‘liqdir. Bu erda I.Karimov muhandislik va etakchi muhandis 
konstrutor lavozimlarida ishladi. 
I.Karimov 1966 yildan boshlab hukumat idoralarida ishlaydi. Dastlab, O‘zbekiston Davlat 
rejalashtirish qo‘mitasida u bo‘lim bosh mutaxassisligidan tortib, to Davlat rejalashtirish 
qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosarligigacha bo‘lgan bosqichlarni bosib o‘tdi. 
I.Karimov 1983 yilda O‘zbekiston moliya vaziri, 1986 yilda Ministrlar Soveti Raisi 
o‘rinbosari va ayni paytda Davlat rejalashtirish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. 
O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Kommiteti birinchi kotibi etib saylangan 
I.Karimov, 1989 yilning iyunida amalda respublikani boshqardi. Kompartiyani tubdan isloh 
qilish, uni 1991 yil noyabrida tamomila yangi mafkura va siyosatga ega bo‘lgan Xalq 
Demokratik partiyasiga aylantirish, mamlakatda ko‘ppartiyaviylik uchun sharoit yaratish ham 
uning xizmatidir. I.Karimov hozirgi paytda partiya a’zosi emas. 
I.Karimov 1990 yil 24 martda O‘zbekiston Oliy Kengashi sessiyasida Respublika 
Prezidenti etib saylandi. 
1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qildi. I.Karimov 
mutaqillikning birinchi kunidan boshlab mamlakatda demokratik xuquqiy davlat qurish, ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, uning jahon xamjamiyatiga qo‘shilishini 
ta’minlash bo‘yicha qat’iy va izchil siyosat yuritib kelmoqda. 
O‘zbekiston Qahramoni, ko‘plab ilmiy asarlar muallifi, akademik, qator xorijiy 
universitetlarning faxriy doktori. 
3. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitutsiyasining qabul qilinishi va 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling