Ikkinchi jahon urushidan keyingi O’zbekistonning ma’naviy-madaniy hayotiga nazar
tashlar ekanmiz, bunda hukmron tuzum siyosati va mafkurasining ta’siri va bosimi tobora kuchayib
borganligiga amin bo’lamiz. Gap shundaki, kommunistik mafkura butun choralar bilan jamiyat
ma’naviy hayotini o’z domiga tortishga, fuqarolarning ongi, shuuri, dunyoqarashini o’z g’oyalari,
qarashlari ruhida tarkib toptirib borishga harakat etdi. Bu ta’lim va tarbiya tizimida, ilm-fan
jabhasida yoxud adabiyot va san’atda birdek namoyon bo’ldi.
Ayni chog’da hukmron tuzum zug’umi va tazyiqi ilm-fan sohasini ham chetlab o’tmadi.
Katta mamlakat va uning turli milliy hududlarida faoliyat ko’rsatuvchi ilmiy muassasalar, ilmiy-
tadqiqot institutlari, ko’p sonli iqtidorli, salohiyatli ilmiy kadrlarning inon-ixtiyori Moskva va uning
keng tarmoq otgan ilmiy markazi tasarrufiga bo’ysundirilgandi. Buning natijasida olimlarimizning
ko’p yillik mashaqqatli ilmiy izlanishlari mahsuli bo’lgan qancha-qanchalab noyob kashfiyotlar,
ixtirolar hayot yuzini ko’rmay, amaliyotga tatbiq etilmay qolaverdi.
Tuzum mafkurachilari va maddohlarining o’zbek zaminida o’ilgan o’abohati, o’oldirgan
asorati yana shunda namoёn bo’ladiki, ular xalo’imizning ming yilliklar o’a’riga borib tutashuvchi
bebaho ma’naviy o’adriyatlari, umrboqiy udumlari va an’analarini yo’q qilishga, uning imoni,
e’tiqodini suslashtirish, pirovardida esa barham toptirishga zo’r berib harakat etdilar. Ayniqsa
bunday nomunosib xatti-harakatlar totalitar tuzum o’zining so’nggi nafasini kechirayotgan 80-
yillarning ikkinchi yarmida avj oldirilganligi faktdir. Ma’naviyatimiz dushmanlari hatto xalqimiz
asrlar davomida e’zozlab, qadrlab kelgan milliy bayramimiz – «Navro’z»ni ham tortib olish payida
bo’ldilar. Shu maqsadda uni taqiqlash darajasiga borib etdilar. Shunga qaramay iymon-e’tiqodi
but, buyuk ajdodlar barhayot udumlariga sodiq o’zbek xalqi o’z Navro’zini xoh oshkora, xoh
pinxona bo’lsin, baholi qudrat nishonlash, u bilan bog’liq xayrli marosimlarni o’tkazishda davom
etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |