O‘zbekiston tarixi


Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning shovinistik siyosati


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

 
1. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning shovinistik siyosati 
Muvaqqat hukumatning mamlakatni jahon urushidan olib chiqa olmaganligidan, agrar va milliy 
masalalarni hal etolmayotganligidan bolsheviklar ustamonlik bilan foydalandilar. Bolsheviklar ilgari 
surgan “Butun hokimiyat Sovetlarga!”, “Yer dehqonlarga”, “Xalqlarga tinchlik” shiorlari ularning 
hokimiyatga kelishlarida ayniqsa asqotdi. Rossiya poytaxti Petrogradda 1917 - yil 24-25 - oktyabrda davlat 
to’ntarilishi sodir bo’ldi. Uni Lenin boshchiligida bolsheviklar partiyasi zo’rlik bilan amalga oshirdi. 1917 - yil 
25 - oktyabrda bolsheviklar tomonidan Petrogradda Butunrossiya Sovetlarining II qurultoyi chaqirilib, 
unda Lenin boshliq Sovet hukumati – Xalq Komissarlar Soveti tuzildi. Sulx va Yer to’g’risida dekretlar 
qabul qilindi. Sovet hukumati nafaqat Markazda, balki shu bilan birga sobiq chor Rossiyasi tasarrufidagi 
barcha hududlarda ham o’z hokimiyatini o’rnatish harakatida bo’ldilar.
Bolsheviklar Markazda siyosiy hokimiyatni qo’lga kiritgach, Turkistonda ham sovet hokimiyatini qaror toptirishga 
intildilar. Turkistonda Sovet hokimiyatini o’rnatish g’oyatda murakkab jarayonda kechdi. Buning boisi, avvalo, oktyabr 
g’oyalarining mahalliy tubjoy aholining dili va shuuriga botmaganligidadir. Negaki, bu zamin aholisi bolsheviklar
partiyasi dasturida nazarda tutilgan sotsialistik o’zgarishlar orqali hamma narsani umumlashtirish va milliylashtirishni 
yoqtirmasdi. Mahalliy xalq o’zining tarixan tarkib topgan, asrlar davomida shakllangan o’ziga xos turmush tarzini
yashash sharoitini, xo’jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o’zgartirishni xohlamasdi. Bu narsa 
uning ongi, tafakkuriga, milliy o’zligi va ma’naviy qiyofasiga mos kelmasdi. Ayniqsa bolsheviklarning ateistik ruhdagi 
mafkurasi, uning hujumkor yo’nalishi islom qadriyatlari doimo e’zozlanib kelingan bu yurt odamlarining ruhiyati va 
dunyoqarashi bilan singisha olmasdi. Bir so’z bilan aytganda, mahalliy tub yerli aholi tabiiy ravishda oktyabr g’oyalarini 
qabul qilmadi va unga moyillik ko’rsatmadi. Biroq begona maslak va g’oyalar bolsheviklar partiyasi va uning 
Turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo’rlik bilan o’lka xalqlariga majbur qilindi. 
Toshkentda faoliyat ko’rsatayotgan, asosiy tarkibi yevropalik aholi vakillaridan iborat harbiy qismlar, 
ishchi otryadlari mahalliy bolshevistik tashkilotlar boshchiligida qurolli qo’zg’olon yo’li bilan sovet 
hokimiyatini qaror toptirishga kirishdilar. Bolshevik V.S.Lyapin boshchiligida inqilobiy qo’mita tuzildi va qo’zg’olon 


boshlandi. 1917 - yil 27 - oktyabr oqshomida Toshkentda boshlangan qo’zg’olon natijasida 1 - noyabrga kelib 
Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo’mitasi ag’darildi. General Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo’mitasi 
a’zolari qamoqqa olindi. Toshkentda Sovet hokimiyati o’rnatildi. Turkiston o’lkasida sovet hokimiyatini
o’rnatish jarayoni qonli, fojiali voqealar bilan bog’liq holda kechdi. Jumladan, Farg’ona viloyatida sovet 
hokimiyatini o’rnatish jarayonida, Marg’ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming begunoh 
kishilar qirg’in qilindi. Samarqand, Kattaqo’rg’on, Yangi Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda ham 
sovet hokimiyati o’rnatildi. 
Turkistonda sovet hokimiyati organlarini tuzish vaqtida ham bolshevik yo’lboshchilarning 
ulug’davlatchilik va shovinistik siyosati to’la kuch bilan namoyon bo’ldi. 1917 - yil 1 5 - 2 2 - noyabr kunlari 
Toshkentda Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlarining III O’lka qurultoyi hokimiyat 
masalasini o’zboshimchalik va biryoqlamalik bilan hal etdi. Unda bolshevik Kolesov boshchiligida 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling