O‘zbekiston tarixi


 Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o’sib borishi. Xiva xonligi va Buxoro


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

4. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o’sib borishi. Xiva xonligi va Buxoro 
amirligining emirilishi 
Ma’lumki, Rossiyada 1917 - yilda yuz bergan fevral inqilobiy o’zgarishi chorizmning yarim 
mustamlaka o’lkalari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligida ham aks-sado bermay qolmadi. 
Avvalo, bu tobe davlatlarning Rossiya ta’siridan xalos bo’lishga intilishi ko’zga tashlansa, ikkinchi 
tomondan, mahalliy xalqning demokratik erkinliklar va huquqlarga ega bo’lish sari harakatlari faollashdi. 
 
1917 - yil kuzida Rossiyada ro’y bergan oktyabr o’zgarishi, Turkistonda mustabid sovet 
hokimiyatining o’rnatilishi davomida Xivada ham demokratik harakat yangi bosqichga qadam qo’yadi. 
Demokratik kuchlar, aholining kambag’al tabaqalari faol harakatga kela bordilar. Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch, 
Xojayli, Taxta, Porsu bekliklarida mahalliy aholi qat’iy harakatlarga chiqdi. Buning ustiga mamlakatni boshqara 
olmay qolgan xonning 1918 - yil yanvarida turkmanlar sardori Junaidxonni Xivaga chaqirishi va uni bosh 
qo’mondon etib tayinlanishi ham vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Junaidxon tez orada Asfandiyorxonni 
qatl ettirib, o’rniga uning tog’asi, irodasiz Said Abdullani nomiga xon qilib ko’tarib, amalda yakka 
hukmdor bo’lib oldi. Xorazm xalqlarining xohish-irodasiga zid tarzda amalga oshirilgan bu xil tadbirlar va eng 
asosiysi, respublikani boshqarish jilovini tobora Sovetlar hukmronligi qo’l ostiga o’tib borishi, pirovardida 
voha aholisining umumiy noroziligining kuchayib borishiga sabab bo’ldi.
Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat Xiva xonligidagiga o’xshash tarzda kechdi. Amirlik 
ham Rossiyaga tobe, vassal davlat edi. Ichki siyosatda mustaqil bo’lgan amirning mutlaq hokimiyati 
hukm surib, bundan oddiy xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. XX asr boshlarida bu yerda ham 
amirlik tuzumiga qarshi demokratik harakatlar yuzaga kela bordi. Mamlakatning ilg’or, taraqiyparvar 
ziyoli yoshlaridan tashkil topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti bu harakatlarga etakchilik qildilar. O’z 
saflarida Abduvohid Burhonov, Fayzulla Xo’jaev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Muhitdin Mansurov, 
Po’latxo’ja Usmonxo’jaev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan Yosh buxoroliklar harakati keng xalq 
manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o’zgarishlarni ro’yobga chiqarishga intilganlar. Ular ishlab chiqqan 
islohotlar loyihasida mamlakatda konstitutsion monarxiya tuzumi o’rnatish, ijtimoiy-siyosiy erkinliklar 
joriy qilish, maorif ishini yaxshilash masalalariga alohida urg’u berilgandi 
Buxoro XSRning 1921 - yil sentyabrida qabul qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSR 
Konstituttsiyasi andozasida tuzilgan edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan 1923 - yil martida O’rta 
Osiyo Iqtisodiy Kengashining tuziliish va uning tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb qilinishi bu uning 
iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin qo’ldan boy berib borilishiga sabab bo’ldi. Moskva tazyiqi ostida bu 
hududda sotsialistik o’zgarishlar izchil amalga oshirilib borildi. 1924 - yil sentyabrda bo’lib o’tgan V 


Butunbuxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qildi. Nihoyat, 1924 - 
yilda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida Buxoro davlat sifatida tugatildi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling