O‘zbekiston tarixi
Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o’sib borishi. Xiva xonligi va Buxoro
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yosh buxoroliklar
- Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi
4. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o’sib borishi. Xiva xonligi va Buxoro
amirligining emirilishi Ma’lumki, Rossiyada 1917 - yilda yuz bergan fevral inqilobiy o’zgarishi chorizmning yarim mustamlaka o’lkalari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligida ham aks-sado bermay qolmadi. Avvalo, bu tobe davlatlarning Rossiya ta’siridan xalos bo’lishga intilishi ko’zga tashlansa, ikkinchi tomondan, mahalliy xalqning demokratik erkinliklar va huquqlarga ega bo’lish sari harakatlari faollashdi. 1917 - yil kuzida Rossiyada ro’y bergan oktyabr o’zgarishi, Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi davomida Xivada ham demokratik harakat yangi bosqichga qadam qo’yadi. Demokratik kuchlar, aholining kambag’al tabaqalari faol harakatga kela bordilar. Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch, Xojayli, Taxta, Porsu bekliklarida mahalliy aholi qat’iy harakatlarga chiqdi. Buning ustiga mamlakatni boshqara olmay qolgan xonning 1918 - yil yanvarida turkmanlar sardori Junaidxonni Xivaga chaqirishi va uni bosh qo’mondon etib tayinlanishi ham vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. Junaidxon tez orada Asfandiyorxonni qatl ettirib, o’rniga uning tog’asi, irodasiz Said Abdullani nomiga xon qilib ko’tarib, amalda yakka hukmdor bo’lib oldi. Xorazm xalqlarining xohish-irodasiga zid tarzda amalga oshirilgan bu xil tadbirlar va eng asosiysi, respublikani boshqarish jilovini tobora Sovetlar hukmronligi qo’l ostiga o’tib borishi, pirovardida voha aholisining umumiy noroziligining kuchayib borishiga sabab bo’ldi. Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat Xiva xonligidagiga o’xshash tarzda kechdi. Amirlik ham Rossiyaga tobe, vassal davlat edi. Ichki siyosatda mustaqil bo’lgan amirning mutlaq hokimiyati hukm surib, bundan oddiy xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. XX asr boshlarida bu yerda ham amirlik tuzumiga qarshi demokratik harakatlar yuzaga kela bordi. Mamlakatning ilg’or, taraqiyparvar ziyoli yoshlaridan tashkil topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti bu harakatlarga etakchilik qildilar. O’z saflarida Abduvohid Burhonov, Fayzulla Xo’jaev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Muhitdin Mansurov, Po’latxo’ja Usmonxo’jaev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan Yosh buxoroliklar harakati keng xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o’zgarishlarni ro’yobga chiqarishga intilganlar. Ular ishlab chiqqan islohotlar loyihasida mamlakatda konstitutsion monarxiya tuzumi o’rnatish, ijtimoiy-siyosiy erkinliklar joriy qilish, maorif ishini yaxshilash masalalariga alohida urg’u berilgandi Buxoro XSRning 1921 - yil sentyabrida qabul qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSR Konstituttsiyasi andozasida tuzilgan edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan 1923 - yil martida O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining tuziliish va uning tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb qilinishi bu uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin qo’ldan boy berib borilishiga sabab bo’ldi. Moskva tazyiqi ostida bu hududda sotsialistik o’zgarishlar izchil amalga oshirilib borildi. 1924 - yil sentyabrda bo’lib o’tgan V Butunbuxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qildi. Nihoyat, 1924 - yilda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida Buxoro davlat sifatida tugatildi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling