10 – mavzu: Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi qurolli harakati
REJA:
5.
1917 yil fevral inqilobining Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri.
6.
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, uning shovinistik siyosati.
7.
Turkiston muxtoriyati. Sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat.
8.
Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o‘sib borishi.
Adabiyotlar:
7.
Karimov I. A.
O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida… -T.: O’zbekiston, 1997, 49-69 betlar.
8.
Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.: Iqtisod-moliya, 2006.
9.
O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq.
2000, 10-113 betlar.
10.
Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. -T.: Universitet, 1999, 66-75
betlar.
11.
Usmonov Q,. Sodiqov M O’zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). -T.: Sharq, 2002, 1 bob. 5-69 betlar.
12.
Murtazaeva R.X. Istoriya Uzbekistana. Uchebnik. -T.: 2005.
Rossiyada 1917 - yil fevralida burjua - demokratik inqilobi sodir bo’ldi, ko’p asrlik Romanovlar sulolasi hukmronligi
ag’darildi. Chorizm siyosiy tuzumining barham topishi Rossiya imperiyasi va uning turli hududlarida ham
ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskin o’zgarishiga olib keldi. Buning natijasida Rossiyada tarixda kamdan-kam
uchraydigan hodisa - ikki hokimiyatchilik vujudga keldi.
burjuaziya vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat
Ishchi, askar, dehqon deputlari sovetlari
Shunday qilib, Turkistonning ilg’or ziyolilari milliy istiqlolga erishish yo’lida o’lkadagi barcha sog’lom,
vatanparvar kuchlarni birlashib, jipslashib harakat qilishga da’vat etgandilar. Biroq, afsuski, Turkistonda ayricha
faoliyat yuritgan, o’z nafsoniyatiga berilgan hamda muxolifatchilik ustivor bo’lgan ayrim mahalliy, milliy
tashkilotlar mana shu yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olmadilar. Bu esa, shubhasiz, vaziyatni
ustamonlik bilan o’z izmiga burib yuborishga intilayotgan bolsheviklarga qo’l keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |