O‘zbekiston tarixi


Turkiston Xalq Komissarlari Soveti


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuziladi. Uning tarkibiga 7 bolshevik va 8 ta so’l eser vakillar 
kiritildi. Uning tarkibiga butun o’lka aholisining 95 foyizini tashkil etuvchi yerli millat aholisidan esa birorta 
ham vakil kiritilmadi .
Vaholanki, oktyabr o’zgarishi rahnamosi Lenin imzo chekkan “Rossiya xalqlari xuquqlari Deklaratsiyasi”, 
“Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi”, “Rossiya va Sharq musulmonlariga” xitobnomasi 
hamda boshqa hujjatlarda millatlarning ozodligi, erki, huquqlari rasman e’tirof etilgan edi. Amalda esa ulug’ 
davlatchilik siyosati yuritildi.. 
Sovetlar mahalliy aholining asriy orzularini ruyobga chiqarishni emas, balki aksincha uni har
sohada kamsitish, milliy va diniy qadriyatlarini tahqirlash yo’lidan bordilar. Sovet hokimiyatining 
mahalliy aholining xususiy mulklarini tortib olish, hamma narsani Sovetlar manfaatlari yo’lida 
umumlashtirish yo’lida amalga oshirgan g’ayritabiiy faoliyati pirovard oqibatda o’lka halqlarining
keskin norozilik harakatlarining kuchaya borishiga sabab bo’ldi.
 
3. Turkiston muxtoriyati 
 
Sovet hokimiyati Turkiston jilovini qo’lga olib, o’zining avval e’lon qilgan balandparvoz va’dalaridan voz kechib, 
o’lka xalqlariga qarata olib borgan ikkiyuzlamachilik va munofiqlik siyosatiga javoban yurtning 
millatparvar rahnamolari faol harakatga keldilar. 1917 - yil 26 - noyabrida Qo’qonda o’lka 
musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston o ’ l ka s i n i n g 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq 
vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida “Sho’roi Islomiya”, “Sho’roi Ulamo”, Musulmon harbiylari Sho’rosi, 
o’lka yahudiylari jamiyati namoyandalari ham qatnashdilar. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati tuzildi
Bu xususda qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: 
“Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning 
o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya 
respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror 
topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola etadi”. Shundan so’ng qurultoy “Turkistonda yashab turgan 
milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon kiladi”. 
Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi. Qurultoyda 
Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi- Muvaqqat Kengash tuzildi. Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishidan 
iborat etib belgilandi. Dastlab unga quyidagi nomzodlar kiritildi: 
1. M. Tinishpaev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri
1

2. Islom Shoahmedov - bosh vazir o’rinbosari; 
3. Mustafo Cho’qaev - tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir); 
4. Ubaydulla Xo’jaev - harbiy vazir; 
5. Yurali Agaev - yer va suv boyliklari vaziri
6. Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri; 
7. Abdurahmon O’razaev - ichki ishlar vaziri o’rinbosari; 
8. Solomon Gersfeld - moliya vaziri. 
Hukumat tarkibiga yevropalik aholi orasidan yana to’rtta vakil kiritilishi belgilab qo’yilgan edi. 
Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Milliy majlisi (parlamenti) tuzilganligi 
bo’ldi. Unga “Sho’roi Ulamo” tashkiloti rahbari Sherali Lapin rais etib saylandi. 
1
Qozoq taraqqiyparvarlari 1917 - yil dekabrda Orenburgda s’ezd o’tkazib «Alash-O’rda» avtonom Respublikasini 
tuzdilar, uning hukumati tarkibiga M.Tinishpaev saylanadi. Shu munosabat bilan M.Tinishpaev «Alash O’rda» 
poytaxti Semipalatinskka ketadi. 


Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o’sha davrning atoqli arboblari: 
T. Norbo’tabekov, S. Sharifxo’jaev, Nosirxonto’ra Komolxonto’ra o’g’li, M. Behbudiy, Alixonto’ra 
Shokirxonto’ra o’g’li, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov singari yurt peshvolari ham saylangan edilar.
Shunday qilib, o’lkaning mo’’tabar millatparvar zotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, 
uning zimmasiga ulug’vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, Turkiston xalqining erki, mustaqilligini asta-
sekin tiklash - bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi edi. Shu boisdan ham o’lkaning millionlab 
fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon qilinganligini katta qoniqish ruhi bilan qarshi oldilar. 1917 - yil 
dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo’qon, Samarqand shaharlari aholisi mitinglar, 
namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg’in qo’llab-quvvatlab chikdilar.
Biroq o’lkada o’rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo’lda ushlab turgan Turkiston sovet 
hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari Turkiston muxtoriyati va uning tarafdorlarini yo’q qilish 
yo’lini butun choralar bilan o’tkazib bordi. 1917 - yil 13 - dekabrida Toshkentda muxtoriyatni yoqlab 
o’tkazilgan katta mitingni zo’rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va 
pulemyotlar sadosi ostida ko’plab qurbonlar berilishi (eski shaharlik 16 kishi otib o’ldirilgan edi) - bu Turkiston 
muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi. 
Sovet hokimiyati o’zining avvaldan rejalashtirgan sotsialistik yo’nalishdagi iqtisodiy va siyosiy 
qayta qurishlar yo’lini izchil amalga oshirishga kirishdi. Chunonchi, yer to’g’risidagi dekret asosida yerga 
bo’lgan xususiy mulkchilikni tugatish boshlandi. Shu maqsadda joylarda yer qo’mitalari tuzildi. 
Jumladan, 1918 - yil kuzida Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Ettisuvda 25 ta 
shunday qo’mitalar tashkil etildi. Biroq dehqonlar sovet ma’murlarining yer qo’mitalarini tuzish 
harakatini keskin norozilik bilan qarshi oldilar. Shunga qaramasdan bolsheviklar bu yo’lni qat’iy amalga 
oshirishda davom etdilar. Buning natijasida o’lkadagi ko’plab miqdordagi yirik mulklar, xususiy yerlar 
musodara etildi va milliylashtirildi.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling