O‘zbekiston tarixi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-mavzu. Sovet hokimiyatining O’zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati. REJA 1.
11-mavzu. Sovet hokimiyatining O’zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tadbirlari va ularning mustamlakachilik mohiyati. REJA 1. O’rta Osiyoda o’tkazilgan milliy davlat chegaralanishi. O’zbekiston SSRning tuzilishi. 2. Sovetlarning O’zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosati, uning mustamlakachilik mohiyati. 3. O’zbekistonda er-suv islohoti va dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish, uning oqibatlari. 4. Urushdan keyingi yillarda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Asosiy adabiyotlar Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. Asarlar, t.1. T.: O’zbekiston, 1996, 36-86 betlar. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’oasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarraqqiyot kafolatlari. Asarlar, t.6. T.:O’zbekiston, 1998, 49-68 betlar. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Asarlar, t.3. T.:O’zbekiston, 1996, 74-86-betlar Usmonov O’, Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. (1917-1991 yillar), T: Sharq, 2002, 69-105, 193-219 betlar O’zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. T: Sharq, 2000, 312-385, 520-569 betlar. 3. O’rta Osiyoda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi . O’zbekiston SSRning tuzilishi. Bolsheviklar partiyasi bosh bo’lgan sovet hokimiyati Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar, erksevar istiqlolchilar harakatini daf etishga muvaffaq bo’lgach, endilikda bu hududda uzoqqa mo’ljallangan o’z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko’zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos «orani buz, hokimlik qil» qabilidagi o’z milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo’lini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati chorizmning ko’p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug’ davlatchilik siyosatidan mohiyat e’tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o’zgargan edi, xolos. Garchi bo’lajak ittifoq sovet respublikalarining do’stlik va tenglikka asoslangan ixtiyoriy ittifoqi bo’ladi, deyilsada, biroq uzoqni ko’ra bilgan respublikalarning qator rahbarlari bunga qarshi edilar. Masalan, Ukrainada UKP(b) Markaziy Қo’mitasi kotiblari X.G.Rakovskiy va D.L.Pyatakov yagona ittifoq davlati g’oyasiga qarshi chiqib, umumittifoq hokimiyat organlari bo’lmagan «konfederatsiya» tuzishni yoqlab chiqdilar. RKP(b) Markaziy Қo’mitasi Siyosiy byurosida, partiyaning s’ezdlari va plenumlarida, shuningdek sovet tashkilotlarida bu masala keng muhokama qilindi. Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ’ibot ishlari va ko’rsatilgan tazyiqlar o’z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya, Zakavkaze Federatsiyasi Kompartiyalari, bu respublikalarning sovetlar s’ezdlari RKP(b) Markazqo’mining «SSSRni tuzish to’g’risida»gi takliflarini qo’llab-quvvatlashlarini bayon qildilar. 1922 yil 26 dekabrda Sovetlarning Butun Rossiя Х съезди совет республикаларини ягона совет давлатига birlashtirishni zarur deb topdi. S’ezd o’zi saylagan delegatsiyasiga USSR, BSSR va ZSFSR delegatsiyalari bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tashkil etish to’g’risidagi Deklaratsiya loyihasini ishlab chiqish va Ittifoq shartnomasini tayyorlashni topshirdi. 1922 yil 29 dekabrda Moskvada to’rt respublika vakolatli delegatsiyalarining konferentsiyasi bo’lib o’tadi. Konferentsiya SSSRni tuzish to’g’risida RKP(b) Markaziy Қo’mitasi plenumi tasdiqlagan Deklaratsiya va Shartnoma loyihasini muhokama qilib, uni maqullaydi. 30 dekabrda uni to’rt respublikalarning vakolatli delegatsiyalari imzolaydilar. 1922 yil 30 dekabrda Moskvada Butunittifoq Sovetlarining I s’ezdi o’z ishini boshlaydi. S’ezd RSFSR, USSR, ZSFSR va BSSR Sovetlari s’ezdlari saylagan vakolatli delegatlari imzolagan SSSR ni tuzish to’g’risidagi Deklaratsiya loyihasini ko’rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi. Markaz mo’ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo’lgan Turkistonning ilg’or ziyolilari, uzoqni ko’ra bilgan donishmand arboblari o’lka birligi, yaxlitligini, uning qardosh xalqlari jipsligini zo’r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o’lka jilovini qo’lda mahkam tutgan bolshevik mutassadilar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga olmadilar. Bugina emas, yagona va mustaqil Turkiston g’oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, turkparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandilar. 1922-1923 yillarda erli millatlarning bir qator rahbar xodimlari sovet hokimiyatining Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarida olib borilayotgan milliy siyosatiga ochiqdan-ochiq norozilik bildira boshladilar. Ammo ularning fikr-qarashlari noto’g’ri topilib, o’zlari aktiv faoliyatdan chetlatib borildi. RKP(b) MҚ, uning O’rta Osiyo Byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm Kompartiyalari faoliyatiga tazyiq o’tkazib, ularning milliy - hududiy chegaralanishi siyosatini ma’qullab, qaror qabul qilishlariga erishib bordi. Milliy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tashkil etildi. Uning tarkibiga quyidagi xududlar kiritildi: - sobiq Turkiston ASSR dan 9 ta u’ezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi; - sobiq Buxoro respublikasining 9 ta tumani; - sobiq Xorazm respublikasining 23 ta tumani. O’zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning xududi 312394kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926 yil ma’lumotlari bo’yicha milliy tarkibiga ko’ra, axolining 74,2 foizini o’zbeklar, qolganini esa boshqa millatlar tashkil etar edi. 3. Sovetlarning O’zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosati, uning mustamlakachilik mohiyati. g’angi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, Turkiston qoloq chekka, asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi edi. Demak, bu erda zamonaviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o’lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko’p millatli o’lka bo’lib, yangi iqtisodiy siyosatga o’tishda erli xalqlarning qadriyatlari, an’analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’lardi. Ammo RKP (b) va sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o’z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdilar. Turkiston mehnatkashlaridan olinadigan soliq Markaziy rayonlardan farqli o’laroq yil oxirida yig’ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan erning har desyatinasi, shuningdek qora mol va mayda mollar hisobidan olinadigan bo’ldi. Bu esa Turkiston dehqonining kamsitilishini bildirardi. O’lkada ayniqsa paxtachilik va u bilan bevosita bog’liq bo’lgan paxta tozalash korxonalari tez sur’atda o’sdi. Bu Markaz to’qimachilik sanoatining o’zbek paxtasiga talab-ehtiyoji ortib borayotganiga ko’p jihatdan bog’liq edi. O’zbekistonda sanoatlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko’p narsaga umid bog’lagandilar. Eng asosiysi, ular bu o’lkada ko’plab sanoat korxonalari va tarmoqlarini yaratish yo’li bilan uning boy tabiiy va mineral resurslarini ishga solish, arzon ishchi kuchidan foydalanish va oxir- oqibatda Markaz uchun ko’proq foyda undirib olishni ko’zlaganlar. Sanoatlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg’ilon va Shahrisabzda pillakashlik fabrikalari, Farg’ona va Toshkent to’qimachilik, Chirchiq elektrokimyo kombinatlari, Toshkent mashinasozlik zavodi va shu singari korxonalar qurildi. O’sha davr rasmiy ma’lumotlariga ko’ra O’zbekistonda birinchi besh yillik (1928- 1932 yy)da 289 ta va ikkinchi besh yillik (1933-1937 yy) davrida 189 ta katta va kichik sanoat korxonalari barpo etilgan. Ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq, Olmaliq, Bekobod, Angren, g’angiyo’l, Қuvasoy kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925-1940 yillar davomida respublikada qurilgan GESlar soni 49 taga etdi. Toshkent-Angren temir yo’li, Toshkent-Termiz katta avtomobil yo’li qurildi. Ikkinchi jahon urushiga qadar O’zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta yirik va o’rtacha sanoat korxonalari va 19 mingga yaqin mayda korxonalarni o’z ichiga olardi. Garchand sanoat qurilishi ancha ko’zga ko’rinarli tarzda rivojlanib, muayyan yutuqlarga erishgan bo’lsa-da, biroq bu sohada ko’plab jiddiy muammolar, nuqsonlar mavjud edi. Avvalo, yuqoridan tazyiq qilish amaliyoti, rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik usullari O’zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur ildiz otgan edi. Jumladan, respublika metropoliyaning rangli va nodir metallar, oltingugurt, ozokerit, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta’minlovchi mintaqasiga aylantirildi. Sanoatlashtirish yillarida partiya va sovet hukumatining so’zi bilan amaliy ishi o’rtasida yakdillik va uyg’unlik bo’lmadi. Sotsializmning kapitalizmdan afzalligi, mehnatkashlar turmush farovonligini tubdan yaxshilash, ularning hayoti mazmunini chuqur o’zgartirish to’g’risidagi g’oyalar amaliyotda puch bo’lib chiqdi. Xalq ommasining o’n yillar davomida to’kkan peshona teri, amalga oshirgan tinimsiz mehnati, chekkan zaxmati, fidokorligi unga engillik, yoxud farovonlik keltirmadi. 3. O’zbekistonda er-suv islohoti va dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish, uning oqibatlari. Mahalliy erli aholi yangi sovet hokimiyatining «Er dehqonlarga» degan va’dalari, da’vatlariga umid bog’lab, uning er to’g’risidagi dastlabki dekretining amalga oshuviga ko’z tikib kelayotgandi. Sovet hukumati ko’p sonli dehqon aholisini o’z tomoniga qaratib olishni ko’zlab er to’g’risidagi dekretni qabul qilgan bo’lsa-da, ammo uni amalga oshirishdan kuzatgan maqsadlari boshqacha edi. Sovetlarning er-suv islohoti masalasida tutgan siyosatining pirovard maqsadi yirik xususiy er-mulklarni musodara qilish, milliylashtirish orqali ularni tugatib, jamoalar ixtiyoriga bera borib, asta-sekinlik bilan yirik sotsialistik xo’jaliklarni qaror toptirish edi. Turkistonda shu printsipial maqsadlarni ko’zlab er-suv islohotini o’tkazishga kirishildi. 1925 yil dekabrda bo’lgan O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Қo’mitasining Favqulodda sessiyasi «Er va suvni milliylashitirish to’g’risida» dekret qabul qildi. Dekretga binoan quyidagi tarzda erlar batamom musodara qilinishi kerak edi: 1. Қaerda turishidan qat’iy nazar Farg’ona viloyatida 40 desyatinadan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatinadan ortiq sug’oriladigan eri bo’lgan mulk egalari jami jonli va jonsiz mulki bilan; 2. Қishloq va ovullarda yashamagan, o’zlari va oila a’zolaridan birortasi ham erda ishlamaydigan shaxslarga qarashli erlar, boshqa mol-mulki bilan; 3. Vaqf erlari, xo’jayinlari noma’lum erlar musodara qilinadigan bo’ldi. Er-suv islohoti qishloqda asosiy kuch bo’lgan o’rta hol dehqon bilan aloqani mustahkamlash shiori ostida o’tdi. Farg’ona viloyatida 7 desyatina, Toshkent va Samarqand viloyatida 10 desyatinagacha eri bor o’rta hol dehqonlar mulki saqlanib qoladigan bo’ldi. Bundan ko’zlangan maqsad ularni sovet hokimiyati tayanchiga aylantirish edi. O’zbekiston partiya va hukumatining 1930 yil 17 fevraldagi «Jamoalashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish to’g’risida»gi qarorida respublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalashtirish vazifasi belgilangan edi. Vaholanki, mazkur tumanlarda buning uchun mutlaqo sharoit etilmagan edi. Ko’p joylarda quloqlarni tugatish shiori ostida o’rta hol, hattoki kambag’al dehqon xo’jaliklariga nisbatan ham zulm o’tkazildi. 1929 yil oktyabrga qadar respublikadagi dehqon xo’jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga kirgani holda, 1930 yil martiga kelganda dehqon xo’jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi. 5. Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishi, paxta yakkahokimligi. SSSR XKS va VKP (b) MҚning 1945 yil 15 iyuldagi «O’zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’orisida» gi va SSSR XKSning 1946 yil 2 fevraldagi «1946-1953 yillarda O’zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish rejasi va tadbirlari to’g’orisida» qabul qilgan qarorlari ham shu maqsadga qaratilgan edi. Tub aholi manfaatlariga hamohang bo’lmagan, paxta yakkahokimligini yanada kuchaytirishga yo’nalgan bu qarorlar O’z KP MO’ning 1945 yil sentyabrida bo’lgan XII plenumida muhokama etilib, ijro etish uchun qabul qilindi. O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojlantirishga mo’ljallangan mablag’olarning katta qismi paxtachilikka ajratildi va uning bilan bog’oliq bo’lgan tarmoqlarga sarflandi. Respublika traktor parki sezilarli ko’paydi, kolxozlarga texnik xizmat ko’rsatuvchi MTS lar soni 245 taga etdi, ulardagi traktorlar soni 1950 yilda 29,5 mingtani, paxta terish mashinalari soni 3617 tani tashkil etdi. Respublika qishloq xo’jaligining yuk avtomobillar parki 1950 yilda 7934 ta yuk avtomobillari va avtotsisternalarni tashkil qildi. 1950 yilga kelib amalga oshirilgan muhim tadbirlardan yana biri, bu mavjud jamoa xo’jaliklarining yiriklashtirilishi bo’ldi. Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir. Dengiz havzasida yashaydigan qariyb 35 mln. kishi uning ta’sirida qoldi. Biz 20-25 yil mobaynida jahondagi eng yirik yopiq suv havzalaridan birining yo’qolib borishiga guvoh bo’lmoqdamiz. Biroq bir avlodning ko’z o’ngida butun bir dengiz halok bo’lgan hol hali ro’y bergan emas edi». Ekin maydonlarining surunkali zararli kimyoviy o’g’oitlar, aralash birikmalar bilan ishlanishi nafaqat erlarning yaroqsiz holatga, tuproq eroziyasiga olib kelib qolmasdan, balki ayni paytda ming- minglab dala mehnatkashlarining umriga ham zavol bo’ldi, son-sanoqsiz kasalliklarning vujudga kelib, keng tarqalishiga olib keldi. Endi respublika sanoati to’g’orisida fikr yuritadigan bo’lsak, shuni ta’kidlash joizki, sovetlar davrida hukmron Markaz oliy manfaatlaridan kelib chiqilib, uning «sotsializm va kommunizm jamiyati» qurishdan iborat bosh strategik vazifalari, dasturiy rejalariga asoslanib hamda O’zbekistoning boy xomashyo va mineral resurslaridan maksimum foyda olishni ko’zlab bu sohaga e’tibor qaratib borilgan. O’zbekiston iqtisodiyoti va uning asosiy bo’g’oini sanalgan sanoati urushdan keyingi yillarda rivojlanib bordi. 1946-1950 yillarda 150dan ziyod yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. O’uvvatiga ko’ra SSSRda uchinchi o’rinda turuvchi Farxod GESning birinchi va ikkinchi navbatlari qurib bitkazildi. 1-Oqqovoq, 1-Bo’zsuv, 2-Bo’zsuv va boshqa gidroelektr stantsiyalar qurildi. O’ora metallurgiya sanoati rivojlandi. O’zbek metallurgiya kombinatining «300» prokat stani va yubqa listli «700» prokat stani qurildi, marten va prokat tsexlari loihada belgilangan quvvatga etdi. «Toshselmash», «O’zbekselmash», «Chirchiqselmash», Samarqandagi «Krasniy dvigatel» va boshqa zavodlar paxtachilik bilan bog’oliq mashinalar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’ydilar. 1950 yilda 4803 ta chigit seyalkalari, 7784 ta traktor kultivatorlari tayyorlandi. 1950 yilda 4641 ta SX-40 paxta terish mashinalari tayyorlandi. Paxta tozalovchi mashinalar ishlab chiqarish 1946 yilda 363 ta bo’lgan bo’lsa, 1950 yilga kelib ularning soni 1251 taga etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling