O‘zbekiston tarixi


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

 
 
 
5. Turkistonda mustabid sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat 
Turkistonning yaqin o’tmishi tarixida yorqin sahifa yozgan hamda xiyla uzoq davom etgan, fojiali 
voqealarga to’lib-toshgan sovet hokimiyatiga qarshi ko’tarilgan bu qurolli harakatning mazmun, 
mohiyatini sovet mustamlakachilari muttasil buzib, soxtalashtirib keldilar. Uni sovet tarixshunosligida 
«bosmachilar harakati», «aksilinqilobiy kuchlar bosqini», «bir to’da yurt buzg’unchilari harakati» singari 
nomlarda ta’riflab kelindi. Biroq xalqimizda «oyni etak bilan yopib bo’lmaydi» deyilganidek, ulug’ 
ajdodlarimizning Vatan, elu yurt erki, ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan bu mardona kurashi 
to’g’risidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan to’liq tiklanib, o’z haqqoniy, xolis bahosini 
topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to’qib chiqargan shunchaki «bosmachilar» harakati emas, balki sovet 
hokimiyatining zo’ravonlikka asoslangan siyosati va amaliyotiga qurolli qarshilik ko’rsatish harakatidir. 
Kichik Ergash qizillar qo’shini bilan bo’lgan jangu jadalda halok bo’lganidan so’ng (1918 - yil 
fevral) Qo’qon uezdi tevaragidagi qurolli harakatga Mulla (Katta) Ergash boshchilik qila boshladi. U 
o’zining faol harakati, xalq rahnomosiga xos sifatlari bilan tez orada butun vodiydagi ozodlik 
kurashining tanilgan etakchisiga aylandi. 1918 - yil kuziga kelib uning qo’l ostida har birida 20 tadan 
1800 nafargacha yigiti bo’lgan bo’lgan 70 ta qo’rboshi dastalari harakat qilayotgandi. Ulardagi 
jangchilarning umumiy soni 15 mingtaga yetardi. 
Madaminbekning 

ming,
Shermuhammadbekning 6 ming, Xolxo’janing 3 mingdan ziyod, Parpi qo’rboshining 3,6 ming, 
Jonibekning 5,7 ming, Muhiddinbekning 4,5 ming jangovor yigitlari ozodlik kurashiga otlangan edilar.
Umumiy maqsad va vazifalarni birgalikda aniqlash, asosiy harakatlarni muvofiqlashtirish yo’li
bilangina tish-tirnog’igacha qurollangan sovet qo’shinlarini yengish, yurt mustaqilligini ko’lga
kiritish mumkin edi. Shu bois bu jangu jadal davrlarda qo’rboshilarning bir necha bor
qurultoylari chaqirilib, ularda muhim hayotiy masalalar muhokama qilinadi. Dastlab shunday
qurultoy 1918 - yil martida Qo’qon uezdining Bachqir qishlog’ida o’tkazildi. Unda Katta Ergash
butun Farg’ona vodiysi harakatining rahbari etib saylandi. Unga qo’shinlarning bosh qo’mondoni 
– «Amir al-Muslimin» unvoni beriladi. Madaminbek va Shermuhammadbek esa uning o’rinbosarlari
etib saylandilar. Harakat ko’lamining o’sib, kengayib borishi, uning saflariga yangi ijtimoiy 
tabaqalar vakillarining qo’shilishi, tabiiy suratda uning oldiga ulkan mas’ul vazifalarni, yangi
muammolarni keltirib chiqara bordi. Ularni hal etish esa kurash rahnamolaridan katta matonat,
kuchli iroda, yuksak harbiy mahorat, tashkilotchilik kobiliyati va uzoqni ko’ra bilishlik salohiyatini
namoyon qilishni taqoza etardi. Farg’ona qo’rboshilari ichida Madaminbek Ahmadbek o’g’ligina
mana shunday noyob fazilatlar sohibi ekanligi bilan ajralib turardi. Navqiron yoshda bo’lishiga
qaramasdan katta hayot va kurash tajribasi boy, yurt kezgan, yuksak harbiy sarkardalik iste’dodiga
ega Madaminbek ( 1892 – 1920 ) tez orada vodiy kurashchilari sardoriga aylanadi. Sovetlarning
rasmiy hujjatlaridan birida ta’kidlanishicha, «o’z oldiga sovet hokimiyatini ag’darish va Farg’ona
muxtoriyatini tiklash vazifasini qo’ygan Madaminbek tadbirkor siyosatchi va uddaburon
tashkilotchi fazilatlariga ega edi».
Sovet hokimiyatiga qarshi harakatning ijtimoiy tarkibini kuzatarkanmiz, bunda aholining sovet
tuzumidan norozi bo’lgan, turli – tuman ijtimoiy qatlamlari, chunonchi, dehqonlar, hunarmandalar, 
kosiblar, batraklar, mardikorlar, ziyolilar, dindorlar, ruhoniylar, mahalliy boylar u yoki bu darajada
faol ishtirok etganligi ayon bo’ladi.
Sovet qo’shinlari qo’mondonlari vodiydagi qurolli harakatni siyosiy kelishuv yo’li bilan 
to’xtatish choralarini ham ko’rdilar. Ular qo’rboshilarga vakil yuborib sulh tuzishni taklif qildilar. Og’ir,
murakkab voqealar sharoitida ba’zi qo’rboshilarning sovetlar tomoni bilan kelishuv yo’liga borishi
tushunarlidir. Chunonchi, Madaminbek 1920 - yil martida sovet qo’mondonligi bilan muzokara olib
boradi va sulh imzolab, o’z harakatlarini to’xtatadi. Bu sulh shartlariga asosan Madaminbek va uning
1200 nafardan ziyod askar yigitlarining daxlsizligi, o’z qurol – yarog’lariga ega bo’lishi, kerak
bo’lganda ularning vodiyda tinchlik, barqarorlik o’rnatishda faol ishtirok etishi ta’kidlangan edi.
Garchand sulhning bir qator shartlari keyinroq sovet qo’mondonligining makkorona xatti – harakati
bilan o’zgartirilgan bo’lsa–da, biroq Madaminbek bu kelishuvga, uning mahalliy xalq uchun foydali, 


manfaatli bo’lishiga ishongan edi. Shu bois ham u o’zining boshqa safdoshlariga ham sovetlar
bilan muzokaralar olib borib, shunday yo’l tutishni maslahat beradi. Biroq Shermuhammadbek va
Xolxo’ja o’z huzurlariga muzokara uchun kelgan yurtning bu mard o’g’lonini sotqinlik va
xoinlikda ayblab, uni qatl ettiradilar. Sodir etilgan bu fojiali voqea ham vodiy qurboshilari
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qanchalik mo’rt, omonat bo’lganligidan guvohlik beradi. 
Bu xalq harakati millionlab yurtdoshlarimiz hayoti va qismatida o’chmas fojiali iz qoldirdi. 
Ba’zi aniqlangan rasmiy ma’lumotlarga karaganda, u milliondan ziyod mahalliy millat kishilarining
aziz umrlariga zomin bo’ldi. Minglab oilalarning o’z ona zaminini tark etib, begona yurtlarga bosh
olib ketishlariga sabab bo’ldi. Qolaversa, qanchalab son – sanoqsiz odamlar mana shu milliy fojia
bois mamlakatning boshqa, uzoq hududlariga surgun va badarga qilindi.
Biroq bu xalq harakati bejiz ketmadi. U yurtdoshlarimizga katta, ibratli saboqlar berdi,
ularning kurash tajribasining boyishiga muhim ta’sir ko’rsatdi. Zero, ona O’zbekistonimizning
istiqlolga yuz tutib, dorilamon zamonlarga musharraf bo’lishida, bugungi baxtiyor avlod
kishilarining mustaqillik oliy ne’matidan to’la bahra topishida o’sha 20–30-yillarda
bobokalonlarimiz qilgan ulkan sa’y – harakatlar, to’kkan qutlug’ qonlar, bergan bemisl qurbonlarning 
ibrati oz muncha emas. Ularning yorqin, porloq xotirasi hozirgi minnatdor avlod kishilarining
yodida, shuurida hamisha saqlanadi, faxr – iftixor tuyg’usi bilan eslanadi. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling