O‘zbekiston tarixi
Turkiston Xalq Komissarlari Soveti
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston Muxtoriyati tuzildi
- Turkiston Muxtoriyati
Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuziladi. Uning tarkibiga 7 bolshevik va 8 ta so’l eser vakillar
kiritildi. Uning tarkibiga butun o’lka aholisining 95 foyizini tashkil etuvchi yerli millat aholisidan esa birorta ham vakil kiritilmadi . Vaholanki, oktyabr o’zgarishi rahnamosi Lenin imzo chekkan “Rossiya xalqlari xuquqlari Deklaratsiyasi”, “Ezilgan va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi”, “Rossiya va Sharq musulmonlariga” xitobnomasi hamda boshqa hujjatlarda millatlarning ozodligi, erki, huquqlari rasman e’tirof etilgan edi. Amalda esa ulug’ davlatchilik siyosati yuritildi.. Sovetlar mahalliy aholining asriy orzularini ruyobga chiqarishni emas, balki aksincha uni har sohada kamsitish, milliy va diniy qadriyatlarini tahqirlash yo’lidan bordilar. Sovet hokimiyatining mahalliy aholining xususiy mulklarini tortib olish, hamma narsani Sovetlar manfaatlari yo’lida umumlashtirish yo’lida amalga oshirgan g’ayritabiiy faoliyati pirovard oqibatda o’lka halqlarining keskin norozilik harakatlarining kuchaya borishiga sabab bo’ldi. 3. Turkiston muxtoriyati Sovet hokimiyati Turkiston jilovini qo’lga olib, o’zining avval e’lon qilgan balandparvoz va’dalaridan voz kechib, o’lka xalqlariga qarata olib borgan ikkiyuzlamachilik va munofiqlik siyosatiga javoban yurtning millatparvar rahnamolari faol harakatga keldilar. 1917 - yil 26 - noyabrida Qo’qonda o’lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston o ’ l ka s i n i n g 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida “Sho’roi Islomiya”, “Sho’roi Ulamo”, Musulmon harbiylari Sho’rosi, o’lka yahudiylari jamiyati namoyandalari ham qatnashdilar. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Bu xususda qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola etadi”. Shundan so’ng qurultoy “Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon kiladi”. Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi- Muvaqqat Kengash tuzildi. Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishidan iborat etib belgilandi. Dastlab unga quyidagi nomzodlar kiritildi: 1. M. Tinishpaev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri 1 ; 2. Islom Shoahmedov - bosh vazir o’rinbosari; 3. Mustafo Cho’qaev - tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir); 4. Ubaydulla Xo’jaev - harbiy vazir; 5. Yurali Agaev - yer va suv boyliklari vaziri; 6. Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri; 7. Abdurahmon O’razaev - ichki ishlar vaziri o’rinbosari; 8. Solomon Gersfeld - moliya vaziri. Hukumat tarkibiga yevropalik aholi orasidan yana to’rtta vakil kiritilishi belgilab qo’yilgan edi. Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Turkiston Milliy majlisi (parlamenti) tuzilganligi bo’ldi. Unga “Sho’roi Ulamo” tashkiloti rahbari Sherali Lapin rais etib saylandi. 1 Qozoq taraqqiyparvarlari 1917 - yil dekabrda Orenburgda s’ezd o’tkazib «Alash-O’rda» avtonom Respublikasini tuzdilar, uning hukumati tarkibiga M.Tinishpaev saylanadi. Shu munosabat bilan M.Tinishpaev «Alash O’rda» poytaxti Semipalatinskka ketadi. Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o’sha davrning atoqli arboblari: T. Norbo’tabekov, S. Sharifxo’jaev, Nosirxonto’ra Komolxonto’ra o’g’li, M. Behbudiy, Alixonto’ra Shokirxonto’ra o’g’li, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov singari yurt peshvolari ham saylangan edilar. Shunday qilib, o’lkaning mo’’tabar millatparvar zotlaridan iborat milliy hokimiyat tashkil etilib, uning zimmasiga ulug’vor vazifalar yuklandi. Eng muhimi, Turkiston xalqining erki, mustaqilligini asta- sekin tiklash - bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi edi. Shu boisdan ham o’lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxtoriyati e’lon qilinganligini katta qoniqish ruhi bilan qarshi oldilar. 1917 - yil dekabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo’qon, Samarqand shaharlari aholisi mitinglar, namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg’in qo’llab-quvvatlab chikdilar. Biroq o’lkada o’rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo’lda ushlab turgan Turkiston sovet hukumati va uning joylardagi hokimiyat mahkamalari Turkiston muxtoriyati va uning tarafdorlarini yo’q qilish yo’lini butun choralar bilan o’tkazib bordi. 1917 - yil 13 - dekabrida Toshkentda muxtoriyatni yoqlab o’tkazilgan katta mitingni zo’rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko’plab qurbonlar berilishi (eski shaharlik 16 kishi otib o’ldirilgan edi) - bu Turkiston muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi. Sovet hokimiyati o’zining avvaldan rejalashtirgan sotsialistik yo’nalishdagi iqtisodiy va siyosiy qayta qurishlar yo’lini izchil amalga oshirishga kirishdi. Chunonchi, yer to’g’risidagi dekret asosida yerga bo’lgan xususiy mulkchilikni tugatish boshlandi. Shu maqsadda joylarda yer qo’mitalari tuzildi. Jumladan, 1918 - yil kuzida Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Ettisuvda 25 ta shunday qo’mitalar tashkil etildi. Biroq dehqonlar sovet ma’murlarining yer qo’mitalarini tuzish harakatini keskin norozilik bilan qarshi oldilar. Shunga qaramasdan bolsheviklar bu yo’lni qat’iy amalga oshirishda davom etdilar. Buning natijasida o’lkadagi ko’plab miqdordagi yirik mulklar, xususiy yerlar musodara etildi va milliylashtirildi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling