O‘zbekiston tarixi
Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi:
- xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror toptirishni, xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to‘liq imkoniyatga ega bo‘lishini; - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralaring tuzilmasini tubdan yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish va adolatli qonunchilikni vujudga keltirishni; - barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligi va qonunning ustunligi, jamiyat manfaatlari va aholi havfsizligini kafolatlaydigan huquqiy davlatni barpo etishni; - O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’iy nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo‘lishiga munosibdir, degan insonparvarlik qoidasini ro‘yobga chiqarishni; 1 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. Т.Ўзбекистон, 1999, 7-бет. Асарлар, Т.?, 373-бет - ozchillikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, ularning madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va an’analari saqlanishi hamda rivojlanishini kafolatli ta’minlashni; - bir mafkuraning, bir dunyo qarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olinishi; - chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy tarkibi sifatida ko‘ppartiyaviylikni amalda shakllantirishni bildiradi. Iqtisodiy sohada: - milly boylikning ko‘payishi, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib oruvchi iqtisodiyotni barpo etishni; - ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shaklantirishni, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishni; - mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilininshini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni; - iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokimlikka barham berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo‘jalik faoliyatiga bevosita aralashuvdan voz kechishni; - mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo‘lib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishni; - tabiiyo resurslardan ayovsiz foydalanishga , atrof-muhitga, ekologik vaziyatga ziyon etkazishga yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling