O‘zbekiston tarixi


Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va 
kafolatidir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy 


va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va 
mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat, 
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, insonni ruhiy poklanish va yuksalishiga 
da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini 
mustahkamlaydigan, vijdonini uyqotadigan qudratli botiniy kuchdir. Shuning uchun ham 
jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston taraqqiyotining ustivor yo‘nalishi deb 
belgilandi. 
Qaramlik davridan, eski sovetlar tuzumidan bizga og‘ir ma’naviy-ma’rifiy meros qolgan 
edi. Mustamlakachilik davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona 
tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, eski maktablar, 
tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Ajdodlarimiz etishtirgan allomalarimiz idealist degan 
yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yuqotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, 
musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum 
hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli, milliy ozodlik 
uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, 
ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi. Noinsoniy g‘oya 
hukmron bo‘lgan eski tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini
butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Tariximizni 
soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish, 
ruslashtirish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini 
bilmaslik ko‘plab odamlarni shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. 
Mustaqilik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zulumlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy 
tiklanishga yo‘l ochildi. Prezidentimiz Islom Karimov jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga
ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlarini belgilash va hayotga tadbiq etishga bosh-qosh 
bo‘lmoqda. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling