O‘zbekiston tarixi


O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik, O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik, O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma
Shtatlari o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yildi. 
1992 yil 15-16 fevral kunlari AQSh davlat kotibi Jeyms Bekker O‘zbekistonga rasmiy tashrif 
buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda birinchi bo‘lib, 
AQShning elchixonasi ochildi. O‘zbekistonda 2002 yil boshlarigacha Amerikalik 
sarmoyadorlar ishtirokida 300 ta O‘zbek-Amerika qo‘shma korxonalari tashkil topdi va 
faoliyat ko‘rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQShning 
Nyumont Mayning Korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumush ajratib 
oluvchi "Zarafshon-Nyumont" qo‘shma korxonasi bor. 28 ta Amerika kompaniya, firma va 
banki Toshkentda o‘z vakolatxonalarini ochgan. 
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1996 yil 23-28 iyun 
kunlarida AQShda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. 
I.Karimov AQSh Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi 
munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga dahldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, 
xavfsizlik masalalari muhokama etildi. Bill Klinton AQSh ma’muriyati Markaziy Osiyo 
mamlakatlarining mustaqilligi, barqarorligi va ravnaqidan manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan 
qalin munosabatlar urnatishni istayotganini, O‘zbekistonga tezroq dunyo hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvi yo‘lida yordam berajagini ta’kidladi. I.Karimov bilan B.Klinton uchrashuvi 
ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin hozirladi. 
Mamlakatimiz rahbarining Parij xartiyasini imzolashi respublikamizda demokratiyaning 
yanada rivojlanishi, shuningdek, O‘zbekistonning Evropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar 
bilan yanada yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy banki bilan 
Frantsiyadagi yirik "Kredit Kommersial de Frans" banki o‘rtasida muddoalar haqida bitim 
imzolandi, unda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’minlash 
ko‘zda tutildi. Taniqli "Elf-akiten" neft-ximiya kontserni, "Texnip" firmasi va boshqa 
kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta ishlash zavodi qurishga kelishildi. Frantsiya va 
O‘zbekiston o‘rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta’minlab turgan "Kredi kommersila de 
Frans" banki zavod qurilishini ham mablag‘ bilan ta’minladi. O‘zbekiston bu bankka mablag‘ 
qo‘ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo‘lib turibdi. Ana shu hamkorlik va hujjatlar qatoriga 1994 
yil 25-27 aprel kunlari Frantsiya Prezidenti F.Mitteranning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi 
chog‘ida imzolangan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida, 
O‘zbekiston va Frantsiya o‘rtasida fuqarolarning erkin harakati haqidagi bitimlar, shuningdek 
havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar qo‘shildi. 1996 yil aprel oyida 
O‘zbekiston Prezidenti boshchiligidagi davlat delegatsiyasining Frantsiyaga tashrifi chog‘ida 


ikki mamlakat o‘rtasida ikki tomonlama soliq olmaslik to‘g‘risida konventsiya hamda moliyaviy 
Protokol imzolandi. 
O‘zbekiston bilan Frantsiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar kengayib
bormoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati
qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda. 
O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya bilan 
ham hamkorlik qilmoqda.
1993 yil 22-25 noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq respublikamiz 
delegatsiyasining rasmiy amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan 
qirolligida bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik tarixida buyuk vokea bo‘ldi. 
Mamlakatimiz rahbarining qirolicha Elizaveta P, Bosh vazir J.Meyjor bilan samimiy, ochiq 
o‘zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Safar samarali bo‘ldi. O‘zbekiston 
Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida 
shartnoma, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim, havo yo‘llarini 
ochish to‘g‘risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi haqida 
memorandum imzolandi. Mashhur Rotshildlar banki hamda Evropa tiklash va taraqqiyot banki 
rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan o‘zaro hamkorlik haqida bitimlar tuzildi. Evropa 
qayta tiklash va taraqqiyot banki O‘zbekistonda oltin qazib olish korxonalari qurish uchun 150 
mln. AQSh dollari ajratishga qaror qildi. O‘zbekiston va "Lonro" kompaniyasi o‘rtasida 
imzolangan oltin biznes haqidagi bitim amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tadbirlar amalga 
oshirilmokda. O‘zbekistonning Niderlandiya, Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya
Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi 
Evropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‘rnatildi va 
kengayib bormoqda. Shveytsariyaning Altendorf shahrida O‘zbekiston Savdo uyining ochilishi 
muhim voqea bo‘ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo‘lib qolmay, O‘zbekistonning 
Evropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlakat - Shveytsariyadagi 
vakolatxonasiga ham aylandi. 1995 yil oktyabrda Jenevada "O‘zbekistonda xususiylashtirish: 
hamkorlik uchun imkoniyatlar" mavzusida konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Shu yil noyabr oyida esa 
Londonda o‘tgan "O‘zbekistonda biznes" konferentsiyasida iqtisodiy islohotlarning xususiyatlari 
muhokama qilindi. Shtutgardta bo‘lib o‘tgan "Buyuk ipak yo‘li merosi: O‘zbekiston" 
ko‘rgazmasi O‘zbekiston-ning aql-ziyo sohasida jahonda tutgan o‘rniga va salohiyatiga berilgan 
katta baho bo‘ldi. 
O‘zbekiston Prezidentining Davosda har yili o‘tadigan jahon iqtisodiy anjumanida ishtirok 
etishi va anjumanda so‘zlagan nutqlari uning ishtirokchilarini, davlat va hukumat boshliqlarini, 
xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va kompaniyalarning rahbarlarini, qolaversa jahon 
biznesmenlarini O‘zbekiston bilan, uning salohiyati bilan tanishtirdi, O‘zbekistonga xorijiy 
sarmoyalarni jalb qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
O‘zbekiston tashqi siyosatining jo‘g‘rofiyasi uzluksiz kengayib bormoqda. U mustaqillikni 
mustahkamlashga, xalq farovonligini va xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. O‘zbek 
diplomatiyasi xorijiy mamlakatlardan sadaqa so‘rashga emas, ikki tomonlama manfaatdorlikka, 
insonparvarlikning yuksak va oliyjanob printsiplariga tayanadi. Respublika Prezidenti I.Karimov 
qaysi mamlakatda bo‘lmasin, avvalo ulardagi ilg‘or tajribani o‘rganishga, foydali narsalarni 
topishga, ulardan foydalanishga alohida e’tibor beradi. 
O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Xorijiy 
mamlakatlardan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, sarmoyalar kirib kelishi, ko‘plab qo‘shma 
korxonalarning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir. Hozirgi kunda respublikamizda 
xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etilgan 1850 qo‘shma korxona jahondagi 65 mamlakatdan 
kelgan sheriklari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular iste’mol mollari, eksport uchun 
sifatli tovarlar ishlab chiqarmoqda, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy 
bank bilan o‘zaro munosabatlar o‘rnatilgan. Ilg‘or mamlakatlar kadrlar tayyorlashda, bank 
sohasida va boshqaruvda, axborot tarmoqlarini yo‘lga qo‘yishda, etakchi birjalar bilan aloqalar 
o‘rnatishda, qonunchilik tajribasini o‘rganishda respublikamizga ko‘maklashmoqda. 


Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro 
munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida bir necha o‘n yilliklarga arziydigan ishlar 
amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali 
hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida 
o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling