O‘zbekiston tarixi
Download 2.25 Mb. Pdf ko'rish
|
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
“O’ZBEKISTON TARIXI” FANI BO’YICHA TALABALAR UCHUN TARQATMA MATERIALLAR. 1-Mavzu:O’zbekiston tarixi fani predmeti, nazariy metodologik asoslari va ahamiyati. Reja: 1. O’zbekiston tarixi predmeti. 2. O’zbekiston tarixini o’rganishning metodologik prinsiplari va manbalari. 3. Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati Mustaqil o’rganish uchun tavsiya etiladi: I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» asari . Adabiyotlar: I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Asarlar 7 jild. T:O’zbekiston. 1998 132-155 betlar I.A.Karimov. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Asarlar 6 jild. T:O’zbekiston 1998, 324-347 betlar. A.Sa’dullaev va boshqalar. O’zbekiston tarixi: Davlat va jamiyat taraqqiyoti. T:Akademiya 2000, 3-8 betlar. Q.Usmonov va boshqa. O’zbekiston tarixi fanidan ma’ruzalar matni. T: Moliya 2000. QUsmonov va boshqalar. O’zbekiston tarixi. O’quv qo’llanma. T:Meros, 2002, 6-17 betlar. Muqaddima. XXI asr bo’sag’asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea qadimiy O’zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo’ldi. 1991 yil 31 avgust kuni bo’lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o’zbek xalqining xohish-irodasi bilan O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlatni- O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi va Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi» Qonun bilan mustahkamlandi. O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og’ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimiz tarixi mustaqillik xalqimizga nixoyatda qimmatga tushganidan, bu yo’lda katta qurbonlar berilganligidan guvoxlik beradi. Endilikda xalqimizning o’z taqdiri o’z qo’lida, o’z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yo’lida astoydil mehnat qilmoqda. Prezident Islom Karimov rahnomoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar tufayli demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllanmoqda. Ma’naviy hayotda uyg’onish yuz berdi, odamlarimizning tafakkuri va hayotga munosabati o’zgardi. Aholi ongida demokratik qadriyatlar shakllanib, uning faolligi oshib bormoqda. O’zbekiston fuqarolari, xususan, yoshlar qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda mafkuraviy immunitetini shakllantirishda «O’zbekiston tarixi» fanining o’rni, imkoniyatlari katta. Shu boisdan Respublika Oliy o’quv yurtlarining bakalavriat bosqichida «O’zbekiston tarixi» fanini o’qitish asosiy fanlar qatorida turadi. Download 2.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling